bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini demokratik jarayonlaraing faol ishtirokchisi sifatida rivoj lantirish;
bosma ommaviy axborot vositalarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarini yoritishga qaratilgan faoliyatini rag'batlantirish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda ularning rolini oshirish;
media-biznesda menejmentning yangi usullarini tatbiq etish;
bosma OAVlari va axborot agentliklari jurnalistlari o'rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini yaratishga ko'maklashish;
fond faoliyatining ochiqligini ta'minlash.
Xullas, keyingi yillarda mamlakat Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan qator farmonlar, qarorlar va farmoyishlar, Oliy Majlis qabul qilgan Qonunlar ommaviy axborot vositalarining «to'rtinchi hokimiyat» darajasida faoliyat ko'rsatishiga imkon yarat-moqda. Jurnalistning erkin ijod qilishi va mamlakat ravnaqi yo'lida bel bog'lab xizmat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlab bermoqda.