O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə20/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Mavzu: O o harf-tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
tarbiyalanuvchilar –
- unli harflar guruhiga kiruvchi Oo harf-tovushi bilan tanishadilar;
-O tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
-O tovushini so`zning boshida, o`rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar, rasmli alifbo, rangli qalam, kitob maketi, so`zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, unli tovush belgisi bor kubik ( ), kesma harflar, ish daftari, rangli iplar, ruchka yoki flomasterlar, AKT.
Mashg‘ulot metodi: Muzyorar mashqi:“Bir-birimizga ezgu so‘zlarimizni aytamiz”,analiz-sintez, suhbat, nafas mashqi, ta’limiy o`yinlar: “Ortiqchasini top”, “Zanjir”, amaliy ish.
Mashg`ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3-5 daqiqa

Muzyorar mashqi: “Ezgu so‘zlar”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo`lib qo‘llarini ushlab turishlarini va yonidagi o`rtogiga bitta ezgu so‘zni aytishlarini so`raydi. (bolalar bir-biriga “sen yaxshisan”, “sen quvnoqsan”, “sen tirishqoqsan”, “sen ozodasan”, “sen zo‘r rasm chizasan” kabiezgu so‘zlarini aytishlari mumkin).
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
Tarbiyachi“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda O tovushi bor olma rasmini ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi O tovushini cho`zib (o-o-o-ol-ma) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
Tarbiyachiga eslatma.

Otovushini talaffuzida quyidagi holat yuz beradi: Lablar aylana shaklida(dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan bekiladi,til ildizi bir oz yuqoriga ko‘tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tib ketadi, tovush boylamlari bog‘langan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil bo‘ladi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga unli tovushlar to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi.va unli tovushlarni qizil rangda belgilanishini (qizil kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) aytadi.

Tarbiyachi bolalarga so‘zlarning tovush andozasini ekran orqali tushuntiradi:


- unli tovush
Olma so‘zining birinchi tovushi O.Biz birinchi katakni qizilga bo‘yaymiz.

  • s o‘zdagi birinchi tovushni ajratish

Soat so‘zining ikkinchi tovushi OBiz ikkinchi katakni qizilga bo‘yaymiz.


-so‘zning o‘rtasidagi kerakli tovushni ajratish
Oymomo so‘zining oxirgi tovushi O. Biz oxirgi katakni qizilga bo‘yaymiz.
- so‘zdagi oxirgi tovushni ajratish

Tarbiyachi bolalarga unli tovushlarni mana bunday belgili kubiklarda ham ajratib olishlari mumkinligini aytib tushuntiradi. Buning uchun bolalar kubikdagi belgilar ifodasini bilib olishlari kifoya. Nutqimizda hyech qanday to‘siqqa uchramay, cho‘ziq aytiladigan tovushlar ifodasi kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilangan kubikga joylashtirilganligini tushuntiradi va bolalarga harfli kubiklarni o‘ynaganlarida kubikning tomoniga yopishtirilgan tovush belgisiga va tomonlarda ko‘rsatilgan harflarga e’tibor berib oynashlarini ta’kidlaydi.








Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin