O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Boshlang’ich sinf o’qituvchisining qo’llab quvvatlashga yaratilgan shart sharoitlar



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə10/12
tarix26.07.2023
ölçüsü372,5 Kb.
#137499
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
SAYDIG\'ANIYEVA DILDORA QAXRAMON QIZI (7)

2.3 Boshlang’ich sinf o’qituvchisining qo’llab quvvatlashga yaratilgan shart sharoitlar
Bugungi ta’lim jarayoni pedagogning shaxsga bo‘lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg‘urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o‘zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag‘batlantirishning usutnligi tufayli ko‘zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo‘llashda namoyon bo‘lsa, ta’lim jarayonini demokratlashtirish esa o‘qituvchi va o‘quvchilar huquqlarini tenglashtirish, ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o‘z fikri, nuqtai nazarini erkin bayon etishni taqozo etadi.
Zamonaviy ta’lim jaryonida o‘quvchilar va o‘qituvchilar munosabatining o‘ziga xos jihati o‘quvchilar mustaqilligi va o‘quv faoliyatini boshqarish emas, balki hamkorlikda tashkil etish, ta’lim olishda majburlash emas, balki o‘quvchilarni ishontirish, biror-bir faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali emas, balki shu faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish sanaladi. Yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga:
- o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
- ta’lim jarayonini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rtasida qiziqish uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
- o‘quvchilarni muvafaqqiyatli bilim olishga yo‘llovchi hamkorlikning paydo bo‘lishi;
- muntazam faoliyatning tashkil etilishi;
- tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi. Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari
- o‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kechish;
- o‘quvchilarning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va rivojlantirish;
- ta’limda psixologik-pedagogik diagnostikani qo‘llash orqali o‘quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, shaxsiy sifatlari, aqliy faoliyatning xususiyatlarini aniqlash;
- o‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar dinamikasini tasavvur qilish;
- o‘quvchi shaxsi rivojlanishining dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi
Zamonaviy o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o‘zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat.
Hozirgi jamiyatimizda pedagogning mustaqil ravishda bilimlarni egallab, oʼz malakasini oshirib borishi - bir tomondan oʼqituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini koʼrsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi - chunki, bu kechiktirib boʼlmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixologik nuqtai-nazardan pedagog doimiy ravishda oʼz bilimlarini oshirish bilan shugʼullanishi zarurdir. Chunki oʼqituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida boʼlarkan, u birinchidan, odamlarni koʼpdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni oʼz qarashlari boʼyicha toʼgʼri tushuntirib berishi lozim. Аlbatta, pedagogdagi bu tariqa qarashlar koʼp yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, pedagogning oʼzi axborotlar olish uchun oʼquvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u oʼta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda boʼlish imkoniyatiga ega boʼlib, koʼpincha oʼz kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi. Pedagogga jamiyat tomonidan qoʼyiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subʼektiv tayyorligi muayyan oʼqituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Pedagog oʼz kasbidan va hayotdan doimo mamnunligini dildan his qilib, bu holatni atrofdagilarga, jumladan oʼquvchilariga, hamkasblariga, oila-aʼzolariga ham namoyon qilishi zarur. Doimo optimistik kayfiyatda boʼlish, birinchidan taʼlim samaradorligiga taʼsir qiladi; ikkinchidan oʼquvchilarda pedagogik kasbga qiziqish uygʼonadi. Oʼquvchilarda kelajakda men oʼqituvchi boʼlsam, ustozimga oʼxshab, hayotda oʼz oʼrnimni topaman, hayotdan mamnun yashayman, degan fikr shakllanadi.
O‘quvchilarning bilim olishi, o‘qituvchilarning esa samarali faoliyat yuritishi uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratishimiz kerak, bunda hamma o‘z vazifasini bajarishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning «Xalq ta'limi tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va «Xalq ta'limi tizimiga yangi boshqaruv tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni doirasida ana shunday shart-sharoitlar yaratiladi. Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq[]:
2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to‘lanadi;
Har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;
Umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.
2022-yil yakunida avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlari yaratildi.
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Milliy-tadqiqot instituti).
Xalq ta’limi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar (keyingi o‘rinlarda — zamonaviy metodikalar) bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2023-yil 1-avgustga qadar ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni (keyingi o‘rinlarda — vakolatli xalqaro tashkilotlar) jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin;
2024-yil 1-yanvarga qadar pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishini sertifikatsiyadan o‘tkazsin.
Qonunchiligimizda esa o’qituvchilarga qanday imtiyozlar bor? Keling endi ularni ko’rib chiqamiz:

  • O‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun pul to’lamaydi. 

  • Maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanishi mumkin. 

  • O‘quvchilari OTMga ko‘p kirgan maktablar rahbariyati rag’batlantiriladi. 

  • O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to’lanadi. 

  • Pensiya yoshidagi pedagoglar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi. 

  • Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to’lanadi. 

  • Qishloqlardagi maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ayollarga ustama to’lanadi.

  • PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega mutaxassislarga ustama to’lanadi.

  • Sportchi-trenerlarga imtiyozlar beriladi. 

  • Ta’lim sifati past maktablarda boshqa hududlardan kelib dars berayotgan o‘qituvchilar uchun maxsus ustamalar joriy qilingan. 

  • Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.

  • Ayrim jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

  • Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlariga iste’mol kreditlari va avtotransport sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.

  • Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to’lanadi. 

  • Ta’lim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi. 

  • O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.



XULOSA
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, hayotimizning barcha jabhalarida bo’lganidek, xalq ta’limi sohasida ham ulkan vazifalar belgilandi: davr talabiga mos ta’lim tizimini asoslash, ta’limning yangi konsepsiyasi, dastur, darsliklarini yaratish, maktablarning moddiy bazasini yaxshilash, xalqaro me’yoriy talablarga javob beradigan binolar qurib, ishga tushirish; ta’lim jarayoniga yangi pedagogik g’oyalarni olib kirish, ta’limga texnologik yondashish yo’li bilan ta’lim tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish; ta’lim jarayoniga amal qiladigan teskari aloqani butunlay yangilash; o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy texnikani olib kirish, ta’limni kompyuterlashtirish va hokazo.
Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri- aloqadorlik, uzviylik, izchillik, vorisiylik,
zamonaviylik, yo‘naltirilganlik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi. Shu ma’noda boshlang‘ich ta’lim klasteri asoslari va ahamiyatiga e’tibor qaratuvchi , zamonaviy raqamli ta’limga yo‘naltirilgan ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi:
– pedagogika sohasida samarali vorisiylikni ta’minlash va eng yaxshi o‘quvchilarni pedagog kasbiga targ‘ib qilish;
– pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini amaliyotga tayangan holda va manfaatdor sub’ektlar bilan samarali aloqasini intensiv ta’minlagan holda olib borish;
– bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarini innovatsion tajribaga ega bo‘lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish;
– yosh mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarni egallash davrini qisqartirish;
– talabalarni bugungi jadal rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etishini ta’minlash;
– pedagogik ta’limda yangi avlod o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy adabiyotlar, vositalar va didaktik materiallar majmuasini yaratish;
– ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish;
– pedagog kadrlarni tayyorlashda maktabgacha, boshlang‘ich ta’lim va OTM hamda boshqa talabgorlar bilan o‘zaro tezkor qayta bog‘lanish imkoniyatini yaratish;
– ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘liqlik va hamkorlik zaruriyatini ilmiy asoslashdan iborat.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini tahlil qilishni amalga oshirish o‘qituvchining o‘rgatuvchi harakatlari asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi. O‘qntuvchinnng darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uni samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘kuvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqishdir. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy - siyosiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida o‘qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda.
Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan xabardor bo‘lib borish, ta’limni pedagogik texnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
- ta’limda o‘kuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib o‘z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
- o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirilishiga sharoit yaratish;
- o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorlini ta’minlash;
- ta’limni tarbiyaviy jarayon bilan o‘zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
- o‘quv tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida ta’limning emotsionalligini ta’minlash;
- kompyuter va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqparidan xabardor bo‘lib borish;
- ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o‘rganib borish;
Boshlang’ich sinf o‟qituvchilarining pedagogik faoliyatini muhokama qiluvchi pedagogik kengashlar yo’q, mavjudlari bu faoliyatga rasmiyatchilik nuqtai nazaridan yondashishgan.
Tahlillarimiz shuni ko’rsatdiki, juda ko‟pchilikumumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilarining muayyan fanlar bo’yicha bilim darajasining yetarli emasligi, tarbiyaga oid hujjatlarning bilmasligi, o’zining kasbiy bilimi va mahoratini oshirishga qaratilgan maqsadli va rejali faoliyat yo’lga qo’yilmaganligini e’tirof etish lozim.
Xuddi shuningdek, boshlang’ich sinf o‟qituvchilarining kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish hamda baholash o’rtasidagi mutanosibliklar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik jihatlari to’g’risidagi ko’nikma va malakalar yetarli emasligi, pedagogik voqyelik va pedagogik jarayon o‟rtasidagi turg’un bog’liqlik e’tiborga olinmayotganligi ham ayon bo’ldi.
Binobarin, buyuk g’arb pedagogi A.Disterverg ta’kidlaganidek: «Yaxshi o’qituvchi o’zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon voz kechmaydi. O’qituvchi o’z ustida mustaqil ishlashi lozim. Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib qo’ya qoladi. Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarga haqiqatni topishga o’rgatadi»[ ].
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’zidagi uslubiy bilimlarni rivojlantirishi uchun metodik kompitentsiyaning keltirib otilgan vazifalarini o’rganishi hamda ularni amaliy tajribada qo’llanishi orqali erishadi. Turli pedagogik o’zgarishlar natijasida o’qituvchining metodik qobilyati shakllanadi.
Pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan o’qituvchi, o’sib kelayotgan yosh avlodning o’ziga xos hususiyatlarini tushuna oladigan, ularning tuyg’ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan, bola hayotidagi turli qiyinchiliklarni ko’ra oladigan va ularga mohirlik bilan yondashadigan, bilimlilik va ijodkorlikni ozida mujassam o’tgan chuqur ilmiy fikrga ega shaxs hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi mehnatning maqsadi yoshlarga o’qish va yozishni o’rgatish orqali voqelikdagi jamiki narsa - hodisalar haqida bilim berish, ularda insonga xos bo’lgan sifat hamda fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag’a bo’lmaydi.


Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin