O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə167/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida birday amal qilib, axloqiy-ma'naviy mezonga aylandi.

Yigirma asrdan ortiq tarixga ega bo'lgan Toshkent Amir Temur­ning muqaddas qadamjolaridan biridir. Jannatmakon bobomiz qadim Shoshga alohida e'tibor bilan qaragan. Shu zaminda o'tgan Shayx Zayniddin bobo, Zangiota singari ko'plab mo'tabar zotlarning maq-baralarini obod qilib, ularning ruhlarini shod etgan.

Olti yuz yildan so'ng biz - Amir Temurning bugungi vorislari sohibqironning tabarruk nomlarini tiklash, ruhi poklarini shod etish-dek savobli va sharafli ishga qo'l urib, shahri azim Toshkentning qoq markazida bobokalonimizga haykal o'rnatdik.

Bugun zo'r shodiyona bilan ochilayotgan temuriylar tarixi dav­lat muzeyi Sohibqiron shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy ado­lat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir.

Aytish mumkinki, Amir Temur xiyoboni go'zal bir uzuk bo'lsa, bu muzey shu uzukning yoqut ko'zidir.

Muzeyni ziyorat qilgan har bir inson mening bu so'zlarim sho-irona tashbeh yoki mubolag'a emasligiga ishonch hosil qiladi. Bu muzeyda bizning o'tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiq-bolimiz ham bamisoli ko'zguda aks etgandek namoyon bo'ladi.



Kimki, O'zbek nomini, o'zbek millatini kuch-qudratini, ado-latparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo'shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini ang-lamoqchi bo'lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak.

Aziz yurtdoshlarim!

Fursatdan foydalanib, barchamizning nomimizdan, el-yurtimiz nomidan shu oliy imoratni bunyod etishda jonbozlik ko'rsatgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Qadrli vatandoshlar!

Amir Temurning bashariyat oldidagi o'lmas xizmatlarini ma'rifatli jahon munosib baholab kelmoqda. Sohibqiron yubileyi-ning YuNESKO tomonidan xalqaro miqyosda keng nishonlanayot-gani ana shu e'tirofhing yorqin dalilidir.

Shunday quvonchli va hayajonli damlarda Amir Temurdek bu­yuk zot nasib bo'lgan millat farzandlari ekanimizni, tomirimizda Amir Temur shijoati jo'sh urayotganini o'ylasak, anglasak, qalbi-mizni chinakam iftixor tuyg'ulari qamrab oladi.

Amir Temur hayotining mazmuni, betakror faoliyatining asosiy ma'nosi - Vatan ozodligi, Vatanga muhabbat degan oliy qadriyatlar-dan iboratdir.

Sohibqiron bobomizning ruhiyati istiqlol va hurlik, erkinlik g'oyalari bilan tabiiy va go'zal bir ravishda uyg'unlashib ketgan. U hatto umrining so'nggi onlarida ham zurriyodlariga qarata «Istiqlol bilan mulk-u millat, lashkar va ra'iyatni boshqaringiz», deb va-

siyat qilgan.

Chuqurroq o'ylab qarasak, bu vasiyat aynan bizlar uchun - bu­yuk sohibqironning bugungi avlodlari uchun aytilgan.

Hamisha el g'amini, yurt g'amini o'ylab yashagan sohibqiron yovlar ostida toptalgan o'lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do'stlar, barchamiz yakdil bo'lib, halol mehnatimiz, aql-u zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O'zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik! Bu yo'lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin», degan dono o'gitlari doimiy shiorimiz bo'lsin!

Muhtaram j amoat!

Bugungi marosim ham hademay tarix mulki bo'lib qoladi. Oradan yillar, asrlar o'tadi, ammo Xudoning marhamati bilan, adolat bilan tiklangan ulug' ajdodlarimizning tabarruk nomlari abadiy yashaydi.

Shu bois mening iymonim komilki:

Sohibqiron dahosi yo'lchi yulduz kabi charaqlab, bizni doimo olijanoblik va bunyodkorlikka chorlaydi!

Bu dunyoda xalqimiz, millatimiz, O'zbekistonimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayot!

Ilohim, hazrati Amir Temur e'zozlagan g'oyalar - shijoat va mardlik, adolat va qat'iyat har birimizga hamisha hamroh bo'lsin!

Jahonga Amir Temurdek buyuk dahoni bergan xalq mangu yashasin, baxt-u saodati ziyoda bo' lsin!

Barcha ezgu ishlarimizda tangrimizning o'zi madadkor bo'lsin!
Temuriylar tarixi Davlat muzeyining ochilishi marosimida so`zlangan nutq, 1996-yil 18-oktabr


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin