O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə4/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlari rejasiga muvofiq Bio-01-2021 “Janubiy-g‘arbiy O‘zbekistonning hayvonot dunyosi faunasi, tarqalishi, ekologiyasi va muhofazasi hamda ulardan ratsional foydalanish” mavzusi doirasida (2020-2022) bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalari (Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae, Corbiculidae) tur tarkibi va bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Qashqadaryo havzasi suv tiplarida Bivalvia sinfining Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilasi turlari tarkibini aniqlash va zamonaviy holatini baholash;
suv tiplarida tarqalgan ikki pallali mollyuskalarning taqsimlanishi, populyatsiyalardagi zichligi va biotoplarda tarqalishiga ekzogen omillarning ta’sirini tahlil qilish;
suv tiplarida uchraydigan ikki pallali mollyuskalarning bioekologik xususiyatlarini tadqiq etish;
morfologik jihatidan o‘ta o‘zgaruvchan turlarini molekulyar-genetik jihatdan tahlil qilish;
ikki pallali mollyuskalarning kamyob va endem turlarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va indikator turlardan suv sifatini baholashda foydalanish istiqbollarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning ob’yekti. Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida tarqalgan Bivalvia sinfi Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalarining 14 turi va 2 kenja turi hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti. Qashqadaryo viloyatidagi sun’iy suv havzalarida tarqalgan ikki pallali mollyuskalari tur tarkibi, tarqalish bioekologik xususiyatlari, ekologik guruhlari hamda ularning bioindikatorlik xususiyatlari hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida malakologik, zoologik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplaridan Bivalvia sinfining Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalariga mansub bo‘lgan ikki pallali mollyuskalarining 14 ta turi va 2 ta kenja turlari aniqlangan;
ikki pallali mollyuskalarning sun’iy suv tiplarida tarqalishi, zichligi ochib berilgan;
suv omborlarda tarqalgan Corbicula cor va Corbicula purpurealar populyasiyalarda yoshi va zichligiga suv muhiti omillarining ta’siri asoslangan;
o’ta o’zgaruvchan Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turini yadro ichida transkripsiyalangan rDNK genlarining ITS-2 sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin