O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

1.3. Kursning mazmuni va vazifalari 

Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari


va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari,
boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va usulologik asoslarini o’rganish
tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va
tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv
apparatining
aniq
vaziyatlardagi
harakatlari
va
o’zini tutish hollarini
umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini
o’rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir
majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy
qonuniyatlari va usullarini ajratib o’rganadi.
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni xal etishga:
iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o’tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar
ma’naviy darajalarini o’stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki
ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash qobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan
aniq vaziyatda, foydalana olish qobiliyatini o’rganadi. Uning boshqarish
nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari
va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish Respublikamizda iqtisodiyotni tarkibini tubdan
o’zgartirilishiga olib keldi. Mulk shakllari, iqtisodiyotni tarkibi tubdan o’zgardi.
Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan «Хalq xo’jaligi balansi» hisobot
va statistika ko’rsatkichlar tizimi talabga javob bermay qoldi. Shu sababli, 1993 yil
28 sentabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ХIII-sessiyasida


10
«Davlat statistikasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Bu


qonunda respublika statistika organlarini huquqlari, vazifalari, mas’uliyatlari
belgilangan.
Ushbu qonunga binoan O’zbekiston Respublikasi jahonning 150-dan ortiq
mamlakatlarida ishlatilayotgan «Milliy hisobot tizimi»ga o’tdi. «Milliy hisobot
tizimi» - yaxlit jamlama iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar to’plami bo’lib, tayyor
mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, yalpi milliy daromadni yaratish,
taqsimlash va iste’mol jarayonlarini o’zida mujassamlashtirgan hisobot va statistika
tizimidir. Bunda ishlab chiqarish bilan bir xil uslubda xizmat ham milliy daromad
yaratishda hisobga olinadi va o’lchanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ―Iqtisodiyot va menejment‖ kursining
mazmun-mohiyati quyidagi mavzular orqali o’rganiladi:

―Iqtisodiyot va menejment‖ fanining mazmuni, maqsadi vazifalari;



Menejmentning tashkiliy tuzilmalari;

Boshqaruv usullari, rahbarlik va uning madaniyati;

Boshqaruv qarorini ishlab chiqish va qabul qilish bosqichlari;

Strategik rejalashtirish va uni amalga oshirish;

Ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarish usullari;

Rag’batlantirish turlari va usullari;

Boshqaruvda vakolat, mas’uliyat va nazorat;

Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati;

Korxonaning aylanma mablag’lari;

Korxonaning investitsion faoliyati;

Korxona mehnat resurslari;

Mehnat haqi tizimi;

Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi, foydasi va rentabelligi;

Korxonada hisob yuritish va korxona balansi;

Korxonaning biznes-rejasi;

Korxonada innovatsiyaviy menejment va samaradorlik.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin