Biz hazrati Temurni buyuk bunyodkor, deb boshimizga ko'ta-ramiz. Ro'yi zaminning sayqali bo'lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning bosh-
qa hududlarida bunyod etilgan nodir me'moriy obidalar, tengsiz bog'-u rog'lar Temurbek bobomizga xos amaliy shijoat samarasidir.
U benazir zotning o'smirlik yillari mo'g'ul istibdodi avjiga chiqqan yillarga to'g'ri keldi. Bu paytda Movarounnahrday gullab-yashnagan poydor yurt tarixiy nomini ham yo'qotib, mustamlaka o'lkasiga - Qhig'atoy ulusiga aylanib qolgan edi. Masjid-u mad-rasalar, kutubxonalar vayron qilingan, sug'orish inshootlari ishdan chiqqan, son-sanoqsiz soliqlar, kelgindi va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmi xalqning sillasini quritgan edi.
Bu kabi cheksiz adolatsizlikdan yosh Temurbekning qanchalar iztirob chekkanini bizning avlodimiz - siz bilan biz, ayniqsa, chuqur his etamiz. Chunki oradan olti asr o'tib, xuddi shunday ko'rguliklar bizning ham boshimizga tushdi.
Shavkatli ajdodimizning o'lmas xizmatlari shundaki, u murak-kab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Istiqlolchi-larga qaqshatqich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqlol bayrog'ini baland ko'tardi. Parokanda mamlakatlar, ellar, elatlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi.