11
6.
Menejmentning qanday omillarini bilasiz?
7.
Korxona iqtisodiyotining predmeti nima?
8.
Korxona iqtisodiyoti fanining vazifalari nimalardan iborat?
9.
Iqtisodiyot va menejmentning qanday bog’liqligi bor?
10.
Korxona iqtisodiy salohiyatini aniqlashda menejerning qanday o’rni
bor?
2-mavzu. KORХONA - MUSТAQIL ХO’JALIK YuRIТUVChI
BOZOR SUB’EKТI
(2 soat)
Reja:
2.1. Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti
tarzidagi maqsadi va vazifalari.
2.2. Korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.
2.2. Korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalari.
2.1. Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti
maqsadi va vazifalari
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o’z taraqqiyotining qandaydir tarixiy
bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi,
yaratuvchi, o’z
faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant
va boshqa vositalardan
foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni
tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanadi.
Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish
uchun vujudga kelgan
jamiyatning birlamchi va asosiy bo’g’inidir.
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi.
Ijtimoiy
ishlab
chiqarish ishlatiladigan
resurslarni
turlari,
ishlab
chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga
qarab tarmoqlarga
bo’linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa,
savdo, har xil xizmat ko’rsatish tarmoqlari kabilar.
Тarmoqlar esa korxonalar va
ularni birlashmalarini o’z ichiga oladi.
Korxonaning asosiy maqsadini ikki yo’nalishdan iborat ekanligini ta’kidlash
zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo’lsa,
ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki bu
maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi.