O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə10/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

7.Sinkveyn mashqi
Sinkveyn bu besh qatordan iborat she’rdir.
Uning yozilishida ma’lum qoidalar bor.
Birinchi qatori bitta kalit so`zdan iborat bo`ladi. (asosan ot turkumiga oid)
Bu so`z she’rning mazmunini belgilaydi. Bu so`z biron bir predmet nomi, shaxs nomi yoki biron qahramon bo`lishi mumkin.
Ikkinchi qatori ikki so`zdan iborat. Unda birinchi qatordagi so`zni belgisini ifodalovchi so`zlar bo`lishi kerak.(sifat so`z turkumiga oid so`zlar)
Uchinchi qatori esa uch so`zdan iborat bo`lib, berilgan so`zlar harakatini anglatishi lozim (fe’l so`z turkumiga oid so`zlar).
To`rtinchi qatorto`rt so`zdan iborat bo`lib, she’r mavzusiga munosabat bildiriladi (gap yoki ibora).
Beshinchi qator bitta so`zdan iborat bo`lib, u birinchi qatordagi so`zni sinonimi yoki shu so`zni anglatuvchi boshqa so`z beriladi.
Masalan;
Bahor
Chiroyli, ko`m-ko`k
Isiydi, yashnaydi, gullaydi
Men bahorni juda yoqtiraman.
Ko`klam


Quyon
Momiq, oppoq
Sakraydi, qo`rqadi,kemiradi
U o`rmonda yashovchi hayvon
Uzunquloq
8. Kichik guruhlarda ishlash.Tarbiyalanuvchilar 4 kishidan iborat bo`lgan kichik guruhlarda quyidagi vazifani birgalikda bajaradilar: berilgan so`zli kartochkalardan gap tuzing. Masalan: Qizil olma yedim. Guruhlarga vazifani bajarish uchun vaqt beriladi. Guruh ishini yakunlagach tuzgan gapini o`qib taqdim qilib beradi.
9. “Telegram” mashqi
Tarbiyachi kichik guruhlar tashkil etadi. Doskaga gapning bitta so`zi tushurilib yoziladi. Har bir kichik guruh stolida so`zli kartochkalar bo`ladi. Tushirilib qoldirilgan so`zni stoldagi kartochkalardan mosini tanlab doskaga joylashtirish kerak bo`ladi. Bu ish bir necha variantda takrorlanishi mumkin.
So`z ustida ishlash
So`z ustida ishlash jarayonda tarbiyachi rasmli kartochka asosida yoki narsalarning o`zi yordamida har bir aytilayotgan nom so`z ekanligi tushuntiradi, „so`z“ tushunchasi shakllantiriladi. Bu borada quyidagicha ishlar omalga oshiriladi:
1. So`zning to`g`ri, adabiy-orfoepik talaffuzi va o`qilishini o`rgatish.
2. So`z ma’nolarini tushuntirish.
3. Tarbiyalanuvchilar nutqiga yangi so`zlarni kiritib borish, ya’ni lug`atini boyitish.
4. So`zlarni uslubiy jihatdan to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
5. Berilgan so`zni imlo jihatdan to`g`ri yozishga o`rgatish.
So`z ustida ishlash jarayonida quyidagicha og`zaki mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Bir xil qo‘shimchali so`zlardan topish. Masalan: ishla, tuzla, sozla; gulzor, mevazor, paxtazor va boshqa.
2. Ohangdosh so`zlar topish. Misol: ol, bol, tol, mol, sol; bosh, tosh, qosh, osh; va boshqa.
3. Ma’nodosh so`zlar topish. Bunda „Bu so`zni boshqa qaysi so`z bilan almashtirish mumkin?“ deb so`raladi. Masalan: vatan, yurt, el, mamlakat, diyor; chiroyli, go`zal, xushro`y, maftunkor va boshqa.
4. Shakldosh so`zlar topish. Bunda 2 ta gap berilib ulardagi bir xil yozilgan so`zni topish aytiladi. So`z topilgach, uning ma’nolari gaplar vositasida tushuntirib beriladi. Misol:Yozda dam oldik. Xatni qalam bilan yoz.
Qo`y uy hayvoni. Olgan narsangni joyiga qo`y.
5. Qarama-qarshi ma’noli so`zlar topish. Misol: yaxshi-yomon, baland-past, oq-qora, odobli-odobsiz, katta-kichik va boshqa.
6. Ko`p ma’noli so`zlar yordamida birikmalar tuzish: odamningko`zi — uzukning ko`zi, taxtaning ko`zi... Bunda tarbiyachi boshlab beradi va qatortarbiyalanuvchilar tomonidan davom ettiriladi. Bu mashqni rasmli kartochkalarni ko`rsatish orqali ham o`tkazish mumkin.
7. So`z ustida ishlash jarayonida kesma harf va kesma bo`g`inlar yordamida yozma mashqlar tashkil etiladi.
8. O`rganilayotgan harfdan bir bo`g`inli so`zlarni kesma harflardan tuzish va o`qish: nok, nay, osh, oy, ip, tom, do`st, qand, baxt va boshqa.
9 .Berilgan chizma asosida so`zlar tuzish va ulani o`qib, ma’nosini izohlash. Misol: Bu chizma asosida qush-cha, do`p-pi, ruch-ka kabi so`zlar tuziladi.
O`yin tarzida olib boriladigan bu kabi ish turlari tarbiyalanuvchilarning lug`atini boyitish bilan birga, o`qishga qiziqish uyg`otadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va so`zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
10. “Ha, yo`q” mashqi
Tarbiyachi bitta narsaning rasmini bolalarga teskari qilib ushlab turadi va rasmda tasvirlangan narsaning nima ekanligini savollar berish orqali aniqlanishini aytadi.
Bolalar savollariga to`g`ri javob topilmagunga qadar tarbiyachi faqat “Ha”yoki “Yo‘q”, “Ham ha, ham yo‘q” so‘zlari bilan javob beradi. Narsa nomi topilgach rasm bolalarga ko`rsatiladi.
Bolalarni savodxonlikka o`rgatish ommaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlari, qisqa muddatli guruhlarda, maktaboldi tayyorlov guruhlari mavjud xususiy hamda davlat-xususuy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirilib, o`quv yili oxirida tarbiyalanuvchilar maktab ta’limiga quyidagi bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo`lgah holda kirib boradilar.
1. O`qish ko`nikmasi bo`yicha:

  1. so`zni sidirg`a o`qiydi;

  2. so`zni bo`g`inlab o`qiydi;

  3. barcha harflarni biladi va ularni o`qiydi;

  4. so`zlarni bo`g`inlarga bo`ladi;

  5. bo`g`inli kartochkalar yordamida bo`g`inlardan so`zlar tuzadi;

  6. so`z, tovush` bo`g`in, gap haqida tushunchaga ega;

  7. so`zning lug`aviy, bo`g`inli va fonetik tuzilishi to`g`risida tasavvurga ega bo`ladi;

  8. peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlarni o`qiydi;

  9. nutqni eshitadi va tushunadi.

2. Yozuv ko`nikmasi:



  1. qog`ozda to`g`ri chiziqlar, so`zlar va qisqa gaplarni bosma harflarda yozadi;

  2. daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;

  3. rasmlarni to`g`ri joylashtiradi;

  4. hamma harfni bosma ko`rinishini yozishni biladi;

  5. qo`lni uzmasdan nuqta chiziqlarini birlashtirib rasm chizadi;

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:



    1. so`zni bo`g`inlarga bo`ladi;

    2. so`z yoki bo`g`indagi tovushni ajratadi;

    3. hamma tovushni to`g`ri talaffuz qiladi;

    4. nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e’tibor qaratadi.

4. Og`zaki boglanishli nutqi:



  1. o`z ona tilida erkin so`zlashadi;

  2. turli gaplarni tuzadi;

  3. shaxsiy tajribasiga tayanib rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;

  4. turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;

  5. qofiyalar tuzadi;

  6. topishmoqlar topadi;

  7. nutqida xorijiy so`zlarni qo`llaydi;

  8. kichik she’rlarni yoddan aytadi;

  9. boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so`zlab beradi;

  10. turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so`zlab berishni biladi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiku, savodxonlikka o`rgatish o`ta mas’uliyatli jarayon bo`lib,mashg`ulotlar bolalarning faol ishtirokini ta’minlaydigan ta’limiy o`yinlar, interfaol metodlar va AKTdan foydalangan holda tashkil etilishiga erishish lozim.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin