О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə72/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

8-MAVZU:

MA‟NAVIY HAYOTDAGI О„ZGARISHLAR, MADANIY
TARAQQIYOT MUAMMOLARI.



Reja:

  1. Ma‟naviyat va ma‟rifat davlat siyosatining ustuvor yо„nalishi. 2.Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning

tiklanishi.

  1. Mustaqillik yillarida madaniy hayot.

  2. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi.

  3. O„zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.



Tayanch tushunchalar: Qadriyat, Milliy qadriyatlar, Madaniy meros, Mafkura, “Shahidlar xotirasi”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Navroʻz”, “Ma‟naviyat va ma‟rifat” jamoatchilik markazi, “Oltin meros”, Davlat tili, Milliy istiqlol gʻoyasi, Xorazm “Ma‟mun akademiyasi”, Ma‟rifat markazi, “Oʻzbeknavo”, “Sharq taronalari”, Xunarmandchilik festivali, Baxshichilik festivali, “Umid nihollari”, “Sogʻlom avlod”, “Universiada”, Milliy olimpiya qo„mitasi, О„zbek kurashi, Ekoturizm.

Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog‗liq. Mustaqillik davrida ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yо‗nalishiga aylandi. Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bо‗lishi mumkinligi omma ongiga singdirildi.


Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi, kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi.
Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg‗otuvchi kuchdir.
1994-yil 23-aprelda Respublika Ma‟naviyat va ma‟rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. Ushbu markaz xalqimizning boy ma‘naviy merosini о‗rganish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat va millat kelajagini belgilaydigan ilg‗or g‗oyalarni yuzaga chiqarish bо‗yicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1996-yil 9-sentabrdagi ―Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tо‗g‗risida‖gi Prezident Farmoniga asosan, 1997-yildan boshlab 1-oktabr
―О‗qituvchilar va murabbiylar kuni‖ deb e‘lon qilindi, ―Ma‘naviyat‖ nashriyoti tashkil etildi, ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖ jamoatchilik markazi qoshida ―Oltin meros‖ xalqaro xayriya jamg‗armasi tuzildi.
Istiqlol yillarida О‗zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish, ayniqsa, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga katta e‘tibor berildi. Istiqlol Sobiq Ittifoq davrida qarovsiz ahvolda qolgan noyob obidalarni saqlash, ularni kelgusi avlodlarga bekamu kо‗st yetkazish imkonini berdi. Faktlarga e‘tibor qaratadigan bо‗lsak, sobiq tuzum davrida 6700 dan ortiq madaniy va tarixiy yodgorliklarni ta‘mirlash ishlariga 1990-yilda 12,4 mln. sо‗m ajratilgan bо‗lsa, 1992-yilda respublika byudjetidan bu maqsadga ajratilgan mablag‗lar 65,4 mln. sо‗mni tashkil etdi.
Sovetlar mustabid tuzumi sharoitida о‗zbek milliy madaniyati kо‗p zarar kо‗rdi. Barcha mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura namoyondalari ham о‗zbek xalqini qul qilish uchun, eng avvalo, uning milliy madaniyatini yо‗q qilishga urindilar.
О‗zbek xalqi katta yо‗qotishlarga qaramasdan, о‗zligini, о‗z milliy madaniyatini saqlab qola bildi. Bu esa mustamlakachilar davrida yо‗qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, о‗zligini anglash imkonini berdi.
Bugungi kunda О‗zbekiston “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qо‗ydi. Yangi davr shiddati ta‘lim-tarbiya tizimiga ham о‗zining aniq, qat‘iy talablarini qо‗ymoqda.
2019-yil 3-mayda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma‟naviy- ma‟rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo„yicha qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Qarori (PQ-4307) qabul qilindi. 2019-yil 23-avgust kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ―Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o„qituvchi mavqeini oshirish” masalalariga bag‗ishlangan videoselektor majlisi bo‗lib o‗tdi. Majlisda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq qilish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida 2019-yil 31-dekabrda “Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasi” qabul qilindi. Konsepsiya doirasida 2020-2021-oq‘uv yilidan boshlab umumiy о‗rta ta‘lim muassasalarida I-XI sinflar uchun bir-birini takrorlaydigan
―Odobnoma‖, ―Vatan tuyg‗usi‖, ―Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari‖,
―Dinlar tarixi‖ fanlarini birlashtirgan holda “Tarbiya” fani joriy qilindi.
Ma‘lumki shо‗rolar davrida о‗zbek xalqi azaldan ardoqlab, avaylab-asrab kelgan milliy urf-odat, an‘ana, qadriyatlar, ayniqsa, milliy bayramlariga qarshi sobiq markazning asossiz kurashi boshlandi. Kо‗plab milliy marosimlar cheklandi. Avvallari nishonlangan ―Hosil bayrami‖, ―Qovun sayli‖, ―Gul bayrami‖ va boshqa xalq bayramlari unutilib, ―Navrо‗z‖ bayrami ta‘qiqlab qо‗yildi.
О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov о‗z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni ma‘naviy poklantirish, milliy madaniyatlarning о‗zaro uyg‗un rivojlanishiga erishish, xalqimizning an‘ana, urf- odat va qadriyatlari, marosimlarini tiklashga alohida e‘tibor bera boshladi.
1990-yil 2-mayda e‘lon qilingan Prezident Farmoni bilan mamlakatimizda
Navrо„z an‘anaviy bayrami qayta tiklandi, tarixiy haqiqat va adolat qaror topdi.
О‗zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi ―Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‗g‗risida‖gi Farmoniga binoan xalqimiz tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. 1992-yil 7-martda О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bо„yicha qо„mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi erkinligiga kafolat berildi. 1992-yil 27- martda Prezident farmoni bilan Ro„za-ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e‘lon qilindi. Diniy-axloqiy mavzuda kо‗plab kitoblar chop etildi. О‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida”gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.
1999-yil 7-aprelda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida (2018-yil 16- apreldan Xalqaro Islom Akademiyasi) bugungi kunda minglab talaba yoshlar tahsil olmoqda.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‗ nomi o‗z o‗rniga qo‗yildi. 1993-yil 16-sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‗lib o‗tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‗liq bo‗lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‗ishlangan qator risolalar chop etildi.
1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog‗ida Imom al- Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Ismoil al- Buxoriyning 4 jildlik ―A1-Jomi‘ as-Sahih‖ kitobi nashr etildi.
2000-yil 16-17-noyabr kunlari Marg‗ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg„inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‗ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‗nonyning islom huquqiga bag‗ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Keyingi yillarda islom olamining taniqli allomalari Imom Abu

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin