О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə124/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

12-MAVZU:

O„ZBEKISTONNING XALQARO ALOQALARI VA
JAHON HAMJAMIYATIDAGI O„RNI.



Reja:

  1. O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.

  2. O„zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari.

  3. O„zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ko„ptomonlama hamkorlik munosabatlari.



Tayanch tushunchalar: Xalqaro munosabatlar, “Sovuq urush”, Afg„oniston muammosi, Geosiyosat, Globallashuv, Tashqi siyosat tamoyillari, BMT, YEXHT, YUNESKO, YUNISEF, Yevropa Ittifoqi, SHHT, MDH, MOIH, Ratifakatsiya.

XX asrning so‗nggi o‗n yilligida dunyo xalqaro munosabatlar tizimida tub o‗zgarishlar yuz berdi. ―Sovuq urush‖ munosabatlari payoniga yetib, mafkuraviy qarama-qarshiliklar, inson huquqlari, g‗oyalar kurashi mazmun mohiyati tubdan о‗zgargan ana shunday sharoitda О‗zbekiston davlat mustaqilligini qо‗lga kiritdi.


Mustaqillikning ilk yillarida O‗zbekiston juda katta sinovlarga duch keldi. Mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar to‗xtovsiz yuz berib turgan bir paytda davlat va jamiyatni taraqqiyotga yetaklash, xalqning tinchligi va barqarorligini ta‘minlash xalqaro hamjamiyatga qо‗shilish va teng sheriklikka asoslangan diplomatik munosabatlarni о‗rnatish juda katta mehnat va mashaqqatlarni talab qilardi.
Jahon tajribasidan ma‘lumki, yangi mustaqil davlatning jahon maydonidagi o‗rnini ikkinchi davlat tayyorlab bermaydi. Yosh davlat bu yo‗lda qaysidir davlat tomonidan ko‗rsatiladigan do‗stona munosabat, qo‗llab-quvvatlash bilan birga, jiddiy muammolarga, kutilmagan vaziyatlarga duch kelishi muqarrar. Chunki, xalqaro siyosat bu raqobat va kurash maydoni.
О‗zbekiston tashqi siyosatining dastlabki tamoillari Mustaqillik deklaratsiyasi va ―О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‗g‗risida‖gi qonunda ilk bor belgilab berilgan edi. Konstitutsiyamizning “Tashqi siyosat” deb nomlangan IV-bobida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy tamoillari qat‘iy belgilab berildi va unda О‗zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi‖, deya bayon etildi. 17-moddada ―Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin‖, deb belgilab qo‗yildi.
1996-yil 26-dekabrda “О„zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari tо„g„risida”gi qonun qabul qilindi va unda milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini
mustahkamlash, Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni saqlash; siyosiy, iqtisodiy, savdo-sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng yо‗lga qо‗yish O‗zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‗nalishlari etib belgilandi.
Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o‗rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini shakllantirishga kirishildi. O‗zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bo‗lgan xalqaro munosabatlar sohasini milliy kadrlar bilan muntazam ta‘minlab borish maqsadida 1992-yil 23-sentabrda Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ochildi.
Bugungi kunda О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 182 ta davlat tan olgan bо‗lib, 120 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik yо‗lga qо‗yilgan. Mamlakatimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning to‗laqonli a‘zosi bo‗ldi. 2018-yilga kelib chet ellarda mamlakatimizning 50 ta diplomatik vakolatxonasi faoliyat yuritdi. О‗zbekistonda esa xorijiy mamlakatlarning 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.
O‗zbekiston о‗z tashqi siyosatida bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik tamoyiliga amal qildi. O‗zi ilgari surgan ilk xalqaro tashabbuslardayoq O‗zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta‘minlashga va shu orqali global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‗shish yo‗lidan borishi aniq namoyon bo‗ldi.
О‗zbekiston a‘zo bо‗lgan ilk xalqaro tashkilotlardan biri bu Mustaqil Davlatlar Hamdо„stligi bо‗lgan edi. Ma‘lumki, 1991-yil 8-dekabrda sobiq SSSRning uchta respublikasi Rossiya, Belorus va Ukraina vakillari tomonidan Minskda MDHni tashkil etish haqidagi Bitim ushbu tashkilotning tuzilishiga asos bо‗lgan edi. 1991-yil 21-dekabrda 11 ta sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan Olmaotada imzolangan Olmaota Deklaratsiyasi asosida tashkilotning tuzilishi rasmiylashgan. Davlatlararo ixtiyoriy birlashma hisoblangan MDH Nizomi 1993- yil 22-yanvarda tasdiqlandi. Nizomga binoan hamdо‗stlik maqsadi xalqlar va davlatlarning siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, ta‘lim, sog‗liqni saqlash, atrof- muhitni muhofaza qilish, fan, texnika, savdo-sotiq, insonparvarlik va boshqa sohalardagi teng huquqli va о‗zaro foydali hamkorlik qilish, keng axborot almashinuvi, о‗zaro majburiyatlarni vijdonan va sо‗zsiz bajarishdan iborat.
MDH tashkil etilgandan beri o‗tgan davrda umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. Hamdo‗stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda.
O‗zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun‘iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, ko‗plab amaldorlar ishlaydigan ma‘muriy idoralar, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O‗zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg‗unlashtirish
tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko‗rishni xohlaydi.
О‗zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va mavqeining mustahkamlanishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik munosabatlari muhim bosqich bо‗ldi.
О‗zbekiston o‗zining xohish-irodasi va taklifiga ko‗ra 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‗la teng huquqli a‘zosi bo‗ldi. 1993-yil 24-oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi.
Prezident I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil sentabrda bo‗lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma‘ruzasi O‗zbekistonni jahonga ko‗hna va navqiron davlat sifatida namoyon etdi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995- yil 22-24-oktabrda bo‗lgan BMTning 50 yilligi yubiley sessiyasidagi nutqida bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta‘minlash yo‗li bilangina jahon xavfsizligini ta‘minlash mumkinligi alohida ta‘kidlandi. Afg‗onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi.
1997-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda ―Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona‖ mavzuida xalqaro konferensiya bo‗lib o‗tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi.
О‗zbekistonning BMTga yo‗llagan afg‗on muammosini tinch yo‗l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMT homiyligida “6+2” guruhi tashkil etildi. О‗zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo‗ldi. 1999-yilning 19-20-iyul kunlarida Toshkentda BMT homiyligida Afg‗oniston bo‗yicha ―6+2‖ guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‗lib o‗tdi. Uchrashuv yakunida Afg‗onistondagi mojaroni hal etishning asosiy tamoyillari to‗g‗risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
2000-yil 8-sentabrida I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. 150 dan ko‗proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan ushbu sessiyada I.A.Karimov nutq so‗zladi.
Prezidentimiz 2010-yil 22-sentabrda BMT sammitida so‗zlagan nutqida esa Afg‗onistonda tinchlik o‗rnatish bo‗yicha ilgari tanlangan yо‗l kutilgan natijani bermaganligini ta‘kidladi. О‗zbekiston tomonidan 2008-yilda taklif etilgan BMT shafeligida ―6+3‖ muloqot guruhini tuzishini taklif etdi.
О‗tgan davr mobaynida BMT Bosh kotiblari Kofi Annan (2002-yil 18-20- oktabr), Pan Gi Mun (2010-yil 10-aprel va 2015-yil 11-iyun) va Antoniu Guterrishlarning (2017-yil 10-iyun) О‗zbekistonga shaxsan tashrif buyurishlari mazkur tashkilot bilan hamkorlikni yangi bosqichga kо‗tarishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-sentabrda Nyu- Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qildi. Prezidentimiz о‗z nutqida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari
o‗tkazishni yo‗lga qo‗yish, BMTning ―Ma‘rifat va diniy bag‗rikenglrik‖ maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari bo‗yicha konvensiyasini ishlab chiqish, Orolbo‗yi muammosiga e‘tiborni oshirish va Afg‗oniston muammosini hal etish kabi masalalarga oid 5 ta taklifni ilgari surdi. 2020-yilga kelib bu takliflardan 4 tasi amalga oshdi.
Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o‗tkazilmoqda. 2018-yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi ―Ma‘rifat va diniy bag‗rikenglik‖ maxsus rezolyusiyasini tasdiqladi, shu yili Orolbo‗yi mintaqasida insonlar xavfsizligi bo‗yicha ko‗p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. Ayni paytda BMTning Yoshlar huquqlari bo‗yicha konvensiyasi loyihasi bo‗yicha ishlar davom etmoqda, shu maqsadda inson huquqlari bo‗yicha 2020-yil avgust oyida ―Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari‖ mavzuida Samarqand forumi o‗tkazildi. 2018-yil 26-27-martda Toshkentda Afg‗oniston bo‗yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilib, uning yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
O‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etdi. Jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli sessiya BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida o‗tkazildi. Davlatimiz rahbari BMTda oliy minbaridagi ikkinchi marotaba chiqishida davlat tili – o‗zbek tilida nutq so‗zladi.
Mamlakatimiz rahbari SH.Mirziyoyev o‗z nutqida mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‗zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‗allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ularning eng muhimlari quyidagi takliflardan iborat bo‗ldi:
-BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to„g„risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish taklif etildi;
-Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashning dolzarb muammolariga bag„ishlangan sammitni o„tkazish bo‗yicha taklifi ma‘qullandi;
-Yoshlar huquqlari to„g„risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish
bo‗yicha O‗zbekiston tashabbusini qo‗llab-quvvatlashga chaqirildi;
-Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta‘minlashda parlamentlar rolini oshirish to„g„risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi;
-BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklif etildi;
-Mintaqaviy qo‗shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag„ishlangan xalqaro konferensiyani o„tkazish taklif etildi;
-BMT huzurida afg„on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko„rsatadigan qo„mita tashkil etish taklif etildi;
-Orolbo„yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e‟lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta‘kidlandi.
-Qashshoqlikni tugatish va kambag‗allikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‗ishlangan global sammitni o‗tkazish taklif etildi;
-O‗zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng ko‗lamli va o‗zaro manfaatli sheriklikni, BMT va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirish uchun doimo tayyorligi ma‘lum qilindi.
Prezidentimiz shuningdek, 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o‗tkazishga O‗zbekiston tayyorligi ma‘lum qildi.
Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhiti yaxshilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat tashkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli O‗zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‗rni yil sayin yuksalmoqda.
2020-yil 14-oktabr kuni BMT Bosh assambleyasida O‗zbekiston BMT Inson huquqlari bo‗yicha kengashiga ko‗pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi.
О‗zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
О‗zbekistonning BMT homiyligida ta‘lim, fan va madaniyat bilan shug‗ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 183 davlat a‘zo bo‗lgan YUNESKOning bosh maqsadi
– barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o‗rnatishga ko‗maklashishdan iborat.
1993-yil 29-oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O‗zbekistonni YUNESKO a‘zoligiga qabul qilish marosimi bo‗lib o‗tdi. Shu kuni vatandoshimiz, buyuk olim Mirzo Ulug‗bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil Parijda Mirzo Ulug‗bek haftaligi tantana bilan o‗tdi.
YUNESKO qaroriga binoan 1995-yilda Samarqandda Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. Ushbu xalqaro institutning ochilish marosimida YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor ishtirok etdi. YUNESKO Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‗ishlangan xalqaro anjuman bo‗lib o‗tdi.
О‗tgan davr mobaynida YUNESKO homiyligida Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi (1997), Imom al-Buxoriyning 1225 va Ahmad al- Farg‗oniyning 1200 yilligi (1998), ―Alpomish‖ dostonining 1000, Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi (1999-y), Burxoniddin Marg‗iloniyning 910, imom Al-
Motirudiyning 1130 yilligi (2000), ―Avesto‖ning 2700 yilligi (2001), Shahrisabz
shahrining 2700, Termiz shahrining 2500 yilligi (2002), Abduholiq G‗ijduvoniy
tavalludining 900 yilligi (2003), Qarshi shahrining 2700 yilligi (2006), Samarqand shahrining 2750, Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi (2007) va Toshkent shahrining 2200 yilligi (2009) keng nishonlandi.
1998-yilning 6-noyabr kuni Parijda ochilgan YUNESKO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi Toshkentda bo‗lib o‗tdi.
Bundan tashqari O‗zbekiston BMTning ixtisoslashgan muassasalari – Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‗armasi (UNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo‗mitasi bilan hamkorlik qilmoqda.
О‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‗maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
O‗zbekiston 1992-yil 26-fevralda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‗yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YEXHT) a‘zo bo‗lib kirdi. Islom Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo‗lib o‗tgan YEXHTning majlisida ishtirok etishi, unda nutq so‗zlashi va Kengashning 10- iyulda bo‗lgan majlisida raislik qilishi O‗zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallab borayotganligiga yana bir ishonchli dalil bo‗ldi.
1999-yilning 18-19-noyabrida Istambulda YEXHTga a‘zo 54 davlat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvi bo‗lib o‗tdi. Uchrashuvda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ma‘qullandi.
О‗zbekiston tashqi siyosatining muhum yо‗nalishi Markaziy Osiyo Respublikalari bilan hamkorlikka qaratildi. 1994-yil 10-yanvar kuni О‗zbekiston bilan Qozog‗iston о‗rtasida, 1994-yil 16-yanvar kuni О‗zbekiston bilan Qirg‗iziston o‗rtasida yagona iqtisodiy makon to‗g‗risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 30-aprelda Cho„lponota shahrida О‗zbekiston, Qozog‗iston, Qirg‗iziston o‗rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to‗g‗risida uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Uch davlat Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Olmaota shahrida bo‗lib o‗tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o‗rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo‗ldi. Unda o‗zaro integratsiyani kuchaytirish bo‗yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to‗g‗risida bitimlar imzolandi. Tomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta‘sis etdilar. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
Tashkilotning 1995-yil 14-aprel kuni Chimkentda, 1995-yil 15-dekabrda Jambulda, 1997-yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda (uch qardosh davlatlar o‗rtasida
abadiy do‗stlik haqida shartnoma imzolandi), 1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‗iston Respublikasining yangi poytaxti – Astana shahrida, 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda va 2000-yil 14-iyulda tashkilotga 1998-yilda a‘zo bо‗lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‗lib o‗tgan kengashida iqtisodiy integratsiy muammolari hal etib borildi. Dushanbe Kengashida MOIHning 2002-yilgacha bo‗lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo‗yicha birinchi navbatdagi say- harakatlari dasturi to‗g‗risida, 2005-yilgacha bo‗lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish strategiyasi haqida qarorlar qabul qilindi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin