O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə13/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mashg`ulot metodi: analiz-sintez, suhbat, ”Bo`lishi mumkin emas”ta’limiy o`yini.
Mashg`ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 5 daqiqa

Tarbiyalanuvchilarning mashg`ulotga hozirligini tekshirish.
Tarbiyalanuvchilarni mashg`ulotning maqsad va vazifalari bilan tanishtiruvchi suhbat:
-Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
-Mevalarning inson sog`lig`i uchun foydasini aytib bera olasizmi?
-Bog`bonlar bog`da nima ishlar qilishadi?
-Siz bugungi mashg`ulotda nimalarni o`rganishimizni payqab oldingizmi?
II Asosiy qism. 20 daqiqa
1.Bo`lishi mumkin emas” ta’limiy o`yini. Doskaga poliz va daraxt rasmi ilinadi. Poliz tasvirlangan maketga mevalarning rasmli maketi, daraxtga esa poliz ekinlari tasvirlangan maketlari ilingan bo`ladi. Tarbiyalanuvchilarga shu rasmdan kelib chiqib quyidagi savolga javob olinadi:
- Polizda nimalar pishadi? (qovun, tarvuz...)
- Daraxtda –chi? (olma,nok, xurmo...) ta’limiy o`yin shu tariqa davom etadi.
-Polizda nima bo`lishi mumkin emas? (mevalar)
-Poliz deganda nimani tushunasiz? (poliz ekinlari yetishtiriladigan joy)
Bolalarga ko`zlarini yumishlari aytiladi. Maketdagi meva va poliz ekinlarini joyi o`zgartiriladi va nima o`zgargani va bo`lishi mumkin bo`lmagan holat topiladi. Jarayon shu tariqa davom etadi.
-Bolalar avvalgi mashg`ulotimizda qanday mavzu bilan tanishgan edik?
-Nutq bu nima?
Bugungi mavzumiz gap.
1.Tarbiyachitarbiyalanuvchilarga meva yig`im-terimiga oid rasmlar asosida yo`llanma savollardan foydalanibmatn tuzdiradi. (Bu qayer?, U yerda nimalar o`sadi? Qanday mevalarni ko`ryapsiz?...)
Mana bog`. Bog`da mevalar pishdi...
2. Suhbat va analiz-sintez metodi yordamida tarbiyachi gapga xos asosiy xususiyatlarni ochib beradi:
-Siz rasm asosida nima tuzdingiz? (Matn)
-Matn (hikoya) nimalardan tashkil topdi? (Gaplardan)
3. Matndagi gaplar miqdorini aniqlash.
-Matnda nechta gap bor?
-Birinchi gapni ayting.
-Har bir gap nimani ifodalayapti? (Biror fikrni )
Gaplarni aytish mashq qilinadi. Gap so`zlardan tuziladi. U biron fikrni tugallanganligini bildiradi. Gapning boshida ovozning ko`tarilib, oxirida pasayishi, tugallanishida esa qisqagina to`xtash qilinishi aytib ko`rsatiladi. Shuning uchun har bir gapdan so`ng nuqta (.) so`roq(?), undov (!) belgilariqo`yilishi.Mana bog`” matnining andazasi asosida tushuntiriladi:


Quvnoq daqiqa.
”Mevali salat” mashqi o`tkaziladi.
Bolalar doira hosil qilib o‘tiradilar. Tarbiyachi har bir bolaning qulog‘iga uchta mevadan bittasining nomini aytib chiqadi (olma, olcha, olxo‘ri). Tarbiyachi qaysi mevaning nomini aytsa, o‘sha meva nomini bilgan bolalar joylarini almashtiradilar yoki tarbiyachi “Mevali salat” desa hamma bolalar joylarini almashtiradilar, o‘z joyiga o‘tira olmagan bola boshlovchi bo‘ladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin