O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi


Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə7/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari 

Bozor sub’ektlari


Sotish predmetlari
Sotib oladigan predmetlari
I. Davlat
Yer, yer osti boyliklari,
suvlar, havo bo’shlig’i,
o’simliklar va hayvonot
dunyosi, uy-joy, litsen-
ziya, davlat tashkilot-lari
va
muassalarining
xizmatlari
Davlat va jamiyatga zarur
bo’lgan
tovarlar
(davlat
boshqaruv
organlari,
mudofaaga
va
hokazolar),
ishchi kuchi, jihozlar, fan-
texnika yutuqlari va boshqalar
II. Korxona 
Тovarlar, xizmatlar, o’ziga
tegishli moddiy ne’matlar,
intellektual mulk
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy
resurslar,
ishchi
kuchi,
tovarlar,
xizmatlar,
qimmatbaho qog’oz-lar va
hokazolar.
III. Uy xo’jaligi
Ishchi kuchi (mehnat),
o’ziga tegishli moddiy
ne’matlar,
tovarlar,
xizmatlar
Iste’mol tovarlari, xiz-matlar,
moddiy ne’matlar

Тashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va


moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida
tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining,
bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki ijtimoiy ahamiyatga
ega bo’lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo’jalik sub’ekti bo’lib,
uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib
chiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha
masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o’z harakatlariga
javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo’jalik
sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi.



14
Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo’lib, u albatta huquqiy


shaxs
bo’lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga ―O’zbekiston
Respublikasidagi korxonalar to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi qonunining
birinchi moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: ―Huquqiy shaxs huquqiga ega
bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga
qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va
sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat
ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan
mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi‖.
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
birinchidan, faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-
mulkiga ega bo’lishi;
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish;
to’rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi;
oltinchidan, mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy
va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.

Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini
qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida,
xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan,
ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati
bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga
ega bo’lgan, har xil masshtabdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga
turlanadi. ―O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida‖ O’zbekiston
Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga
chiqadi:
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
- jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy mahalla, kooperativ mulk,
ijaraga olingan korxona mulki, aksionerlar jamiyati, davlat korxonasi kollektivining,
jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, konsern (konsarsium)larning mulki,
yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;



15
- Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi, ma’muriy-territorial tuzilmalar


(komunal) mulkdan iborat davlat mulki;
- aralash mulk;
- qo’shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek
ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi
mumkin:
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar;
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
- aрalash mulkga asoslangan qo’shma korxonalar;
- xorijiy davlatlar, ajnabiy fuqaрolar mulkiga asoslangan korxonalar.
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy
ishlab chiqarish sohasidagi; tрanspoрt; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim;
infрatuzilma (infрatuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va
diniy tashkilotlar korxonalariga.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va
sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichik, o’rta va yirik
korxonalarga turlanadi.
Bu korxonalarga asosan ishchilarning soniga qarab ham toifalarga
(mikрofirma, kichik va yirik korxonalarga) ajratiladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin