O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish de-makdir



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə170/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish de-makdir.

Amir Temurni anglash - o'zligimizni anglash demakdir.

Amir Temurni ulugiash - tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, bu­yuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

Muhtaram yurtdoshlar!

Samarqand - azaliy buyuk va daholik qudrati mujassam bo'lgan, Alloh nazari tushgan maskan. Uning jahon ilm-u fani, madaniyati va san'ati rivojiga qo'shgan katta hissasi, siz muhtaram shahar ahlining ko'p asrlik ma'naviy merosimizni asrab-avaylab kelayotganingiz va mustaqil O'zbekiston shon-shavkatini oshirishdagi g'oyat katta xiz-matlaringiz uchun Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan taqdirlangan edi.

Bugun men uchun sharafli vazifani ado etish - qadrdon va aziz shahrimiz bayrog'iga ana shu ordenni qadab qo'yish nasib etdi.

Bu quvonchli voqea Amir Temur bobomizning muborak taval-lud kunlarini nishonlash paytida, u zotning muhtasham haykali fayz bag'ishlab turgan shu go'zal maydonda sodir bo'lmoqda. Bu albatta, teran ma'no va mazmunga ega.

Qadrli Samarqand ahli!

Ana shu oliy mukofot bilan barchangizni chin qalbimdan mubo-rakbod etaman!

Sohibqiron bobomizning siymosi Samarqand osmonida yulduz kabi nur sochaversin!

Millatimizning faxr-u iftixori bo'lmish azim Samarqand ham, hazrati Amir Temurning tabarruk nomlari ham, ona O'zbekistonimiz ham dunyo turguncha tursin!

Buyuk Amir Temur va aziz ajdodlarimizning ruhi poklari bizni 'Hab-quvvatlasin, ущ-timizga tinchlik va osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va baxt-u saodat ato etsin!



Samarqand shahrida Amir Temur haykalining ochilish marosimida so`zlangan nutq, 1996-yil 18-oktabr
Sohibqiron kamolga yetgan yurt
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar! Muhtaram do'stlar!

Bugun Temurbek bobomizning qadimiy yurtida, mard va tanti, halol va shijoatli, oriyati baland, iymoni butun insonlar yurtida tu-rib, avvalambor go'zal Shahrisabz ahliga, butun qashqadaryoliklarga ezgu tilaklarimni izhor etaman!

Qadimiy va tabarruk Shahrisabz zamini g'oyat qutlug' maskan-dir. Jahon madaniyati betimsol namoyandalarining zuvalasi mana shu tuproqdan olingan. Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G'olib kabi allomalarning ota-bobolari xuddi shu joy da kamol topganlar. Lekin bu el-yurtni butun jahonga mashhur etgan, dong'ini taratgan zot, shubhasiz, sohibqiron Amir Temur bobomizdir.

Hazrati Amir Temurning butun suronli urnri, uning bunyodkor­lik bilan yo'g'rilgan faoliyati salkam yetti asrkim, xalqimiz, milla-timiz nomini olamga yoyib kelmoqda. Bu nomni mustabid tuzum qanchalik toptashga urinmasin, dunyoning рок niyatli kishilari ulug' ajdodimizga yuksak hurmat-ehtirom ko'rsatishni o'zlariga sharaf, deb bilganlar.

Muborak istiqlol bobomizning nomini qaytib berdi, uning ruhini shod etdi.

Amir Temurday ulug' zotni kamolga yetkazgan ota makon - ta­barruk Kesh yurtining millatimiz tarixida, shu zaminda yashayotgan el-ulusning boshini qovushtirishda o'rni beqiyosdir. Bobokalonimiz­ning Turkiston diyorini bosqinchilardan xalos qilish yo'lidagi jasur harakatlari aynan shu mo'tabar yurtdan boshlangan.

Sohibqiron o'z ota makonini behad qadrlagan. Bu makon Amir Temur hazratlarining nainki ota-bobolari, balki pir-u ustozlari va far-zandlarining ham xoki poklari bilan mukarram bo'lgan. Buyuk bo­bomizning to'ng'ich o'g'li Jahongir Mirzo xuddi shu yerda mangu uyquda yotibdi.

Hazrati Temur o'z oldiga ulug'vor maqsadlarni qo'yganida, av-valo o'z eliga, o'z ona yurti - Keshga ishongan va unga tayangan. U qaysi bir safaridan qaytmasin, dastavval Keshni ziyorat qilgan, aziz-avliyolarning qadamjolarini tavof etgan, hamyurtlarining duo va maslahatlarini olgan.

Hurmatli birodarlar!

Buyuk bobomiz haqida soatlab so'zlash mumkin. Ulug' zotlar-ning tarix osmoniga yuksaladigan manzillari bo'ladi. Bugun Sharq olamida «Ilm-u adab qubbasi» deya e'tirof etilgan Shahrisabz hazrat Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz sohibqiron bobomizning qutlug' to'yini o'tkazayotgan shu kunlarda eng avval bu zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga va tabarruk zaminga ta'zim qilamiz.

Katta ishonch bilan shuni ta'kidlashim kerakki, bu yurtning far-zandlari, Temurbekning nabiralari o'z qalblarida ulug' bobosiga xos go'zal fazilatlarni asrab-avaylab, bugungi hayotimizda ham namo­yon qilmoqdalar.

Aziz do'stlar!

Ming afsuskim, ko'p yillar davomida mustabid bosqinchi mafkura davrida bizni Amir Temurdek buyuk bobomizdan, boy o'tmishimizdan ayirib, xalqimizning ma'naviyatini, g'ururini, ifti-xorini yerga urmoqchi bo'ldilar. Yurtimizda, jumladan, Shahrisabzda bevosita sohibqironning sa'y-harakatlari bilan bunyod etilgan tarixiy obidalar xarobaga aylantirildi. Hatto ul zot va avlodlarining qabr-maqbaralari ham «ilmiy tadqiqotlar» niqobi ostida talon-toroj etildi, toptaldi.

Lekin xalqimiz ulug' ajdodini hech qachon unutmadi. Uning xo­tirasini hamisha yuragida saqladi. Qadrli Shahrisabz ahli!

Mana shu qarshimizda turgan Oqsaroy har birimiz uchun ta-riximizning aziz va mo'tabar yodgorligidir. Bu ulug' bino ham mustamlakachilar tajovuzining qurboni bo'lganini yaxshi bilasiz. Sohibqironning ulug'vor haykali aynan Oqsaroy oldida qad rost-lagani bejiz emas. Buning o'ziga xos, o'ziga mos chuqur ramziy ma'nosi bor.

Jannatmakon Amir Temur bobomiz bu koshona peshtoqiga shunday bir hikmatni naqsh etib ketganlar. Uning mazmuni sizlarga ma'lum: «Kimki bizning shon-shuhratimizni ko'rmoqchi bo'lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin».

Bu ko'hna dunyoda jahongirlar ko'p o'tgan. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo'yi bunyodkorlik bilan mashg'ul bo'lgan. U muborak zot aytganlarki: «Qay bir joydan bir g'isht olsam, o'rniga o'n g'isht qo'ydirdim, bir daraxt kestirsam, o'rniga o'nta ko'chat ektirdim».

Yana bir o'rinda esa shunday deganlar: «Dunyoning yarmi-ni oldim, saltanatimning u chetidan bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tilla ko'tarib o'tadigan bo'lsa, bir donasiga ham zarar yetkazmaydigan tartib-intizom o'rnatdim».

Hali telefon, telegraf, kommunikatsiya vositalari bo'lmagan bir sharoitda Amir Temur Sharqni G'arb bilan tinchlik, tijorat, elchilik yo'li vositasida birlashtirishga harakat qilgan. Bizning bugungi siyo-satimiz Amir Temurning bu borada olib borgan olijanob ishlarining davomidir.

Muhtaram do'stlar!

Karami ulug' Alloh xalqimizga, Vatanimizga shu qadar marha-mat qilibdiki, millatimizga Amir Temurdek buyuk sohibqironni be-ribdi. Buning uchun yaratganga har qancha shukrona aytsak arziydi.

Insoniyat yangi asrga qadam qo'yayotgan bugungi kunda ham Amir Temur ma'naviyati va shijoati, adolatparvar siyosati yuksak ibrat namunasi bo'lib qolg'usidir.

Yana bir bor ta'kidlamoqchimanki, kimki o'zbek nomini, o'zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo'shgan hissa-sini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo'lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak.

Bugungi qutlug' kunda Amir Temur bobomiz baland ko'targan va asrimiz oxiriga kelib bizning qo'limizda qaytadan mag'rur hilpi-rayotgan mustaqilligimiz bayrog'i ostida turib sizlarni, barcha xalqi-mizni shu ulug' shodiyona bilan muborakbod etaman.

Ma'lumki, Shahrisabz ahlining temuriylar davri ulkan madaniy va ma'naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodimizning munosib vorislari, ozod mamla­katimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib tarbiyalash ishiga qo'shgan alohida xizmatlarini e'tiborga olib, Shahrisabz shah­ri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlangan edi.

Bugungi shu yuksak mukofotni sizlarga topshirishdan nihoyatda xursandman.

Aziz do'stlarim, yurtdoshlarim!

Buyuk sohibqironning mo'tabar nomi bilan ataluvchi orden siz­larga muborak bo'lsin!

Bu oliy nishon ulug' bobomizni voyaga yetkazgan mo'tabar beshikka tumor bo'lsin!

Iloyo, hammamizni sohibqiron Amir Temurning o'lmas ruhlari hamisha qo'llasin va barcha ishimizda madadkor bo'lsin!


Shahrisabz shahrida Amir Temur haykalining ochilish marosimida so`zlangan nutq, 1996-yil 18-oktabr

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin