Birinchi ma’no bo‘yicha integratsiya o‘quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini qo‘yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida tasavvur qilib olsin.
Ikkinchi ma’noda integratsiya o‘quv fanlaridan beriladigan bilimlarning o‘zaro to‘qnash(uchrash)gan eri(nuqtasi)da yangi tasavvurlarni anglay olsin.
Dastlab, fanlardagi fikr (g‘oya)lar to‘qnashgan nuqtada avvaldan bo‘lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, ular o‘rtasida bo‘lgan bog‘lanishlarni tarkib toptirishga da’vat etsin.
Shunday qilib, pedagogik innovatsiyalar nima? birinchi maktab o‘quvchilari o‘rtasida mustaqilligini qurishga qaratilgan yangi texnika va o‘quv usullari hisoblanadi. ularning faoliyatida o‘qituvchilar uchun alohida e'tibor dizayn tartib berishni boshladi. an'anaviy tizimi talabasi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun hech vaqt berilgan bo‘lsa, ikkinchi avlod yangi federal ta'lim standartlari joriy keyin, har bir bola barkamol rivojlanishi va o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun haqiqiy imkoniyat oladi.
Avgust uchrashuvlar Har yili o‘qituvchilar yangi pedagogik usullar bilan tanishish pedagogik innovatsiyalar, yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Har bir batafsil ko‘rib keyin amalda sinov ketadi. natijalar ijobiy bo‘lsa, boshqa ta'lim muassasalarida radioeshittirish tajribasi bor.
Ilmiy-tadqiqot faoliyati ta'lim innovatsiyalarni amalga oshirish yo‘li sifatida muhim qismlaridan biri sifatida har bir intizom mazmuni muhandislik yoki tadqiqot xizmat qiladi. Yangi milliy ta'lim dasturlari doirasida, barcha o‘quvchilar ijodiy va individual qobiliyatini rivojlantirish, ularni imkon beradi, bu ibora o‘zlashtirish kerak. Ular tayyor loyihalar bor maktab yilning oxirida o‘quv yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar, tasdiqlash uchun o‘z ilmiy ishlari natijalari bilan o‘qituvchilari va sinf do‘stlari joriy etish.
Innovatsion faoliyat O.N.Gonobolin, B.A.Slastenin, N.V.Kuzmina, A.I.Shervanov va boshqalar ishlarida tadqiq etilgan. “O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (inglizcha “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) –
1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablao‘lar;
2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilo‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi”2.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turo‘un elementlar bilan boyitib borish tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi[].
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. O‘quvchilarning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham o‘quv jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni kiritish, ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Krossvord”, “Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Keys stady”, “Insert”, “Venn diagrammasi” va “BBB” texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda. Mazkur maqolada dars jarayonining samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi yana bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya qilamiz.
“Reklama” metodi, asosan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘z samarasini ko‘rsatadi. Mazkur metodni dars jarayonining bosqichlari: o‘tilgan mavzuni so‘rash va yangi mavzuni mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu mohiyatiga mos tartibda tarqatma materiallarni beradi, ularda “Reklama qiling!” birikmasi yozilganligi asosiy qoidadir. O‘quvchilar tarqatmalarda berilgan mavzuni, undagi shaxs yoki predmetga xos sifatlar, xatti-harakatlar, asardan parchalar, rolli ko‘rsatmalar orqali reklama qilib berishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur metoddan sinfdan tashqari o‘qish darslari uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Bunda, o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi, boshqa o‘quvchilarga o‘qish uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qiladi, tavsiya qilish jarayonida reklamaning turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi.
“Reklama” metodining afzalligini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
-o‘quvchilarning nutqi ravonlashadi, jamoa oldida nutq so‘zlash, o‘z fikrini erkin bildira olish ko‘nikmalari shakllanadi;
-dars jarayonining mazmunli tashkil qilinishiga erishiladi, o‘quvchilarning darsga qiziqishlari oshadi, ularda kitobga bo‘lgan hurmat shakllanadi, badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayadi;
-o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, sog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘ladi, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, ularni diqqat bilan tinglash, o‘z diqqatini jamlash va fikrlash qobiliyatlari shakllanadi.
“Juft barmoqchalar” metodi ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali metodlardan biridir. Mazkur metodning nomi bolada uni bajarishga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Metodni darsning turli bosqichlarida qo‘llash mumkin. turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k rangli chiziqqa joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so’zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish vazifasi beriladi.
Ayniqsa, “Juft barmoqchalar” metodi ona tili va amaliy san’atning integratsiyasini o‘zida aks ettiradi. Metodning qo‘llanilishida o‘quvchilarning barmoqlari ishlatiladi. Bunda, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga qo‘l mehnati yordamida o‘ng qo‘l barmoqlariga sonlar va hisob so‘zlarni yozishni tushuntiradi, chap qo‘l barmoqlariga esa miqdori ko‘rsatilgan shaxs-narsalarning rasmlarini chizish kerakligi va oxirgi bosqichda ikki qo‘l barmoqlarini qovushtirganda, son va miqdori ko‘rsatilgan narsa o‘rtasida muvofiqlik hosil bo‘lishi ta’kidlanadi. O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan “Juft barmoqchalar” namuna sifatida ko‘rsatiladi va tasvir orqali tushuntiriladi: chap qo‘l ko‘rsatkich barmog‘iga 2 soni hamda hisob so‘z yozilgan qog‘ozchalar yopishtirilgan, o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘iga esa piyozning rasmi chizilgan. Ikki barmoqni juftlashtirganimizda “Ikki bosh piyoz” degan so‘z hosil bo‘ladi. Shunday davom etgan holda qolgan barmoqlarimizga ham rasmlarni chizamiz va sonlarni yozamiz.
“Kamalak jilosi” metodini boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq, katta, kichik, to‘qqiz kabi so‘zlarni turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k rangli chiziqqa joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so’zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish vazifasi beriladi.
Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu metodni qo‘llash mumkin. Ya’ni, kamalakning birinchi rangini bir xonalison deb oladigan bo‘lsak, ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo‘la oladi.
“Kamalak jilosi” metodi orqali bolalarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va sifatlar shakllanadi:
- o‘quvchi ranglar orqali so‘zlarning qaysi turkum doirasiga kirishini eslab qoladi;
- o‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ladi, ularda atrofmuhit va tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylash ko‘nikmalari shakllanadi;
- o‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni jamlash, fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi.
“Krossvord” metodi avvaldan qo‘llanilib kelinayotgan metodlardan biri bo‘lib, uni har bir sinfning far bir darsligida uchratishimiz mumkin.
Krosswordlarni tayyorlashda, asosan, axborot-kommunikatsiya texnologiya vositasi bo‘lgan kompyuterning Microsoft Word dasturidan foydalaniladi. Ammo, kompyuterning Microsoft Excell dasturi orqali tayyorlangan krasswordlar avvalgilariga qaraganda, samaraliroq natija berishini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri, Microsoft Excell dasturi biroz murakkab hamda formulalar asosida ishga tushiriladi, biroq, o‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doirasidagi bilimlarni egallagan bo‘lishlari davr talabidir.
-Innovatsoin krosswordlardan boshlang‘ich ta’limning har bir bosqichida, shuningdek, yuqori sinflar dars jarayonlarida ham foydalanish mumkin. Microsoft Excell dasturida tayyorlangan krasswordni bajarishdan oldin o‘quvchilarni krasswordni bajarishgaundovchi fikrlarni keltirish va bu orqali ularning qiziqishlarini yanada oshirish mumkin.
Microsoft Excell dasturida yaratilgan innovatsion “Krossvord” metodi orqali o‘quvchilarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va sifatlar shakllanadi:
-o‘quvchilarda bajarilayotgan krassvord mavzusida oid bilimlar bilan birga “Informatika” fani haqidagi bilimlar ham shakllanadi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan xabardor bo‘ladi;
o‘quvchilarda texnologiyalarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish keng eshtiyoqi shakllanadi, shuningdek, darslarda axborot-texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini yuksaltiradi, dars muhitining yaxshilanishini ta’minlaydi;
-o‘quvchilar tomonidan belgilangan javoblarning to‘g‘riligini tekshirish o‘qituvchi tomonidan emas, kompyuter dasturi tomonidan aniqlanadi va ekranda paydo bo‘ladi. Bu o‘quvchilarni baholashda o‘qituvchi imkoniyatining oshirilishi va vaqt tejamkorligiga erishilishini ta’minlaydi.
O‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslaridan maksimal foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quv va didaktik materiallarga qo‘shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi.
Shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar texnologik jarayonlar va funktsiyalar to‘g‘risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi. Predmet vositalari tasvir va matnlarni yozib olish, saqlash imkonini beradi. Ularga doska, flipchart, kodoskop (proektor) kamera va kompьyuterlar kiradi. Tajriba ishi sohasiga tegishli kerakli tajriba uskunalari, namunalar, jihozlar va asboblar nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot paytida didaktik funktsiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad soha va usullarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi.
O‘qituvchi o‘quv va ko‘rsatmali vositalarni ishlata olishni, ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni mustaqil hal qila olishi kerak. O‘quv materiallari bir paytning o‘zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o‘qitish va o‘rganish uchun ishlatiladi. Agar o‘quv va didaktik materiallar yetarli bo‘lmasa, u holda o‘qituvchi tomonidan ularning tanlanishi hamda nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlar maqsadiga moslashtirib tayyorlanishi kerak.
O‘qitish jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish - shuni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik, o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadi. O‘quvchilarning faolligi ularning o‘quv materialni egallab olishida o‘quv, tajriba xonasi sharoitlarida topshiriqlarni bajarishdagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Faollilik o‘quvchilarning o‘quv va mehnat faoliyatidagi mustaqilligini rivojlantirish bilan mustahkam bog‘langan. Faol usullarini tanlash birinchidan, darsdan ko‘zda tutilgan o‘quv maqsadlariga bog‘liq. Masalan, agar darsning maqsadi yangi bilimlarni egallashdan iborat bo‘lsa, o‘qituvchi bu bilimlarni o‘zi bayon qiladi yoki o‘quvchilarning o‘quv adabiyotlari va boshqa materiallar bilan mustaqil ishlashini tashkil qiladi. Ikkinchidan, ta’lim usullarini tanlash o‘rganiladigan fanning mazmuni va darsning aniq o‘quv materialiga bog‘liq bo‘ladi. Bir mashg‘ulotning o‘zida bir nechta faol usullar qo‘llanilishi mumkin. Uchinchidan, o‘quvchilarning ilgarigi tayyorgarlik darajasiga va shaxsiy tajribasiga bog‘liq. Agar yangi o‘quv materiali o‘quvchilarga butunlay notanish bo‘lsa, o‘qituvchi buni o‘zi bayon qiladi, buni didaktik vositalar va tajribalarni ko‘rsatish bilan qo‘shib olib boradi. Ta’lim oluvchilarning bilim olish, mustaqil ishlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ongli faolligi, mustaqilligi hamda ijodkorligini, o‘quv bilish faoliyati natijasining sifatini xarakterlaydi. Faollik-ta’lim sharoitida o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ishharakat usullarini turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo‘llanishga imkon beradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim.
Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bolaning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonigamohirona tadbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham o‘quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.