O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə3/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishning V “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahonda ikki pallali mollyuskalarning tur tarkibini xorijlik olimlar B.K. Harvey et al. (1989), I Anderson (1991), H.Thorp James, Covich Alanp (1990, 1991), D.C. Aldridge (1999,2000), H Dan., Gu Ruobo (2002), P. Bouchet (2007), G. P. Alyokhina, I.A.Misetov, M.V. Puzakova (2007), A.E. Bogan, (2010,2011)., H.Markus (2010), A.E Bogan (2010), Annabelle Cuttelod et al. (2010, 2011), D. D.Danilin (2012, 2014). Mollyuskalarning xo‘jalikdagi ahamiyati bo‘yicha tadqiqotlar K. Nagel, G.Badino (2001), Maria Haws (2002), A.V.Korniushin (2003, 2004, 2007), E.A.Moorkens, M.J Costello (2005), P.Momir, C. Bela, S.Vladica (2006), N. Mamangkey et al (2009), R.N.Mamangkey, H.A.Salmon, P.C.Southgate (2009), S.Rahayu et al.(2009, 2010), V.E.Panov, et al. (2009), S. Yoshida., S. Rahayu et al. (2013), Y. Sata. (2013,2014) tomonidan o‘rganilgan.
MDH hududida mollyuskalarni tarqalishi, morfologiyasi, zoogeografiyasi, sistematikasini o‘rganish bo‘yicha V.I.Jadin (1948, 1952), Ya.I.Starobogatov, V.V.Pirogov (1971), A.F. Alimov (1981), S.I.Andreeva, M.V.Vinarskiy va bosh. (2006), G.P.Alyoxina va bosh.(2007), N.I.Andreev va bosh.(2008, 2009), S.V.Mejjerin va bosh.(2011), R. A.Mixaylov (2014) lar tadqiqotlar o‘tkazgan.
Respublikamizda Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalar tarqalishi, zichligi to‘liq o‘rganilmaganligini aytish mumkin. Ikki pallali mollyuskalarning ba’zi turlari haqidagi ma’lumotlar faqatgina Z.I Izzatullayev (2010, 2019, 2021, 2022), X.T.Boymurodov (2012, 2021,2022,2023) A.N.Egamqulov (2021), B.N.Otaqulov (2021) lar ishlarida tahlil qilingan, bu ishlarda O‘zbekistonning tabiiy suv tiplarida turlar uchrashi qayd qilingan. Keltirilgan manbalar Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilasiga kiruvchi mollyuskalar turlari va tarqalishi to‘g‘risida xulosalar bermaydi.
Hozirgi vaqtda Qashqadaryo havzasining sun’iy suv ekotizimlarida uchraydigan Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalarining tur tarkibini aniqlash, ularning sun’iy suv ekotizimlariga bog‘liq tarqalishini o‘rganish, kamayib ketgan endem turlar populyasiyalarining holatini aniqlash va tarqalgan turlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganish muhim muammolardan biridir.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin