T. Qilichev,
Olimlar nomidan:
SamDU professori, filologiya fanlari doktori
S. Mirzayev,
Faxriylar nomidan:
Sotsialistik Mehnat Qahramoni, urush va mehnat faxriysi
I. Zokirov.
«Xalq so`zi» 1991-yil 19-noyabr. (Xatlar qisqartirilgan holda berilmoqda.)
* * *
Xalqning qahr-g'azabiga, jiddiy noroziligiga uchragan muxolif kuchlar o'z niyatlariga yeta olmadilar. Endi ular hokimiyat uchun kurashning boshqa usullaridan foydalanishga, qaytadan kuch to'plab, o'z tarafdorlarini yangi kuchlar hisobiga kengaytirishga harakat qila boshladilar. Lekin bunga erisha olmadilar. Chunki, bu vaqtga kelib xalqimiz, faollar, deputatlar kimning kimligini yaxshi anglagan, O'zbekiston rahbariyati, uning Prezidentiga ishonch kuchaya borgan davr edi.
Sessiya minbarlarida o'zlarini oriyatli va mag'rur qilib ko'rsatgan, «tiz cho'kib yashagandan ko'ra tik turib o'lmoqni» afzal ko'rgan «arbob» ko'p o'tmay pana-panalarda ish olib borib, orqavorotdan esa tosh ota boshladi. Hatto, bir muddat Moskvadan pa-noh topgan bir guruh «sobiq»lar pinjiga kirib, ular bilan birlashib, o'z yurtiga - O'zbekistonga qarshi, aniqrog'i uning hukumati, rahbariyati nomiga ig'vogarona uydirmalar to'qib yurdilar. Bu borada Moskvaning O'zbekistonga «xayrixoh» bo'lgan ayrim gazetalari sa-hifalaridan zo'r berib foydalandilar.
Jahonning mashhur siyosatdonlari, jamoat va davlat arbob-lari o'tish davrida hokimiyat jilovining bir kishi qo'lida qat-tiq turishini ma'qul ko'radilar. Chunki bunday sharoitda ozgina bo'shashuvchanlik, hokimiyatning turli tomonidan turli kishilar o'z yo'nalishiga tortishi jamiyatda parokandalikning paydo bo'lishiga olib keladi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni bir me'yorda saqlab turish uchun yagona qo'l hamma vaqt zarur ekanligini hayot ko'rsatmoqda.
Prezident Islom Karimov mamlakat jar yoqasiga borib qolgan bir paytda xuddi ana shu qattiqqo'lligi, o'z fikriga qat'iyligi va pozitsiyasini qo'ldan bermaslik fazilati bilan har tomonlama barqarorlikni saqlay oldi. Buni jahon matbuoti o'z vaqtida yuksak baholadi. Jumladan «Vek» gazetasining 1995-yil 21-27-iyul sonida shunday deyiladi: «SSSR parchalanib ketganidan so'ng eng dahshatli voqea O'zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin, bunday bo'lmadi. Karimov birorta ham xatoga yo'l qo'ymadi.
Karimovning mitinglarni taqiqlab qo'yishi qirg'izlar, to-jiklar bilan o'zaro munosabatlardagi murakkab vazifalarni hal etish kabi juda to'g'ri ish edi. Uning kolxoz va sovxozlar rah-barlarini saylash emas, balki tayinlash to'g'risidagi taklifi ham o'rinli edi. Agar shunday qilinmaganida oxir-oqibat qanday bo'lishini bilish qiyin edi. Karimov musulmon mamlakatlari bilan munosabatlarni ham zargarlarga xos noziklik bilan yo'lga qo'ydi... Bularning hammasi Islom Karimovning ulug'ligini bel-gilaydigan sifatlardir».
Mustaqillik osonlik bilan qo'lga kiritilmadi. Kurashlar va izti-roblar turmushimizdagi qator qiyinchiliklar va muammolar bilan birga qorishib ketdi. Ichki va tashqi g'animlar bilan olishib, mustaqillik himoya qilindi. O'tgan davr xalqimizni ko'p narsaga o'rgatdi. Endi u o'z istiqboliga va istiqloliga qat'iy ishondi.
Mustaqillikning o'tgan davri xalqimizni ko'p narsalarga o'rgatdi. Butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangi tajri-balar dunyoga keldi. Bu tajribalar «O`zbek modeli» sifatida jahon demokratik jarayonlarini boyitmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralida bo'lib o'tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov mamlakatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini kafolatlash, eng insonparvar, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish xususida gapirar ekan «O`zbekiston XXI asr ostonasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq-qiyot kafolatlari» dasturini ishlab chiqish zaruriyati haqida alohida to'xtalgan edi. Oradan ko'p o'tmay ana shu keng tarmoqli dastur Prezidentning o'z tashabbusi bilan yaratildi. «O`zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqi-yot kafolatlari)) deb nomlangan yirik ilmiy, nazariy, tahliliy asar O'zbekiston davlat siyosatining bosh dasturi sifatida dunyoga keldi.
Muallif demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik ja-miyati asoslarini shakllantirish xususida gapirar ekan, dunyo muam-molarini, dunyo tajribalarini, insoniyat taraqqiyoti davrida to'plangan ijobiy xulosalarni chuqur o'rganadi va unga o'ziga xos baho beradi. Jumladan, u bugun jahon siyosatida har qanday zo'ravonlik va kuch ishlatishdan, har qanday qurol-yaroq va tazyiqlardan ustun keladigan tafakkur dunyoga kelayotganini, endi yoqavayronlik, portlatish va qirg'inbarot keltirishlar ibtidoiy hodisa ekanligini, «zo'r bo'lsang o'zingni aqling bilan ko'rsat)) qabilida ish ko'rsatish vaqti kelganli-gini boshqalardan ko'ra tezroq angladi, boshqalardan ko'ra chuqur-roq tushundi. Endi borgan sari ochiqlik, yuzma-yuz turib fikrlashish, muammolarni muzokaralar yo'li bilan hal etish va ana shu ayovsiz muzokaralar paytida sog'lom aql-idrok tantanasiga erishish zarurli-gini ko'rsatib bermoqda.
Prezident Islom Karimov mazkur kitobda mustamlakachilik va irqiy kamsitishlarning yo'q qilinganligini, sotsializm va kommu-nistik mafkuraning zo'ravonlik da'volari barbod etilganligi, jahon xaritasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo'lganligi, mintaqa-lararo munosabatlarda muvozanatning o'zgarib ketganligi, aniqroq qilib aytganda, jahon taraqqiyotida Osiyo qit'asi mamlakatlari roli-ning oshib borayotganligi XXI asr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining o'zgarib borishiga sabab bo'lishini chuqur tahlil etadi.
Muallif nazarida demokratik taraqqiyotning turli qadriyatlari, ta-moyillari va me'yorlari takomillashib, bir-birini boyitib ommabop tus olmoqda. Endi ana shu qadriyatlar yer yuzining turli mamlakat-larida turli xalqlar va millatlarning yagona, umuminsoniy, umum-bashariy qadriyatlariga aylanmoqda. Zotan, inson yer yuzining qaysi burchagida yashamasin, u eng avvalo insonligini tushunmog'i lozim, inson kabi yashashga haqli. O'zbekiston siyosati nazarida jahon taraqqiyoti va demokratiya jarayonlari ana shunga asoslanmog'i lozim.
Kitobda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida fikr yuritilar ekan, quyidagilar muhim omil sifatida ko'rsatib beriladi:
Dostları ilə paylaş: |