О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


MILLIY OLIMPIYA QO„MITASI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə75/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

MILLIY OLIMPIYA QO„MITASI – О‗zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, olimpiya harakati va sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti. 1992-yil 21-yanvarda tashkil etilgan. 1993-yilning 21-yanvarda Xalqaro Olimpiya qо‗mitasining 101- sessiyasida mazkur tashkilotga teng huquqli a‘zo sifatida qabul qilingan.
NAVRUZ (f. – yangi kun) – bahorgi kun va tun tengligi paytida О‗rta Osiyo va Sharq xalqlari nishonlaydigan qadimiy an‘anaviy bayram. Shamsiya (quyosh)- yil hisobida-yilning birinchi kuni (21 yoki 22-mart). Navrо‗z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami hisoblanadi. Dastlab, navrо‗z bayramini о‗tkazish о‗troq dehqon aholisi orasida rasm bо‗lgan, keyinchalik ular orqali yarim о‗troq va kо‗chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan.
QADRIYAT (ar – qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar, xalq boyligi) –

  1. borliqdagi muayyan hodisalarning ijtimoiy, madaniy va insoniy mazmunini kо‗rsatish uchun ilmiy adabiyotlarda keng foydalaniladigan ibora. Odatda, guruhga oid (ijtimoiy) va shaxsga oid qadriyatlar, shuningdek moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy qadriyatlar bir-biridan farqlanadi; 2) inson uchun ahamiyatli, uning uchun qimmatli va muhim bо‗lgan, uning faoliyatida mо‗ljal hisoblanuvchi narsa- hodisa.

UCH BOSQICHLI SPORT MUSOBAQALARI – mamlakatimizda o‗quvchi va talaba yoshlar o‗rtasida sportga bo‗lgan xavas va intilishni qo‗llab- quvvatlash, jamiyatda sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‗nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‗yicha mamlakat terma jamoalariga sport zahirasini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan sport musobaqalari tizimi.
Umid nihollari” sport musobaqasi 7-18 yoshgacha, ya‘ni umumiy o‗rta ta‘lim maktablari va akademik litseylarning I-II kurs o‗quvchilari o‗rtasida o‗tkaziladi. ―Umid nihollari‖ sport o‗yinlari ilk marotaba 2002-yil Farg‗onada, 2003-yili Xorazmda, 2006-yili Qarshida, 2009-yili Gulistonda, 2012-yili Navoiyda, 2015-yili Xorazm viloyatida yuqori saviyada tashkil etildi.
Barkamol avlod” sport musobaqasi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning 17-20 yoshdagi o‗quvchilari ishtirokida o‗tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining ―Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida‖gi Qarori (2001-yil, 19- yanvar) asosida tashkil etilgan hamda ―О‗quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb
qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida‖gi (2003-yil, 3-iyun) Qaroriga binoan saralash musobaqalari oʻquv yurti, tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Respublika final bosqichlari ilk bor Jizzax (2001), soʻngra Andijon (2003) va uchinchisi Toshkent (2005) viloyatlarida boʻlib oʻtdi.
Universiada” sport musobaqasida oliy ta‘lim muassasalari bakalavriat bosqichining I-VI kurs hamda magistratura bosqichining I-II kurs 17-28 yoshdagi talabalari qatnashadi.
Uch bosqichli sport musobaqasida yoshlar 28 sport turi bo‗yicha bellashadi. Jumladan, futbol, gandbol, voleybol, mini-futbol, basketbol, stritbol, dzyudo, ushu, badminton, tennis, yengil atletika, velosport, suzish, stol tennisi, sport va badiiy gimnastika, boks, og‗ir atletika, shaxmat, armrestling, karate, taekvondo, kurash, turon va belbog‗li kurash, o‗zbek jang san‘ati, erkin va yunon-rum kurashlari turlari bo‗yicha bellashuvlar bo‗lib o‗tadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin