Birinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida eng avvalo odamlar yangicha turmush tarziga ko'nikma hosil qilishlari kerak edi. Islohotlarning mazmun-mohiyatini anglashlari, mustaqil taraq-qiyot afzalliklari va beqiyos imkoniyatlarini tushunib olishlari lozim edi. Buningsiz hech qanday natijaga erishib bo'lmaydi. Chunki, har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda ham inson asosiy hal qi-luvchi omil. Shuning uchun ham yangilanishlar, eng avvalo, uning qalbidan, ongi va tafakkuri elagidan o'tkazilishi lozim.
O'zbekistonda, xuddi iqtisodiy islohotlarga bo'lgani kabi, de-mokratiyaga munosabatda ham ana shu tarzda yo'l tutildi. Demak, oldin jamiyat barqarorligini ta'minlash, odamlarni demokratik hayot tarziga o'rgatish, ularga demokratik tamoyillarni tushuntirish so'ng esa demokratik jarayonlarni faollashtirib, uning qoidalarini ishlab chiqish zarur edi.
Aslini olganda O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'li tanlangandayoq demokratiyani joriy etishning strategik das-turlari ishlab chiqilgan edi. Biroq, buni e'lon qilish uchun hali erta, ya'ni jamiyat hali bu dasturlarni amalga oshirishga tayyor emas edi.
Mana endi demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi boshlandi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda bo'lib o'tgan VI sessiyasi ana shu yangi davrni boshlab berdi va demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyilla-rini ko'rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: |