«Onnuri» nohukumat jamg'armasi (Koreya Respublikasi) raisi Рак Yong Sunning nkricha, yangi qonun O'zbekiston rah-bariyatining demokratik qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor tas-diqlaydi: «Nohukumat tashkilotlari faoliyatining subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar vositasida har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi davlat tomonidan bu tuzilmalarning bir maromda faoliyat yuritishini ta'minlashdagi juda muhim omilidir. Bu esa ularga o'zlari belgi-lagan maqsadlarga bevosita e'tibor qaratish va yordamga muhtoj bo'lganlarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko'rsatish imkonini beradi. O'zbekistonda «Ijtimoiy himoya yili», deb e'lon qilingan 2007 yilda esa bu ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega».
Ma'lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshi-rishning keng tarqalgan zamonaviy shaklidir. Unda demokratik insti-tutlar, siyosiy erkinliklar bo'lishiga, mehnatkashlarning turli tashki-lotlar atroflda birlashishiga imkon beriladi.
Shuning uchun ham O'zbekiston Parlamenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida mamlakatda avvalo ko'ppartiyaviylik, oshkoralikni fuqarolarning jamoat tashkilotlari orqali huquqlarini ta'minlashga qaratilgan muhim qonunlar qabul qildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida» (1991-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to'g'risida» (1991-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida» (1991-yil 14-iyun), «Kasa-ba uyushmalari» ular faoliyatining huquq va kafolatlari to'g'risida» (1992-yil 2-iyul) qonunlari ana shular jumlasidandir.
Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bo'lgan VII sessiyasida «Si-yosiy partiyalar to'g'risida»gi qonun umumxalq muhokamasidan so'ng qabul qilindi. Jumladan, qonunda: «Siyosiy partiya - qarash-lari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O'zbekiston fuqarolarining ko'ngilli birlashmasidir», - deyiladi.
Bugungi kunda respublikada aholining turli toifalarini birlashtir-gan 5 ta siyosiy partiya va «Xalq birligi» (1995) jamoatchilik hara-kati faoliyat ko'rsatmoqda.
Jumladan, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP)
O'zbekiston mustaqilligi yillarida shakllandi. Bu partiya 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. XDP O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1991 yil 15 no-yabrda ro'yxatga olingan.
Partiya mamlakatda adolatli jamiyat qurish, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, O'zbekiston xalqlari o'rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, har bir mehnatkashning moddiy va ma'naviy turmushini yaxshilash, fuqarolarning teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
O'zbekiston XDPsining oliy organi - qurultoy 5 yilda bir marta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi.
O'zbekiston XDP parlament partiyasidir. O'z a'zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzod-lar ko'rsatib davlat hokimiyati organlarining barcha bo'g'inlarida ishtirok etadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro'yxatga olindi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 48 nafari Xalq Demokratik parti-yasiga mansub a'zolardir.
Hozirda O'zbekiston XDPsi tarkibida 218 viloyat, shahar va tu-man kengashlari, 13 ming 665 boshlang'ich, jumladan, 3952 hudu-diy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a'zosi bor.
O'zbekiston XDPsining «O`zbekiston ovozi», «Голос Узбекистана» gazetalari nashr etilmoqda.
XDP V qurultoyi qarori bilan 2006-yil yanvar-iyun oylarida partiya a'zolari qayta ro'yxatdan o'tkazildi. 2007-yil 1 yanvariga ko'ra uning saflda 344 mingga yaqin a'zo bor. Ayni paytda XDPning barcha viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar tashkilotlari mavjud. Ular tarkibida jami 11576 ta boshlang'ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda.
O'zbekiston istiqloli yillarida siyosiy kuch sifatida shakllangan partiyalardan yana biri «Vatan taraqqiyoti» (VTP) partiyasidir. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo'lib o'tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi, Nizomi qabul qilinib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yil 10-iyulda ro'yxatga olgan.
Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil O'zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsipla-riga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdir. Partiya o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, o'z Nizomi va respublikaning boshqa amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. Partiya faoliyati o'z-o'zini boshqarish, oshkoralik, qonuniylik, xayrixohlik, partiya hayotida faol qatnashish, partiya a'zolarining teng huquqlilik tamo-yillariga asoslanadi.
Uning ijtimoiy qatlami ziyolilar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlar o'rta tabaqa mulkdorlardir. Partiyaning oliy organi Qurul-toy, quyi organi esa boshlang'ich partiya tashkiloti yig'ilishi.
Partiya o'zining a'zolarini Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida nomzod etib ko'rsatadi va davlat hokimiyati organining faoliyatida ishtirok etadi.
1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida partiyaning 14 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro'yxatga olindi. Partiya fraksiya-si partiya Markaziy Kengashi Plenumlari, Qurultoylari qarorlariga amal qiladi, ular oldida o'z ishi yuzasidan belgilangan tartibda hisob beradi.
Boshqa siyosiy partiyalarning fraksiyalari bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo'lmagan masala-lar yuzasidan hamkorlikda ish olib boradi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 20 nafari «Vatan taraqqiyoti» partly asiga mansub a'zolardir.
O'zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi (SDP) 1995-yil 18-fevralda Toshkentda bo'lib o'tgan I ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda ro'yxatga olgan.
Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil O'zbekiston Respublika-sida barcha millat va elatlarning umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yetuk, demokratiya tamoyil-lariga asoslangan adolatli, fuqarolik jamiyat qurishda faol ishtirok etish.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan ushbu partiyaning 47 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro'yxatga olindi. Partiya fraksiyasi «Adolat» SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o'z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. Boshqa siyosiy partiyalarning fraksiyalari bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamkorlik qilishlari mumkin.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 11 nafari «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga mansub a'zolardir.
O'zbekiston «Adolat» SDPsi safida 30 mingdan ortiq a'zo bor. Qoraqalpog'iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang'ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda.
2007-yil 1-yanvarigacha bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra uni a'zolari 50 ming nafardan oshgan. 170 dan ortiq tuman va shaharlar-da 3120 ta boshlang'ich tashkilot faoliyat ko'rsatmoqda.
Ayni paytda partiyaning 2 vakili senator, 10 ta vakili qonunchilik palatasi deputati, 172 ta vakili esa mahalliy kengashlar deputati-dir.
O'zbekistonda shakllangan yosh partiyalardan biri - O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo'lib o'tgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda partiya Dasturi va Nizomi qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda ro'yxatga olgan.
Partiyaning bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy yakdillikni ta'minlash, huquqiy davlatni barpo etish va O'zbekistonni jahonning yetakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilish. MTDP millatning o'z-o'zini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg'ularini to'la shakllantirish, bozor munosabatlari-ga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tiklanish yo'lidan rivoj-lanishga erishish, milliy meros va an'analarni ro'yobga chiqarish, millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 10 nafari Milliy tiklanish demokratik partiyasiga mansub a'zolardir.
O'zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qu-rultoy bo'lib, unda rahbar organlar saylandi. Hozirda joylarda partiya tashkilotlari va bo'g'inlari ish olib bormoqda. Uning 6 mingga yaqin a'zosi bor. O'zbekiston MTDPsining «Milliy tiklanish» haftalik ga-zetasi faoliyat ko'rsatmoqda.
Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida o'ziga xos alohida nufuz-ga va betakror mavqega ega bo'lgan partiyalardan biri Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidir. U mazkur partiyaning 1998-yil 28-dekabrda bo'lib o'tgan 1-ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurul-toyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilingan. Unga O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan siyosiy partiya sifatida ro'yxatga olinganligi to'g'risida 1999-yil 4-yanvar kuni 354-raqamli guvohnoma berilgan. «Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko'rsatishidan bosh maqsad - deb ta'kidlanadi partiya Nizomi-da - partiya dasturida belgilanganidek, ko'p ukladli iqtisodi-yotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqarolik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga amaliy hissa qo'shishdir». Ushbu bosh maqsadni ro'yobga chiqarish uchun ho-zirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000 boshlang'ich hudu-diy tashkilotlari, 202 ta tuman va shahar partiya tashkilotlari hamda 14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat ko'rsatayapti. Partiyaning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar milliy demokratik partiyasi a'zolaridir. 2000-yil 9-yanvar kuni bo'lib o'tgan Prezident saylovida Islom Abdug'aniyevich Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi ham aynan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidan ko'rsatildi. Ma'lumki, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o'z vakili Abdulhafiz Mafahimovich Jalolovni O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko'rsatgan edi. Xalqaro miqyosda umum e'tirof etil-gan demokratik tamoyillarga to'liq rioya qilingan holda xorijiy va mahalliy kuzatuvchilarning nazorati ostida odilona tarzda, muqo-billik asosida o'tkazilgan mazkur saylovda Fidokorlar partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi respublika tarixida muhim voqea bo'ldi. Bu bir tomondan, Fidokorlar milliy-demokratik partiyasining respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi nufuzi kun sayin oshib borayot-ganligini bildirsa, ikkinchi tomondan, respublika mustaqilligining poydevori va ishonchli tayanchi hisoblanmish yosh, iqtidorli kadrlar-ning siyosiy kuch sifatida birlashib, ko'pfikrlilik, ko'ppartiyaviylik mavjud bo'lgan sharoitda xalqaro andozalarga mos keladigan demokratik tamoyillarga to'liq rioya qilgan holda o'zining bosh maq-sadini ro'yobga chiqarishga, kelajagi buyuk davlat qurishga qodir ekanligidan dalolat beradi.
2000-yil 14-aprel kuni «Vatan taraqqiyoti partiyasi» va Fidokorlar milliy demokratik partiyasining qo'shma qurultoyi boidi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi va ular birlashib ishlash maqsadga muvo-fiq, degan xulosaga keldilar. Partiyalar birlashib, Vatan taraqqiyoti yo'lida xizmat qilishga qaror qilindi. FMDP bosh kotibi qilib Axtam Tursunov saylandi.
Partiyalarning Oliy Majlisdagi fraksiyalari ham birlashib, depu-tatlar soni 54 taga yetdi.
2004-yil dekabr oyida bo'lib o'tgan saylovlarda FMDPdan jami 616 deputat saylandi. Shundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 18 kishi, senatiga 6 kishi, qolganlari esa mahalliy kengashlarga say-lanishdi, 2007-yilga kelib partiya a'zolari soni 60 mingdan oshdi.
2008-yil 26-iyul kuni O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi va Fidokorlar milliy demokratik partiyasining qurultoylari bo'lib o'tdi. Unda har ikki partiya dasturlari va siyosiy qarashlarida mushtaraklik borligini nazarda tutib, birlashishga qaror qilishdi.
Mamlakatda ko'ppartiyaviylik tobora takomillashib bordi. Ular erkin va ozod hayot, demokratik davlat, fuqarolik jamiyat qurish borasida ma'lum ishlarni amalga oshirmoqdalar. Biroq, hayot shuni ko'rsata boshladiki, har bir partiyaning aniq, faqat o'ziga xos qiyofa-ga, o'z saylovchilari va tarafdorlariga ega bo'lishi borasida sustkash-lik sezila boshlandi.
Masalan, dehqon-fermerlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, ular qaysi soha va yo'nalishda faoliyat ko'rsatishidan qat'i nazar partiyalarning e'tiboridan chetda qola boshladi. Shu nuqtayi nazardan jami-yatimizning iqtisodiy hayotida tobora kengayib, kuchga to'lib bora-yotgan tadbirkor va ishbilarmonlar, kichik va o'rta biznes, fermerlar harakati el-yurt taraqqiyotiga, mamlakatimizning hal qiluvchi soha-larida to'siq bo'lib turgan muammolarni bartaraf qilish mas'uliyatini o'z zimmasiga olish uchun ularga siyosiy maydonni ochib berishni hayot taqozo qila boshladi.
Shu maqsadda, 2003-yil oktabr oyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal Demokratik partiyasi o'zining ta'sis qurultoyiga to'plandi va mamlakat siyosiy hayotida yangi siyosiy kuch sifatida vujudga keldi. Uning raisi etib Mu-hammadyusuf Teshaboyev saylandi. O'zLiDeP o'z dasturida siyosiy kuch sifatida tadbirkorlarning yo'lini ochib, ularning istiqbolini ham g'oyaviy, ham amaliy sohalarda isbotlab berish, manfaatini himoya-lash, ertangi kunini ta'minlashni ko'rsatib bergan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan muhim qoida siyosiy institutlarning, mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi va ularning o'zaro raqobat asosida rivojlanishi belgilab qo'yildi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi va siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog'liq bir qator qonunlari qabul qilindi. Mazkur davrda siyosiy partiyalar turli siyosiy tabaqa va guruhlarning irodasini ifoda etishi, demokratik yo'l bilan say lab qo'yiladigan vakillik organlari orqali davlat hokimiyati-ni tuzishda ishtirok etishi qonun bilan mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonuni siyosiy partiyalar faoliyatining umumiy tavsifini shakllantirib berdi. O'zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida», «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga say-lov to'g'risida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengash-lariga saylov to'g'risida»gi qonunlarining qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishi mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan zarur demokratik islohotlardan biri bo'ldi.
Ko'ppartiyaviylik asosida saylangan yangi vakillik organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi siyosiy partiyalar faoliyatini yanada jadallashtirish borasida o'ziga xos ishlarni olib bordi. «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Vakillik organida siyosiy partiyalarning faoliyatini va qonun qabul qilishda ishtirokini oshirish maqsadida frak-siyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Bir qator qonunlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Qabul qilingan qonunlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga, jamiyatni demokratlash-tirishga, bozor islohotlarini sakrashlar va falaj qiluvchi holatlarsiz tezlashtirishga qaratildi.
Siyosiy partiyalarning aholi va o'z saylovchilari o'rtasida obro'-e'tiborini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta'minlash bilan bir qatorda moliyaviy manbalarini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yili O'zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalash to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi.
O'tgan davr mobaynida to'plangan tajriba va ko'nikmalarga tayangan holda O'zbekiston Respublikasida 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilgan umumxalq referendumi O'zbekistonda siyosiy partiyalarning faoliyat yo'nalishini yangi bosqichga ko'tardi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini ikki palatali qilib shakllantirish va uning quyi palatasini doimiy asosda faoliyat ko'rsatishi siyosiy partiya respublika parlamentida ko'proq o'rin egallashini, ular o'rtasidagi o'zaro raqobat yuzaga kelishini ta'minlab berdi. «O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to'g'risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylov to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa bir qator qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritildi. «O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi to'g'risida»gi, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Reglamenti to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari yangidan qabul qilindi.
Ikki palatali parlament tizimida nafaqat respublika vakillik or-ganlarida siyosiy partiyalarning faoliyati samaraliroq kuzatildi, balki joylardagi vakillik organlarida ham ular avvalgiga qaraganda ancha faolroq ishtirok etadilar. Chunki parlamentning yuqori palatasi - Se-nat aynan joylardagi vakillik asosida shakllantirilishi qonunchilikda belgilab qo'yildi.
Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi siyosiy partiyalar fa-oliyatidagi yana bir yangi bosqich bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sena-tining qo'shma majlisidagi «Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish» nomli ma'ruzasi va u asosda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Pre-zidentining qarori siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotida-gi faoliyatining keyingi ustuvor vazifa hamda yo'nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu qarorda siyosiy partiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat hayotidagi masalalarni hal etishdagi ularning ta'siri va ishtirokini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar mustaqillik dav-rida amalga oshirib kelingan ishlarning mantiqiy davomi bo'ldi.
Dastavval siyosiy partiyalar vakillik organlari - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarini say lash jarayonlarida qatnashishi, ular o'rtasida raqobat muhitining yuzaga kelishi, ular o'rtasidagi kurash mustaqillikning dastlabki yillarida erishilgan yu-tuqlardan biri bo'ldi. Chunki, davlat va jamiyat hayotida yakkaho-kimlik qilgan partiyadan bir necha partiyaviy tizimga o'tildi. Xalq o'zining partiyalarga bo'lgan ishonchini o'tkazilgan saylovlar orqali ko'rsatdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi fraksiyalarini tashkil etish va ular faoliyatini huquqiy jihatdan ta'minlash siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat masalalarini hal etishda o'rni va rolini yana bir bosqich yuqoriga ko'tardi. Chunki, qonunchilik organida siyosiy partiyaning o'z oldiga qo'ygan saylovoldi dasturlarini amalga oshirish borasida-gi sharoit yaratib berildi.
Ikki palatali parlament sharoitida siyosiy partiyalarni moliya-lashtirish masalalarining yo'lga qo'yilishi va qonunchilik palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqla-nishi siyosiy partiyalarning jamiyatidagi mavqeini yana bir pog'ona ko'tarishga xizmat qildi desak xato bo'lmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatni demokrat-lashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, maqsad va vazifalarni amalga oshirish Dasturi to'g'risida»gi qarori ilovasiga asosan siyosiy partiyalarga davlat tomonidan berilayotgan subsidiya, grant va boshqa tartibdagi yordamlarni huquqiy jihatdan kafolatlash, davlat hokimiyatining ayrim vakolatlarini bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga topshirish Konsepsiyasini ishlab chi-qish, joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kuchaytirish maqsadida ular ishtirokida ijtimoiy sherikchilik bo'yicha jamoatchilik komissiyalarini tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirishning belgilanganligi siyosiy partiyalarga yaratilayotgan imkoniyatlarni yaqqol namoyon qiladi.
Yuqorida nazarda tutilgan siyosiy partiyalar faoliyatini isloh qilish bosqichma-bosqich, turli xil sakrash va inqiloblarsiz, yuqorida ta'kidlaganimizdek, barqaror amalga oshirilib kelinmoqda. Bu o'z navbatida ularning davlat boshqaruv tizimidagi rolini oshib borishi-ga xizmat qilayapti.
Shu ma'noda Prezident I. Karimov tomonidan parlament quyi palatasiga Qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan «Davlat bosh-qaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun va «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining 2-qismiga) tuzatishlar kiritish to'g'risida»gi Qonunlar loyihalarida ilgari surilgan yangicha qoidalarga ham to'xtash joiz. Chunki ushbu qonunlar mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko'zlovchi «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini ifodalaydi. Ushbu Qonun loyi-halari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib Oliy Majlis Senatining IX (2007-yil mart) yalpi sessiyasida ma'qullandi. Shu bilan birga siyosiy partiyalarning sa'y-harakatlari orqali fuqarolarning davlat boshqaruvida faol qatnashishining huquqiy asosini ta'minlaydi.
Shubhasiz, qonun chiqaruvchi hokimiyat - parlamentning sama-rali faoliyati siyosiy partiyalar faolligiga bog'liq bo'lgani bois, ushbu qonunlar siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o'rni va rolini ko'chaytirishga qaratilgan. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun turli xil siyosiy maqsadlarini ko'zlaydigan, saylovlardan so'ng shakllantirilgan hukumatning tutadigan va dastu-riga o'z munosabatini belgilab oladigan siyosiy partiyalar fraksiya-larining huquqiy maqomi aniq ta'riflangan. Unga muvofiq, yangidan shakllantiriladigan hukumatning tutgan yo'li va dasturi yoki uning ayrim yo'nalishlari borasida o'zgacha fikri bo'lgan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlari-dan saylangan deputatlar o'zlarini muxolifat deb e'lon qilishi mumkin. Bu parlament muxolifati institutining shakllanishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratadi.
Qonundagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va ularga qo'shilgan mustaqil deputatlar faoliyatini baholash prinsiplari va mezonlari esa demokratik davlatlarning umume'tirof etilgan tajribasidan kelib chiqadi.
Bu boradagi yana bir yangilik shuki, siyosiy partiyaning Qonunchilik palatasida tuzilgan fraksiyasi o'z vakilini mazkur palata Spikeri o'rinbosari lavozimlaridan birini egallashiga kafolatli huquq berayotgani sababli Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari o'z va-zifasini bajarish paytida siyosiy partiyaga a'zolikni to'xtatib turishi hamda fraksiya' va boshqa deputatlar birlashmasi tarkibiga kirishi mumkin emasligi bo'yicha amaldagi tartib tubdan o'zgartirildi.
O'zbekiston Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash borasida partiyalarga muayyan huquqlar berildi. Chunonchi, Oliy Majlis palata-larining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllan-tirilganidan keyin bir oy ichida O'zbekiston Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar o'tkazadi. Shundan so'ng Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiriti-ladi va qonunda belgilangan ovoz berish amaliyoti o'tkaziladi.
Mazkur amaliyot ko'plab demokratik mamlakatlarda, xususan, Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya davlatlarida mavjud.
Siyosiy partiyalarning joylardagi rolini, hokimiyatning mahalliy vakillik organlarini shakllantirishdagi ta'sirini kuchaytirish maqsadida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng tegishli xalq deputatlari Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab qo'yildi.
Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Tosh-kent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to'g'risida O'zbekiston Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi bilan chiqish huquqini berish nazarda tu-tilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qo'llab-quvvatlansa, O'zbekiston Prezidenti uni xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritadi va muhokama natijalariga muvofiq ushbu masala yuzasidan qaror qabul qiladi.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan o'zgartirishlardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga tuzatishlar kiritildi. Masalan, Konstitutsiyaning 89-moddasi yangi tahririda berilmoqdaki, unda «O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishil-gan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi», deb belgilab qo'yilgan.
Oliy Majlis tomonidan 2007-yil 28-martda ma'qullangan har ik-kala qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayot-gan keng ko'lamli islohotlarning davomi, huquqiy va siyosiy tizim-ni bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarasi, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari qo'yilgan muhim qadamdir.
Mamlakatda «Xalq birligi» harakati ham 1995-yil iyundan faoliyat ko'rsatmoqda. Uni Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda ro'yxatga olgan.
Harakatning asosiy maqsadi ko'p millatli mamlakatda xalqlar birligini yanada mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasida mustahkamlangan barcha fuqarolarning huquq va ka-folatlarini to'la-to'kis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirishdan iborat.
O'zbekiston «Xalq birligi» harakatining oliy organi - qurultoy 4 yilda bir marta chaqiriladi. Unda rahbar organlar saylanadi.
O'zbekiston «Xalq birligi» harakati tarkibida viloyat, shahar va tuman kengashlari, 165 ta boshlang'ich tashkilotlari ish olib boradi.
O'zbekiston «Xalq birligi» harakatining «Birlik» va «Единство» haftalik gazetalari mavjud.
Shuningdek, istiqlol yillarida O'zbekistonda turli jamoat tashkilotlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, shu kun-larda O'zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo'lgan mehnatkashlarning jinsi, diniy e'tiqodlari, irqiy va milliy mansublik-laridan qat'i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda.
Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi o'zgardi. Uning asosini jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andozalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari tashkil eta boshladi. Kasaba uyushmalarining tuzilishi federalizmga asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha kasaba organlari kasaba uyushmalari a'zolari tomonidan saylangan vakillarning yig'ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob beradi. Kasaba uyushmalarining har bir a'zosi saylash va saylanish, yig'ilishlar, matbuot va boshqa vositalar orqali kasaba uyushmalari hamda ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli masalalarni qo'yishi mumkin.
O'zbekiston kasaba uyushmalarining 2006-yilgi ma'lumotlariga ko'ra 53 mingga yaqin boshlang'ich tashkilotga birlashgan 7,5 mil-liondan ziyod a'zosi bor. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federa-tsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalaridan tashqari hududiy jihatdan Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 viloyat hamda bitta shahar kasaba uyushmalari kengashlari mavjud.
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko'p bolali onalarni har tomon-lama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijod-kor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq bo'lgan muammolarni hal etishda faol qatnashishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi to'g'risidagi farmo-yishi bilan Xotin-qizlar qo'mitasi tuzildi.
O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi tarkibiga hammasi bo'lib bitta respublika (Qoraqalpog'iston Respublikasi), 12 ta viloyat xotin-qizlar qo'mitalari, Toshkent shahar Xotin-qizlar qo'mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiqroq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo'mitalari kiradi. Qo'mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar tuzilgan.
Qo'mita jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning qizi-qishlarini himoya qilish, turli-tuman ma'naviy va madaniy talablari-ni qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy yordam berish, oilani, onalik va bolalikni, xalqlar o'rtasidagi do'stlikni va o'zaro hamkorlikni muhofaza qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqi-yot uchun ayollarning xalqaro demokratik harakatiga O'zbekiston ayollarining ishtirok etishlarini ta'minlash kabi vazifalarni bajara boshladi. Biroq, keyingi yillar shuni ko'rsata boshladiki, xotin-qizlar qo'mitasi uning joylardagi tashkilotlari faoliyatida jiddiy kamchilik-lar sezila boshlandi. Xususan, ular ko'proq davlat hisobidan moliyalashtiradigan yuqoridan buyruq beruvchi davlat tuzilmasi sifatida ish ko'rish uslublari sezila boshlandi. Oqibatda bunday yondashuv bilan ayollar ahvoli va kayfiyati chetga surilib qolish hollari yuz bera boshladi.
Xotin-qizlar qo'mitalari garchi davlat tomonidan moliyalash-tirilsa-da, aslida ular jamiyatda fuqarolik instituti sifatida ish ko'rish-larini hayot talab qila boshladi.
Shuning uchun ham 2004-yil 25-mayda Prezident I. Karimov «O`zbekiston xotin-qizlari qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» farmon qabul qildi. Farmondan maqsad O'zbekiston xotin-qizlar Qo'mitasining Respublika xotin-qizlar tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy holatidagi sotsial-madaniy yo'nalishlardagi faol ishtirokini ta'minlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning intellektual va ma'naviy saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishdir. Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida o'z faoliyatini jamoat tashkilotlari, partiyalar va harakatlar bilan hamkorlikda olib bormoqda. Qo'mitaga Respublika Bosh Vaziri o'rinbosari F.Akbarova boshchilik qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |