O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə106/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Mavzuga doir materiallar

Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar. 2007-yilda YIMning real o'sishi 9,5 foizni, xususan, sanoatda ishlab chiqarishning o'sish sur'ati 12,1 foizni, qishloq xo'jaligida - 6,1 foizni, qurilishda - 15,7 foizni, aholiga pulli xizmatlar ko'rsatish sohasida - 20,6 foizni va eksport hajmining o'sishi esa - 40,7 foizni tashkil etdi.

YIMning yuqori sur'atlarda o'sishi xomashyo mahsulotlari yoki jahon bozoridagi qulay konyunktura hisobidan emas, balki raqobat-bardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish soha­iarini jadal rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta'minlandi.



Sanoatning asosiy tarmoqlari hisoblangan yoqilg'i sanoatida ishlab chiqarish hajmi 10,1 foizga, qora metailurgiyada 9,6 foizga, kimyo va neft-kimyo sanoatida 18,0 foizga, mashinasozlik va metall­ni qayta ishlash sanoatida 28,1 foizga, qurilish materiallari sanoatida 14,2 foizga, yengil sanoatda 11,2 foizga va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 12,2 foizga o'sdi. Shuningdek, o'tgan yilda iste'mol tovarlari ishlab chiqarishning 18,8 foizga, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning 13,2 foizga va nooziq-ovqat mah­sulotlari ishlab chiqarishning 22,5 foizga o'sishiga erishildi.

Mashinasozlik sohasidagi o'sish asosan ushbu sohani texnik va texnologik jihatdan yangilash hamda rekonstruksiya qilish hisobiga erishildi, jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 22,7 foizga oshdi.




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin