partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda asosiy masala O‘zbekiston
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va «Fidokorlar» milliy demokratik
partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda
partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga
yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik
partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar
qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon
xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori
malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini
ifodalaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun
huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda
siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy
qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda
qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu ularning
davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday
natijalarga erishganligi hisoblanadi.
O’zbekiston ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston
Respublikasining «Saylov to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi
Qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15
deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi
belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi
deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston ekologik harakati – 2008-yil avgustda tashkil topgan.
O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va
kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini
yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga
qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning
bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarini sanang. Ular o‘z faoliyatini qaysi
qonunlar asosida yuritadi?
2. Saylov tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
3. Mahalliy hokimiyat va mahalliy vakillik organi o‘rtasida qanday farq va
bog‘liqliklar bor?
4-mavzu. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari