xalq, ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyati-ni amalga oshirishda to'liq ishtirok etishi lozimligini;
hokimiyat bo'linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;
jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;
barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta'minlashni;
bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni;
demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko'ppartiyaviylikni shakllantirishni;
O'zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo'lishga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:
milliy boylikning ko'payishini ta'minlaydigan barqaror, rivoj-lanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;
mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
iqtisodiyotni o'ta markazlashtirmasdan korxonalar va tashki-lotlarning Mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo'jalik faoliya-tiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;