Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u ta-qozo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo'ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg'or tajribalari asosida o'z ravnaqining o'ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o'zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo'lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o'zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o'z qobig'ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g'oyatda zalvorli tajribasidan o'tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo'lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o'z-o'zini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va tafakkurini o' tirib borayotgan tarixiy voqelikdir.