O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-§. O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə22/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

5-§. O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng kun tartibida ja­hon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat­ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo etar edi.

Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga in aj bur edi».

Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»lar O'zbekistonga nisbatan «O`zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qu-rishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xo-los» deb shovinistlarcha g'arazgo'ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o'rtasida «Endi O'zbekiston qanday yo'ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta'minlanadimi?» - qabilidagi savollar paydo bo'lgan edi. Unga har kim o'zicha javob qidirar edi.

Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O'zbekiston uchun o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'lini tan­lash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o'z andozasini ishlab chi-qish g'oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O'z navbatida bunday vazi-fani uddalash O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o'rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqara­shi, jumladan, diniy e'tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog'da, O'zbekistonning o'z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlar-ning ko'p asrlik tajribasini o'rganish, ularning foydali tomonlari-ni o'zlashtirish bilan birga O'zbekiston xalqining turmush tarzi va an'analariga ham tayanish lozim edi.

Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqilligining dastlabki ku-nidanoq, «jahon va o'zimizning amaliyotimizdan olingan bar­cha unumli tajribani rad etmagan holda o'z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo'lini tanlab olishga kirishdi».

Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o'tishi bilan bog'liq vazifalarni bajarish dav­lat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqish-ni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g'oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligi­ning tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shun­day paytda o'zining qat'iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o'rtaga tashladi.

Hali sobiq ittifoq mavjud bo'lgan davrda I. Karimov respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o'zgarishlarni boshlab yuborgan edi.

1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birin-chilardan bo'lib, O'zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g'oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo'lmayotgan O'zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiya-siga aylantirilishi, hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo'liga o'tishi, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarning tikla-na boshlagani O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li shakl-lanayotganini ko'rsatar edi.

O'zbekiston mustaqil bo'lgach, I. Karimovning respublika rah-bari sifatida xalq oldidagi mas'uliyati yana ham oshdi. U endi mar-kazga bog'liq bo'lmagan holda, butun muammolarni o'zi hal qilish-ga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat ko'rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi.

Islom Abdug'aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo'li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o'zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko'rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bo'lib o'tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi: «Menga qan­day yuksak mas'uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo'llar tanlaganimiz haqida ba'zi fikrlar bilan o'rtoqlashmoqchiman.

Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat'iy hara-katlar qilishni kutyapti. O'tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og'ir yuk bo'lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxt-li hayotini ta'minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayot-gan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj ki-shilarni o'z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko'p bolali, kam ta'minlangan oil alar, nogironlar...


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin