Eng yomoni ichki parokandalik. Bu nihoyatda og'ir va su-runkali kasallik. Uni faqat ancha-muncha asablar va hayot-mamot kurashi evazigagina davolash mumkin. Aksariyat hollarda esa, ichki parokandalik siyosiy beqarorlikka aylanib ketib, butun jamiyatni ostin-ustun qilib tashlaydi. Minglab odamlarning yostig'ini quritadi, millat kushandasi sifatida ildiz otadi va uni yillar mobaynida kemi-rib tashlaydi. Ana shunday xalq boshiga qiron keltiruvchi hodisalar O'zbekistonda ham mavjud edi.
Demokratiya o'yinlari avj olgan bir paytda o'zini ko'z-ko'z qilishga ishqivoz bo'lgan siyosiy arboblar ham maydonga chiqishdi. Ularning ayrimlari turli mansab pillapoyalaridan tez-tez ko'tarilib hukumatning eng yuqori kursilarini egallashga ham ulgurishdi. O'zlarini mavjud siyosatga sadoqatli, hukumatga esa fidoyi qilib ko'rsatishdi. Eng achinarlisi, bular orasida uzoq yillar partiya va sho'ro idoralarida katta-kichik lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan ki-shilar ham bor edi. Ular dahanaki «dasturlari»da yillar mobaynida sovet hokimiyati hukmronligi paytida to'planib qolgan qator muammolarni hal etish singari xalqimizga xush yoqadigan, uning kundalik turmushiga madad bo'ladigan masalalarni ko'tarib chiqardilar. Ke-yinroq xuddi ana shu masalalarni ko'tarishda ayyorlik qilishgani va vaziyatdan foydalanib, respublikaning eng yuqori mansab kursilarini egallashga harakat qilishgani ma'lum bo'la boshladi.
O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilish, uni mustamlakachilik iskanjasidan qutqarib olish jarayonlari qanchalik tahlikali ekanligi kitobxonga ayon. Oliy Majlisning 1991-yil 31-avgustda bo'lib o'tgan navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat Prezidenti O'zbekistonni mustaqil deb e'lon qilish taklifini kiritganda zal go'yo muzlab qolgan edi. 500 deputat va sessiya qatnashchilari «shok» holatida edi. Prezident «Nima, mustaqillikdan cho'chiyapsizlarmi, nega qarsak chalmaysizlar?» degandan so'nggina deputatlar bir qalqib tushishdi va zalda gulduros qarsaklar boshlandi.
Moskvada qon to'kilayotgan, markaz butun vujudi bilan ittifoq-dosh respublikalarga tazyiq o'tkazayotgan, zug'um va zo'ravonlik bilan ular jilovini tortib turgan bir paytda, unga qarshi qo'l ko'tarish, respublika rulini butunlay tortib olish va harakatdagi mashinaga sak-rab chiqib olish chindan ham jasorat edi.
Mustaqillik e'lon qilingach, orqada pisib o'tirib, zimdan ishla-yotganlar asta-sekin bosh ko'tardilar. Endi o'zlarini istiqlol qahramo-ni, mustaqillik jarchisi, mamlakatni boshqarishda «nodir iste'dod» ekanliklarini ko'rsata boshladilar. Butun mas'uliyatni zimmasiga olib, hayotini xavf ostida qoldirib, mustaqillikni e'lon qilganlarga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar.
Bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-21-noyabr kunlari bo'lib o'tgan sessiyasi O'zbekiston tari-xida alohida voqea sifatida muhrlandi. Ayni ana shu sessiyada bir guruh soxta demokratlar ochiqdan-ochiq bosh ko'tardilar. Turli tomondan so'z olib, sessiya kun tartibini buzish, unga qo'shimchalar kiritish bahonasida turli, bir-biriga to'g'ri kelmaydigan muammolarni ko'tarib chiqishga intildilar. To'g'ridan to'g'ri mamlakatda olib borilayotgan izchil siyosatga zid, bo'htondan iborat fikrlar bildira boshladilar. Jumladan, «Tashabbus» guruhi nomi bilan so'zga chiq-qan bir guruh deputatlar «O`zbekistonda mitinglar va namoyish-lar o'tkazilishini taqiqlash to'g'risida»gi Qarorni bekor qilish, respublika ma'muriy organlari, shuningdek, Konstitutsiyaviy Nazorat Qo'mitasiga ultimatum qo'yish talabi bilan chiqa boshladilar.
Ayni chog'da, o'zlarini mustaqillik va xalq tarafdorlari sifatida ko'rsatishga urinib, «demokratiyami yoki diktaturami?» qabilida sessiyaga, uning rahbariyati oldiga asossiz kesatiqli savollar qo'ya boshladilar.
Bir so'z bilan aytganda sessiyaga ma'lum kuchlarning oldindan tayyorgarlik ko'rgani yaqqol sezila boshlandi. Bu o'z navbatida sobiq ittifoq hududida sarosimalik, barcha ittifoqdosh respublikalarda turli hadiksirashlar va ikkilanishlar, mustaqil O'zbekistonda esa iqtisodiy tanglik hukmronlik qilayotgan bir paytda muxolif kuchlarning turli hiyla va nayrang yo'li bilan hokimiyatni egallashga harakat qi-layotganliklarini ko'rsatar edi.
Sessiya jangovarlik, shafqatsiz kurash va hujumkorlik ruhida o'tdi. Unda Prezident Islom Karimovning qat'iy iroda kuchi, har qanday tanqidiy fikr va qo'poruvchilik harakatlariga og'ir-vazminlik, siyosiy hushyorlik fazilatlari hamda asosli mulohazalari bilan muno-sabat bildirganligi natijasida muxolif kuchlar o'z maqsadiga у eta olmadi. Agar ana shu yig'ilishda Prezident ozgina ikkilanib qolga-nida o'z pozitsiyasini butunlay qo'ldan berib yuborishi, hokimiyat tepasiga esa bir to'da amalparastlar-u shuhratparastlar kelib qolishi, natijada butun mamlakat ham, xalq ham tubsiz jarga qulab ketishi mumkin edi.
Sog'lom fikrli kishilar, aslida qo'poruvchilarning iddaosi nima-da ekanligini aqlan chuqur his qilgan fuqarolar yuqoridagi soxta demokratlar chiqishlarini qo'llab-quvvatlamadilar, kun tartibida-gi masalalar yuzasidan amaliy takliflar bildirdilar, har bir masalada mamlakatda olib borilayotgan xalqchil siyosatni ma'qullashlarini, mamlakat Prezidenti atrofiga yanada jipslashish zarurligini ayta boshladilar.
Mamlakat aholisi, mustaqillik tarafdorlari o'zlarining fikr-mulohazalarini Oliy Kengash va sessiya nomiga yozib yubora boshladilar.
Dostları ilə paylaş: |