Uchinchidan, shuni ham ta'kidlash kerakki, kadrlar siyosatida 1970-80-yillarda bir-biriga qarama-qarshi ikki tendensiya namo-yon bo'ldi. Bir tomondan kadrlar korpusida turg'unlik holati ancha kuchli namoyon bo'ldi. Bir qancha partiya komitetlari tarkibiga, respublika ministrliklari rahbariyatida, sho'ro va xo'jalik organlari xodimlari orasida ba'zida o'n yillab zarur kadrlar o'zgarishi ro'y bermadi. Masalan, O'zbekistonda 10-15 yillab viloyatlarning birinchi rahbarligi lavozimida ishlagan kishilar bo'ldi. Faqat bu hoi respublika viloyat va tuman darajasida emas, korxona va xo'jalik rah-barligida ham yuz berdiki, oqibatda bunday sun'iy turg'unlik xizmat mansabini suiiste'mol qilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, xalq xo'jaligi boshlang'ich darajasida yana noxush hoi, rahbar kadrlarni tez-tez almashtirish uchray boshladi. Kadrlar bilan jonli ish olib bo-rish o'rniga, ularning professional o'sishida amaliy yordam berish o'rniga, faoliyatlari va imkoniyatlari to'g'risida shoshmashosharlik bilan xulosalar chiqarildi.
Kadrlar siyosatidagi yana bir jiddiy kamchilik - rahbarlikning barcha darajalarida kadrlarda markaz buyrug'iga so'zsiz itoat qilish tuyg'usi tarbiyalandi. Xavfli kasallikka aylangan bunday ho-lat, xususan, 80-yillar boshiga kelganda g'oyat kuchaydi. Bu davrda markazdan bo'lgan har bir qo'ng'iroq, markazning «otalarcha g'amxo'rliklari», «amaliy yordami» sifatida qabul qilinadigan, ayni chog'da markazdan bo'lgan asossiz ko'rsatmalar esa so'zsiz bajari-ladigan holat vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: |