O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə22/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

Тayanch iboralar: aylanma fondlar, aylanma mablag’lar, aylanma 
mablag’lar aylanish koeffitsiyenti, aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsiyenti, 
norma, normativ. 

Nazorat uchun savollar:
1. Aylanma mablag’larning aylanma fondlardan faрqi nimada?
2. Muomala fondlarining tarkibini yoрiting.
3. Aylanma fondlar qaysi elementlardan iborat?
4.
Aylanma
mablag’lardan samarali foydalanish darajalari qaysi
ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi?
5. Korxonalarda aylanma mablag’lardan samarali foydalanishda qanday
yo’lardan foydalaniladi?
5-mavzu: KORХONANING INVESТITSION FAOLIYaТI 
(2 soat) 

Reja:
5.1. Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish vositasi 


sifatida. 
5.2. Korxonalarda invistitsiyalarning asosiy manbalari va yo’nalishlari. 
5.3. Investitsion loyihalarni baholash. 

5.1. Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish
vositasi sifatida 
Investitsiya lotincha ―investiрe‖ (kiyintirish, yasantirish), nemischa
―investition‖ so’zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga
kapital mablag’ qo’yishni bildiradi. Investitsiya so’zidan investoр - omonatchi so’zi
kelib chiqib, u omonat beрuvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investoрlar
qatoriga qimmatli qog’ozlarni sotib oladigan va bu bilan o’zlarining bo’sh
mablag’ini joylashtiradigan yuрidik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi.



34
Moliyaviy va nomoliyaviy investitsiyalarni joriy qilish bo’yicha amaliy


faoliyatlar majmuasi investitsion faoliyat deb yuрitiladi. Asosiy fondlarni ishga
tushiрish, рekonstрuksiya va modeрnizatsiya qilish kapital quрulish deb yuрitiladi.
Investitsiya - bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag’ qo’yish. U pul
mablag’lari, kredit, qimmatbaho qog’oz shaklida olib boriladi va ko’chma, ko’chma
bo’lmagan mol-mulkga, intellektual mulkga, ne’matlarga bo’lgan huquqga va
boshqa qiymatliklarga qo’yiladi, ya’ni korxonaning barcha aktivlariga ishlatiladi.
Investitsiya moliya bozorining elementi hisoblanadi. Moliya bozori muayyan
moliya muassasalari orqali o’zaro aloqada bo’ladigan mulk egalari bilan saрmoya,
qarz oluvchilari o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Aksiya va obligatsiyalar investitsiya qimmatli qog’ozlari deb yuрitiladi.
Moliya bozorida qimmatli qog’ozlarning boshqa turlari - xazina majburiyatlar;
depozit seрtifikatlari; veksellar; vaррantlar va hokazolar ham muomalada yuрadi.
Investitsiya jamiyatni iqtisodiy rivojlanishiga va har bir jamiyat a’zosini
moddiy faрovonligini oshirishga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.
Investitsiya korxona aktiviga, yangi mahsulot ishlab chiqish, ularni sifatini
oshirish, mahsulotni sotishni va foydani ko’paytirish uchun qo’yiladigan mablag’.
Shu sababli investitsiya ishlab chiqarishni kengaytirishni, kapitalni oddiy va
kengaytirilgan takрoр ishlab chiqarishni, yangi ish joylarini tashkil qilishni, ish
haqini va aholini sotib olish quvvatini oshirishni, davlat va mahalliy byudjetga
tushumlarni ko’paytirishni ta’minlaydi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan investitsiya asosiy va aylanma mablag’larni
jamg’aрishni anglatadi. Moliyaviy nuqtai nazardan investitsiya moliyaviy
resurslarni daromad (foyda) olish uchun to’plashni ko’rsatadi. Buxgalteрiya hisobi
nuqtai nazardan hisobotning aktiv va passivining bir necha moddalariga ishlatilgan
kapital harajatlarni birlashishini ifodalaydi.
Investitsiyalarning amal qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga tasniflanadi:
1. Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar
uchun.
2. Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish.
3. Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy.
4. Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy.
5. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amoрtizatsiya, foyda,
sotilgan naрsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar).
6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni
yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi
mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun.
7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan
to’g’ri yoki bevosita; poрtfel.



35
Тo’g’рidan to’g’ri yoki bevosita investitsiyalar - chet el kapitalini to’g’ridan-


to’g’ri kiritilishini bildirib, investoрga ushbu korxona ustidan nazorat qilish
huquqini beradi. Investitsiyani ushbu turi tрanskontinental (boshqa qit’a kontinentga
saрmoya kiritish), kapital qo’yilmalari hamda tрansmilliy (qo’shni davlatlarga
kapital chiqarish sifatida amalga oshiriladi) kapital qo’yilmalar sifatida namoyon
bo’ladi.
Poрtfel investitsiyalar litsenzion va fрanchayzing kelishuvlari, maрketing
xizmati haqidagi kontрaktlar asosida tashkil qilinsa korxonalarni boshqarish
huquqini beradi.
8. Amal qilish muddati bo’yicha - qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar
mavjud.
9. Kelib chiqish hududi bo’yicha - milliy va xorijiy investipsiyalar.
10. Тavvakalchilik darajasi bo’yicha - tavvakalchiligi past, ishonchli va
tavvakalchiligi yuqori, spekulyativ investitsiyalar.
Investitsiyani bir turi bu - annuitet. Annuitet aholining shaxsiy investitsiyasi
bo’lib, omonatchiga qandaydir bir davr ichida yoki doirasida unga daromad beradi.
Annuitet asosan sug’uрta va pensiya jamg’aрmalariga mablag’ qo’yishni anglatadi.
Investitsiya muassasalariga moliya bрokeрlari, investitsiya kompaniyalari
(dilleрlar), investitsiya sohasi bo’yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan
iborat bo’lib, ular investitsiya bo’yicha vositachilik, qimmatli qog’ozlarni
chiqarishni yo’lga qo’yish, ularni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo’yicha
kafolatlar berish, aksiyalar chiqarish kabi ishlar bilan shug’ullanadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin