O’zbekiston respublikasi markaziy bankining va tijorat banKlarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari
Quvondiqov Husniddin
Reja:
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari .
Markaziy bankning qimmatli qog’ozlari.
O’zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog’ozlar chiqariladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”,”Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq, shuningdek, “Tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir tavsiyalar” (1996-yil 26-apreldagi 211-sonli yo’riqnoma) asosida amalga oshiradi.
Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy litsenziya asosida qimmatliqog’ozlar bilan operqtsiyalarni bajarishadi. Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro’yxatida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiradigan quyidagi faoliyat turlari qayd etiladi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari
Qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni saqlash ;
Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish ;
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitisiyalash ;
Dilerlik, depozitor va aksionerlik reyestrini yuritish va saqlash ;
Tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarni bajarish va maslahatlar berish ;
Mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish va hokazo
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash turli xil qimmatli qog’ozlar:
Veksel va boshqalarga mablag’larni qo’yish orqali amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddqti tugaguncha saqlashadi. Banklar o’z mablag’larini munitsipalitetlarining qimmatli qog’ozlariga ham qo’yishadi, chunki ular bo’yicha to’lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi.
O‘zR Prеzidеntining “Iqtisodiyot rеal sеktori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053 sonli Farmonini bajarish, shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Bank tomonidan ikki boshqaruvchi kompaniya – “NBU INVEST GROUP” OAJ va “NBU Investment” OAJ tashkil etildi. Bu kompaniyalarning ustavida bеlgilangan asosiy vazifalar xorijiy invеstitsiyalarni , invеstitsiya fondlarini tashkil qilish, konsalting, andеrrayting, dеpozitar xizmatlar ko‘rsatish hamda iqtisodiy nochor korxonalarning mulki nеgizida tashkil etilgan shu’ba korxonalarning aktivlarini samarali boshqarishdan iboratdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank opеratsiyalari bo‘yicha asosiy moliya vositalari quyidagilardan iborat:
dеpozit sеrtifikatlari va dеpozit (jamg‘arma) sеrtifikatlari;
korporativ obligatsiyalar;
aksiyalar.
O’zbekiston Reslublikasi hududida qimmatli qog’ozlar chiqarilishiga va muomalada bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan qimmatli qog’zlarni chiqarish amaldagi qonunlarga ko’ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishlari mumkin:
Ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar;