O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə93/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida bar-chaning tengligini ta'minlash lozim. Eng avvalo huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma'lumki, ayni paytda ja-honda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud. Bular-ning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisob-lanadi. O'zbekiston hozir ana shu andozalardan o'n beshtasiga qo'shilganligi uning juda qisqa muddatda demokratiyaning turmush tarziga va uni doimiy ishlab turadigan mexanizmga aylantirish bora­sida amalga oshirilgan katta yutug'i hisoblanadi.

Hukumat mustaqillik davrida bosib o'tilgan yo'l, to'plangan taj-ribalar va imkoniyatlarni tahlil qilar ekan, huquqni muhofaza qi­lish organlari faoliyatini qaytadan ko'rib chiqish, uni jahonning eng ilg'or tajribalari bilan boyitish kerakligini uqtiradi.

Sessiyada inson huquqlarini kafolatlash va bu sohadagi norma-tivlarni amalga oshirish ustidan nazoratni kuchaytirishning eng za-monaviy shakllarini vujudga keltirish zarur, deb ko'rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili instituti hamda hu-quqparvar jamoat tashkilotlarining mavqeyi va maqomini ko'tarish, inson huquqlarini himoya qilish Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikrini o'rganish markazi, Amaldagi qonunchilik Monitoringi institu­ti, Inson huquqlari milliy markazi singari tashkilotlar ishini rivojlan-tirish, takomillashtirish hamda boshqa bir qator institutlarni tashkil etish zarurligini ko'rsatdi.

Prezident I. Karimov masalaning xuddi ana shu jihatiga alo­hida e'tibor berar ekan, «Aholida inson huquqlari va erkinlikla-riga rioya qilish borasida yangi qadriyatlar va ko'nikmalarni shakllantirish, pirovard natijada esa inson huquqlariga hurmat-ehtiromni va ularga rioya etishni umummillat darajasida rivoj-lantirishga qaratilgan madaniyatni yuzaga keltirish g'oyat mu-himdir. Insonning o'z huquqlari va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo'lishi shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolat-larini ro'yobga chiqarishning eng asosiy sharti bo'lib qolishi ke-rak» - deb uqtirdi.

O'z-o'zidan ma'lumki, bu odamlarning tafakkurida o'zgarish yasash, ularning o'z haq-huquqini chuqurroq anglab olishiga yor­dam berish, umuman olganda, har bir fuqaroning huquqiy bilim-lari saviyasini oshirishni taqozo etadigan jarayon. Zotan, o'z haq-huquqini aniq bilgan, o'zini himoya qilishga qodir shaxs jamiyat oldidagi burchini ham chuqur tushunadi. Fuqaroning huquqiy ongi va siyosiy bilimi qanchalik yuqori bo'lsa, davlat va jamiyat ol­didagi majburiyatini hamda fuqarolik mas'uliyatini shunchalik chuqur anglaydi. Ana shunday holatning o'zi shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning uyg'unlashgan, barkamol ma'naviy qiyofasini belgilaydi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin