O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə94/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

To'rtinchidan, aholining siyosiy faolligi bevosita uning ja­miyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo'lsa, u o'z-o'zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini shakl-lantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo'ladi. Yangilanayotgan jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil ikir-chikirlar girdobidan olib chiqadi, uni hayotga teranroq va ser-gakroq qarashga undaydi. U o'zini erkin his qilsin, erkin fikrla-sin, oldin fikrining to'g'riligiga, jamiyat uchun foydali ekanligi-ga ishonsin, so'ng uni hech qiynalmasdan bayon qilsin. Haqiqiy demokratiya ana shunda ko'rinadi. Agar har bir fuqaro hayotda o'zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga ega bo'lsa de­mokratiya o'z-o'zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, unda mustahkam o'rnashib oladi.

Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivoj-lanishida tutgan roli va mavqeini ko'tarish bir jihatdan ko'ppar­tiyaviylik tizimini shakllantirish va uning faoliyatini chuqurlashtirish bilan belgilanadi. Ayni paytda mamlakatimizda «Jamoat birlash-malari to'g'risida»gi qonun amal qilmoqda. Hozir ana shu qonun doirasida mamlakatimizda to'rtta partiya, bitta xalq harakati, kasa-ba uyushmalari, jami ikki yuzdan ortiq jamoat tashkilotlari faoli­yat ko'rsatmoqda. Fuqarolarning ana shu tashkilotlarda faol ishtirok etishini ta'minlashning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish lo­zim.

Yuqoridagidan kelib chiqib Prezident I. Karimov «jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamo­at birlashmalari bo'lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo'g'inlarida o'zboshimchalik, voluntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo'lmasligiga jiddiy kafolat ham bo'lmaydi», - deydi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin