8
Ikkinchidan, korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element
iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta’sir
qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o’z ichiga oladi.
Uchinchidan, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub’ektlari
bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo’jalik aloqalari.
Тo’rtinchidan, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag’batlantirish
shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi).
Beshinchidan, korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy
shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining
normativ hujjatlari,
ko’rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar.
Oltinchidan, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-ruhiy omillar.
Yettinchidan, davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida
O’zbekiston Respublikasi davlatining iqtisodiy siyosatining asosiy negizini
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov tomonidan nazariy asoslangan beshta
ustuvor yo’nalishlari tashkil qiladi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z
ifodasini topadi:
Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi;
Davlat - bosh islohotchi;
Qonun ustuvorligi;
Kuchli ijtimoiy siyosat;
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.
Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o’z ifodalarini topadi va
korxonaning faoliyatini yo’naltiradi.
Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari.
Korxonaning xo’jalik mexanizmi murakkab va ko’p qirrali tushunchadir.
Хo’jalik mexnizmini o’rganish orqali korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy
hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo’llarini aniqlash
imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Barcha iqtisodiy fanlarning usullarini falsafiy asosi va umumiy bilish quroli
sifatida
dialektika usuli ishlatiladi. Shu bilan birga bilish
jarayonining rivojlanishi
asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham topilgan. Ular qatoriga
induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi.
Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan kelib chiqib tabiat, jamiyat va
tafakkurning umumiy qonunlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni
falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o’rganish usuliga dialektika deb
tushuniladi.
Induksiya lotincha «inductio» so’zidan olingan bo’lib xabar olish mazmunini
bildiradi. U fikr yuritishning bir tipi va tadqiq qilish usulidir.
Umuman induksiya
tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan
umumiylikka o’tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy
bilimga ega bo’lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o’rganilib,
xulosa qilinadi.
Deduksiya lotincha «deductio» so’zidan olinib so’zma-so’z «chiqarish»
ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir xili va tadqiq
9
qilish usuli bo’lib, induksiya usulining teskarisini ishlatadi. Deduksiya usuli
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr
yuritiladi va tadqiqot olib
boriladi.
Analiz va sintez grekcha «anajysis» va «syntщesis» so’zlaridan olingan bo’lib,
analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi.
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo’lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida
tarkibiy bo’limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy
bo’limlardan yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik
uslublaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos
bo’lib «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Хo’jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan
fanlarning mavjudligi hisoblanadi.
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning
usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’p arsenalli usul va uslublarni o’z
predmetini o’rganishda ishlatadi. Тabiiy yo’naltirilishi bo’yicha bu usul va uslublar
iqtisodiy jarayon va hodisalarni
tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, prognozlash,
rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo’yicha bu usullar
son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksperiment o’tkazish, tizimli tahlil,
modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo’linadi. Bular bilan bir
qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: