O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə130/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri. 1994-yil 19-mart

Bundan tashqari, O'zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Oga-hiy, Furqat, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi ulug' shoir va ma'rifatparvarlar kunlarini o'tkazish an'anaga aylanib qoldi. Masalan, 1992-yil may oyida mamlakatimiz poytaxtida bosh-langan Mashrabxonlik kunlari uning vatani Namanganda keng ni-shonlandi. Ushbu shaharda uning nomi bilan ataluvchi katta istirohat bog'i barpo etildi.

Birgina shu emas. Xalqimizning ulug' daholari, jahon madani-yati ravnaqiga katta hissa qo'shgan, insoniyat tafakkurida keskin bu-rilish yasagan bobokalonlari kuni har yili turli shaklda nishonlanadi. Dunyoda hech bir xalq o'zbeklarchalik buyuk madaniy va ma'naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xazinani ochish, uni o'rganish, undan bahramand bo'lish imkoniyati tug'ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yo'lidan bormoqda.

Mustaqillik yillarida Cho'lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo'jayev, Ogahiy, Ajiniyoz, Berdaq singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o'tkazish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlardir.

Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Oga­hiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 24-oktabr kuni esa Farg'onada Ahmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi.

Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitrat-ning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qi­lindi. Cho'lponning ayrim she'rlari «Guliston» jurnalida, «Кеспа va kunduz» asari esa «Sharq yulduzi» jurnalida e'lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.

Ulug' shoir Abdulhamid Cho'lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho ma'naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she'ri odamlarni o'zaro hamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurash-ga, nohaqlikka nisbatan murosasizlikka da'vat etadi. Cho'lponning


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin