O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə174/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Ikkinchidan, Amir Temur bundan 600 yil avvaloq hech qanday davlatning qo'shnilari bilan o'zaro aloqa tuzmasdan, ya'ni bugun­gi til bilan aytganda, hamkorliksiz istiqboli bo'lmasligini teran va yaxshi anglagan. Shu sababli, u Yevropa va Osiyoni bog'lashga xiz­mat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan - Xitoy,

Hindiston, bir tomondan - Fransiya va Angliya, yana bir tomon­dan - Rum, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar bilan aloqalar o'rnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga uringan.

Amir Temur faoliyatidagi biz uchun ibratli nuqtalardan yana bin shundaki, u savdo-iqtisod munosabatlari orqali xalqlar, mamlakatlar o'rtasida yagona makon barpo etish sohasida shunday yutuqlarga erishganki, bunga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q.

Amir Temur Ispaniya qiroli Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa qator xorijiy elchilarni o'z saltanatida qabul qilgan.

Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan xatidagi quyi­dagi fikri diqqatga sazovordir: «Siz o'z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni iliq qarshi olib izzat-ikrom ko'rsatamiz. Biz ham o'z savdogarlarimizni sizning yurtingizga yo'llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsating, ularga ortiqcha tazyiqlar qilinishiga yo'l qo'ymang. Sizga bundan bo'lak tala-bim yo'q. Zero dunyo savdo ahli ila obod bo'lajak».

Qarang, qanday oddiy va aniq fikr: dunyo savdo ahli ila obod bo'lajak! Demak, Amir Temur tashqi siyosatida xalqaro iqtisodiy-savdo aloqalarini keng miqyosda yo'lga qo'yish, undan barchani, avvalambor, o'zining xalqini bahramand etish bosh g'oya bo'lib xiz­mat qilgan.

XXI asr bo'sag'asida siz bilan biz xalqaro miqyosda adolatli tarzda yaratmoqchi bo'lgan integratsiya makoni haqida Amir Temur bundan 600 yil burun bosh qotirgan va shu yo'lda siyosat yurit-gan. U barpo etgan yagona iqtisodiy-savdo maydonida bugungi kun uchun ham, bugungi zamon uchun ham ibratli bo'lgan vaziyat mav­jud edi. Amir Temurning mana bu so'zlari bunga dalildir:

«...Saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshi-da bir lagan tilla ko'tarib o'tadigan bo'lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib intizom o'rnatdim».




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin