Mavzuga doir material
M akroiqtisodiy vaziyatdagi o'zgarishlar
Islohotlarning jo'shqin rivojlanishi tufayli muayyan ijobiy makroiqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar ro'y berdi.
Yalpi ichki mahsulot hajmlarining pasayishi sur'atlari kamay-di. Chakana tovar aylanishi hajmi 8 foiz kamayganiga qaramay, 1995-yilda sanoat mahsulotlari va iste'mol mollari ishlab chiqarish nisbatan barqaror bo'ldi. Iqtisodiyotning eng yirik sektori bo'lgan qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 2,3 foiz oshdi. Eksport ancha, deyarli 16 foiz ko'paydi va birinchi marta savdo balansida ijobiy saldoni ta'minladi.
* 1996-yilda 1994-yilga nisbatan pulning qadrsizlanish jara-yonlari keskin ravishda, 3,7 baravar kamayib, asta-sekin moliya-viy barqarorlik va aholi real daromadlarining oshishini ta'minladi. Agar 1995-yilning birinchi choragidagi pul qadrsizlanishining o'rtacha oylik darajasi 11 foizni tashkil etgan bo'lsa, uchinchi chorakda u faqat 6 foiz bo'ldi. Yil oxiriga borib u yana birmun-cha oshgan bo'lishiga qaramay, 1994-yil darajasidan ancha past bo'ldi.
Pul qadrsizlanishining kamayishi natijasida aholining real ish haqi va real daromadlari oshdi.
Investitsiya faoliyati faollashib, aholi bandligining qo'shimcha oshishini ta'minladi. 1995-yilda islohotlar boshlangandan keyin birinchi marta investitsiyalar hajmi oshdi.
To'lov balansining sezilarli yaxshilanishiga erishildi, u milliy valuta kursining mustahkamlanishiga va uning qisman ichki konver-tatsiyalanishini joriy etishga ta'sir ko'rsatdi.
Iqtisodiyot tarmoqlari strukturasida qayta qurish jarayonla-ri sezilarli bo'lib qoldi: ustun tarmoqlarga investitsiyalar hajmi ko'paydi, baza tarmoqlari va yuqori texnologiyali tarmoqlar tezroq rivojlana boshladi.
Ichki ishlab chiqarishning oshishi asosida aholining go'sht, mevalar, sabzavotlar kabi qimmatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish darajasi oshdi.
Noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida ish haqining ildamroq indeksatsiyalanishi hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha o'rtacha ish haqining ish tabaqalanishi birmuncha qisqardi.
Aholining 1992-yil 1-yanvargacha jamg'arma banklar depo-zitlariga qo'ygan pul omonatlarini 40 baravar indeksatsiyalash va
1996-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to'lash haqida qaror qabul qilindi.
16 yoshgacha bo'lgan bolalarga pul nafaqalarini ko'paytirish haqida qaror qabul qilindi, bu oilalar, ayniqsa, ko'p bolali oilalar daromadlarining oshishiga ko'maklashadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni ko'paydi, ular aholining, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining meh-natini sarflash sohalarini ancha kengaytirish imkonini beradi, shu-ningdek, aholi daromadlarini ko'paytiradi.
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1996-yilgi ma’lumotlaridan.
* * *
Shuni aytish kerakki, respublikada yuk va yo'lovchilarni mam-lakat ichkarisida va tashqariga tashishning MDH, Yaqin va uzoq xo-rij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning ta'minlovchi transport tizimi shakllandi. Mustaqillik yillarida transportning barcha tarmoqlari jadal rivojlandi.
O'zbekistonning bevosita ishtirokida «TransOsiyo» magistrali-ning bir qismi hisoblangan, Janubi-Sharqiy Osiyoni G'arbiy Yevropa bilan tutashtiradigan va TransSibir magistralidan 1500 kilometr qis-qa bo'lgan Taj an - Seraxs - Mashhad yangi yo'li ishga tushirildi.
O'zbekiston Milliy Aviakompaniyasi A-310, 11-86, 11-76, TU-154, «Boing» va boshqa shu kabi zamonaviy havo laynerlariga va mahalliy yo'llarga mo'ljallangan ko'p miqdordagi samolyotlarga ega.
2007-yilga kelib O'zbekiston MDHning barcha yirik shaharla-ri va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo'llari orqali bog'landi.
O'zbekiston energetika tizimi ko'p tarmoqli sohaga aylandi. Uning tarkibida loyiha, qurilish-montaj, sozlash, ta'mirlash va ener-giyadan foydalanish korxonalari mavjud. Bugungi kunda respublika-mizda 37 ta issiqlik va gidroelektrostansiyalari, ishlab turibdi. Ular yiliga 55 milliard kilovatt-soatdan ziyodroq elektr energiyasi ho-sil qilish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda elektr tarmoqlarining uzunligi 228 ming kilometrdan ko'pdir.
Markaziy Osiyodagi eng yirik Tolimarjon GRESi jadal sur'atlar bilan qurilmoqda.
Sobiq Ittifoqdagi ayrim respublikalardan farqli ravishda O'zbekistonda hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi res-publika aholisi va xalq xo'jaligi ehtiyojini to'liq qondirib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq yangi institutsional tizimlar vujudga keldi. Jumladan, Tashqi Iqtisodiy alo-qalar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. Bojxona xizmati butunlay yangidan tuzildi.
O'zbekistonda tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlanti-rish, chet ellik sarmoyadorlarning mamlakat hududida faoliyat ko'rsatishini rag'batlantirish va ularni ishonchli kafolat bilan ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy zamin yaratildi.
1992-1995-yillarda - eng og'ir sharoitlarda O'zbekistonning umumiy tashqi savdo oboroti qariyb 2 marta ko'paydi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya chuqurlashdi. O'z navba-tida iqtisodiy jihatdan rivojlangan uzoq xorijiy mamlakatlar bilan savdo hajmi va geografiyasi birmuncha kengaydi. Uzoq xorijiy mamlakatlarga an'anaviy paxta tolasidan tashqari elektr manbalari chiqarish, to'qimachilik sanoati mahsulotlari, shuningdek, transport xizmati, santexnika va boshqa xizmatlarni eksport qilish yo'lga qo'yildi.
Eksport korxonalarimiz faoliyatining eng muhim yo'nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi.
2007-yilga kelib deyarli ko'pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to'liq jalb etilgan bo'lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o'zlashtirmoqda.
Birgina 2006-yilning o'zida tovar mahsulotlarini eksport qilish hajmi 31,5 foizga o'sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko'proq ortdi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi yil davomida qariyb 2 milliard AQSH dollarigacha o'sdi.
Eksport hajmining ana shunday o'sishi O'zbekiston uchun an'anaviy resurslar bo'lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomo-billar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o'g'itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish ma-teriallari va boshqa shu kabi ko'plab eksport tovarlari hajmi va turla-rini ko'paytirish evaziga ta'minlanmoqda.
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi 53 foizdan oshgani, paxta tolasining ulushi esa 17 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Import tizimida oziq-ovqat mahsulotlari keltirish kamayib, tex-nologiya va asbob-uskunalar olib kelish salmog'i keskin ortdi.
1994-1996-yillarda chet el sarmoyalari ishtirokida «O`zelmas», «Zarafshon-Nyumont», «O`zsalaman» va «O`zDEU» qo'shma kor-xonalari ishga tushirildi. Mazkur korxonalar ishga tushirilganidan keyin aholini sifatli poyabzal, gugurt, avtomobil va boshqa iste'mol mahsulotlari bilan ta'minlash hajmi ortdi.
Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda 1993-yil avgust oyidan boshlab qurilayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Yiliga 2,5 million ton-na gaz kondensatini qayta ishlab chiqarishga mo'ljallangan ushbu zavodning birinchi navbati loyiha va texnologik qismi qurilishlarini Fransiyaning «Teknip» firmasi, umumzavod xo'jaligi obyektlarini qurishni esa mahalliy qurilish tashkilotlari olib bordilar.
Zavod uchun Qorovulbozor tumanining suv toshqinidan xoli, temiryo'lga yaqin bo'lgan va barcha boshqa ishlab chiqarish hamda iqtisodiy talablarga javob beradigan qulay joyi tanlandi. Uning umumiy maydoni 205 gektarni tashkil etadi. 1993—1997-yillar davomida ushbu zavod qurilishiga jami qariyb 21 milliard so'm mablag' sarf-landi.
Zavodning asosiy ishlab chiqarish obyektlari bilan bir qatorda ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodimlar uchun ikki yarim ming kishi yashaydigan shaharcha qurildi. Shaharchaning infrastrukturasi-da umumiy maydoni yuz ming kvadrat metr bo'lgan uy-joylar ham-da maktab, bolalar bog'chasi, dorixona, ambulatoriya-poliklinika, tez yordam stansiyasi, mehmonxona, aloqa uzeli, maishiy xizmat ko'rsatish va sog'lomlashtirish majmualari, savdo do'konlari, deh-qon bozori va boshqa bir qator obyektlar qurildi.
1998-yilda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 1990-yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar oshdi. Agar 1990-yilda O'zbekistonda iste'mol qilinadigan neftning 70 dan ortiq foizi va neft mahsulotlarining deyarli yarmi import qilingan bo'lsa, 1998-yilga kelib ular importining ulushi deyarli yo'qqa chiqdi. Undan tashqari, davlatimiz neft importeridan uning eksporteriga aylandi. Neft eks-porti 1992-yildagi 270 ming tonnadan 1998-yildagi 912 ming tonna-gacha, yoki qariyb uch barobar oshdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mustaqillikning eng og'ir 1992, 1993 va 1994-yillari mamlakat aholisi uchun qancha-Hk qiyinchiliklarni ro'baro' qilmasin, hukumat og'ir vaziyatdan chiqish barobarida strategik maqsadlar bilan yashadi. U kunda-Hk muammolarai hal etish, aholini kundalik ehtiyoj mollari bi-
Ian ta'minlash va boshqa bir qator talablarni amalga oshirish, eng og'ir iqtisodiy tanglikdan hech qanday larzalarsiz o'tib olish chora-tadbirlarni belgilash bilan birga mamlakat istiqbolini va xalq kelajagini ta'minlaydigan ulkan maqsadlarni ham amalga oshirish yo'lidan bordi. Asakadagi avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi, mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi yuzlab sanoat korxonalari qurilishlariga xuddi ana shu qiyinchilik yillarida poydevor qo'yildi.
Hatto eng mushkul yillarda - ya'ni, o'tish davrining boshlani-shida ham O'zbekistonda kapital sarmoyalarning keskin tushib ketishi kuzatilmadi. 1995-yildan boshlab esa investitsiyalarning o'sishi yaqqol ko'rinmoqda. 1997-1998-yillarda O'zbekistonda kapital sarmoyalar yiliga 17 foizga o'sib bordi. Shu jihatdan respublikamizdagi vaziyat shu paytgacha investitsiyalarni milliy miqyosda amalga oshirish mexanizmlarini ishga tushira olmagan o'tish davri iqtisodiyotidagi boshqa davlatlarnikidan afzalliklari bilan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |