О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


XORAZM “MA‟MUN AKADEMIYASI”



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə76/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

XORAZM “MA‟MUN AKADEMIYASI” – 1004-yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganjda Xorazmshoh Ma‘mun ibn Ma‘mun tomonidan tashkil etilgan akademiY. Bu akademiya (―Ma‘mun akademiyasi‖) ning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X a.-1034), Abulhayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy (970- 1011), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil etgan. 1017-yilda Mahmud G‗aznaviy Xorazmni bosib olgach
―Ma‘mun akademiyasi‖ о‗z faoliyatini tо‗xtatgan. Olimlarning kо‗pchiligi G‗azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabrda О‗zbekiston Prezidenti I. Karimovning ―Xorazm Ma‘mun akademiyasini tiklash tо‗g‗risida‖gi Farmoni e‘lon qilinib, mazkur farmonga binoan, bu akademiya tarkibida arxeologiya, til va adabiyot, biologiya bо‗limlari tashkil qilindi va ajdodlarimizning ismi va ruhiga loyiq ish olib borish kabi hayrli ishlarni boshladi.
YUNESKO tashkiloti О‗zbekiston Respublikasining taklifi bilan 2005-yilda Ma‘mun akademiyasining 1000 yilligi anjumanini о‗tkazish tо‗g‗risida qaror qabul qildi va bu yurtimizda tantanali ravishda keng nishonlandi.
XOTIRA VA QADRLASH KUNI” – О‗zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashib halok bо‗lganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan yurtimizning barcha о‗g‗lonlari xotirasini abadiylashtirish hamda bugun ham saflarimizda turib Vatan obrо‗-e‘tiborini yuksaltirishga yoshlarni ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qо‗shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qо‗yish maqsadida ta‘sis etilgan.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―9-mayni Xotira va qadrlash kuni deb e‘lon qilish tо‗g‗risida‖gi 1999-yil 2-mart Farmoni (PF-2243)ga binoan Toshkent shahrining ―Mustaqillik‖ maydonida 1999-yil may oyida Xotira maydoni yodgorlik majmuasi barpo etildi. Majmua ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan vatandoshlarimizning viloyatlar kesimida joylashtirilgan xotira rо‗yxati joylashtirilgan ayvon va ―Motamsaro ona haykali‖ni о‗z ichiga oladi.
XOTIRA VA QADRLASH MAYDONI – Toshkent shahridagi yodgorlik majmuasi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini tiklash va abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.
1999-yil 2-martda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
―9-mayni Xotira va qadrlash kuni, deb e‘lon qilish tо‗g‗risida‖gi Farmoni e‘lon qilindi. 1999-yil 9-may kuni ushbu majmuaning ochilish marosimi bо‗lib о‗tdi va О‗zbekiston Respublikasida birinchi bor 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi.
Xotira va qadrlash maydoni Mustaqillik maydonining shimoliy tomonidagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan bо‗lib, maydonning tо‗rida Motamsaro ona haykali о‗rnatilgan (haykaltarosh I.Jabborov). Xiyobonning shimol va janub tomonida ayvonlar qad kо‗targan. Ayvonlar tokchalariga о‗rnatilgan metall taxtalarga ikkinchi jahon urushida halok bо‗lgan barcha о‗zbekistonlik jangchilarning ismi-shariflari viloyat va tumanlar kesimida yozib qoyilgan. Xuddi shunday me‘moriy inshootlar respublikamiz viloyatlari markazlarida ham bunyod etilgan.
SHAHIDLAR XOTIRASI” YODGORLIK MAJMUI – о‗tgan asrning
30-40-yillarida shо‗rolar tomonidan millatimizning ilg‗or vakillari qatl qilingan qatlgoh о‗rnida barpo etilgan yodgorlik majmuasi. Toshkent shahrining Yunusobod tumani Bо‗zsuv kanali bо‗yida 2000-yilda О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. 2002-yilda majmua tarkibiga kiruvchi ―Qatag‗on qurbonlari xotirasi‖ muzeyi tashkil etildi.
SHARQ TARONALARI” – О‗zbekistonda har ikki yilda bir marotaba о‗tkaziladigan xalqaro musiqa festivali. Ushbu festavalni о‗tkazishdan kо‗zlangan asosiy maqsad xalqlar о‗rtasida dо‗stlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar о‗rtasida dо‗stlik va ahillikni keng targ‗ib etish; mamlakatimiz musiqa san‘atining jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targ‗ib etish; Sharq xalqlari musiqa san‘atini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, о‗zbek hamda boshqa xalqlarning musiqa san‘ati an‘analarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot va hamkorlik qilish; yosh avlodni Sharq xalqlari musiqa san‘atiga, ayniqsa, о‗zbek milliy musiqasiga bо‗lgan qiziqishlarini qanoatlantirish; Sharq mamlakatlari musiqa san‘atining an‘analarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirish; Sharq xalqlarining an‘anaviy musiqa san‘ati sohasidagi ilmiy о‗rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, о‗zaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish xisoblanadi.
1997-yil 26-avgust – 2-sentabr kunlari Samarqandda birinchi ―Sharq taronalari‖ xalqaro festivali о‗tkazildi. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san‘atshunoslar, jamoal arboblari ishtirok etdilar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin