О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə73/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Abduxoliq G‗ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kuhroning 850 yilligi, Xoja Ahror Yaliy tavalludining 600 yilligi keng ko‗lamda nishonlandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida ham malakatimizda vijdon erkinligining kafolatlanishi va diniy konfessiya vakillarining hamjihatlikda faoliyat kо‗rsatishlariga xizmat qiluvchi qator islohotlar davom ettirildi. 2017-yil 17- fevralda Prezident Farmoni bilan Termiz shahrida Imom at-Termiziy nomidagi Xalqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi. 2018-yil 16-aprelda ―Diniy- ma‘rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Prezident Farmoni e‘lon qilinib, unga kо‗ra Toshkent Xalqaro Islom Akademiyasi va uning tarkibida Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo mintaqaviy filiallari tashkil etildi.
Jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an‘analarning, o‗rni va ahamiyati katta. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mazkur madaniy merosni tiklash va uni xalqqa yetkazish bо‗yicha jiddiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 1991-yilning
―Alisher Navoiy yili‖ deb e‘lon qilinishi katta ijtimoiy-madaniy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 1994-yilda ulug‗ olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‗bekning 600 yilligi keng nishonlandi, 1996-yil mashhur sarkarda, davlat arbobi Amir Temur nomi bilan bog‗landi. Shuningdek, Ahmad al-Farg‗oniyning 1200 yilligi, afsonaviy sarkarda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, ―Alpomish‖ dostonining 1000 yilligi, Xorazmda ―Avesto‖ kitobibnig 2700 yilligi keng nishonlandi.
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2004-yilda Qarshi (Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ―Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9- may kuni uning ochilish marosimi bo‗lib o‗tdi.
2009-yil 1-sentabrda ―О‗zbekiston‖ anjumanar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‗ishlangan majlis bо‗lib о‗tdi. I.A.Karimov Toshkent shahriga
―Mustaqillik‖ ordenini topshirdi.
Toshkent shahrining Bo‗zsuv kanali bo‗yida qatag‗on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‗lib o‗tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag„on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002- yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi.
2020-yil 9-mayda pandemiya shroitiga qaramasdan fashizm ustidan erishilgan g‗alabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Galaba bog„i” majmuasi barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 9-may an‘anaviy ravishda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda.
2019-yil 21-oktabr kuni poytaxtimizda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ishtirokida О‗zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga
bag‗ishlangan tantanali marosim bо‗lib о‗tdi. Shu kuni ―О‗zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖ Prezident Farmoni (PF-5850) e‘lon qilindi. Farmonga kо‗ra Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
2017-yil 18-aprelda Prezident Qarori (PQ-2894) asosida Alisher Navoiy nomidagi О‗zbekiston Milliy bog‗i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish sihlari boshlandi va 2020-yilda ushbu gо‗zal xiyobon qurilishi yakunlandi.
2017-yil 6-noyabrda Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi munosabati bilan Jizzax shahrida yodgorlik majmuasi ochildi.
Xullas, mustaqillik yillarida urf-odat, milliy qadriyatlar, umuman, madaniy merosni tiklash yо‗lida amalga oshirilgan ishlar mamlakat va jamiyat ma‘naviy qiyofasini о‗zgartirdi, xalqimizda milliy о‗zlikni anglash jarayonini yanada chuqurlashtirdi.
Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‗ldi. Badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, To‗ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug‗ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.
Shukrulloning ―Kafansiz ko‗milganlar‖, To‗lepbergen Qayipbergenovning ―U dunyoga, bobomga xat‖, Nazar Eshonqulovning ―Qora kitob‖, О‗tkir Hoshimovning ―Tushda kechgan umrlar‖, Xudoyberdi To‗xtaboyevning
―Qasoskorning oltin boshi‖, Oygul Muhammad qizining ―Jannat qushi‖, Tog‗ay Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ kabi asarlarida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning qatag‗onlik, zo‗ravonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvish-u kulfatlar, g‗am-g‗ussa alamlari tasvirlab berildi.
Tohir Malikning ―Shaytanat‖ (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning ―Tutash olamlar‖ asarlarida insonni imon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg‗ulari o‗z aksini topgan.
2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Milliy bog‗ hududida muhtasham Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog‗istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug‗ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etildi. Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida qator tadbirlar amalga oshirildi.
Sо‗nggi yillarda mamlakatimizda musiqa madaniyati saviyasini yangi bosqichga kо‗tarish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Sohaning qonunchilik bazasi mustahkamlandi va zamonaviylashtirildi. Jumladan:
2017-yil 20-iyul kuni Xorazmda О‗zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami nishonlandi. 2017-yil 15-avgustda
―О‗zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish tо‗g‗risida‖ Prezident Qarori (PQ-3212) e‘lon qilindi.
2018-yil 6-10-sentabr kunlari Shahrisabzda Xalqaro maqom san‘ati anjumani bо‗lib о‗tdi. 2019-yil 6-10-aprel sanasida Surxondaryoda Xalqaro baxshichilik san‘ati festivali о‗tkazildi.
2019-yil 30-avgustdan boshlab Toshkentda Xareografiya oliy maktabi yangi zamonaviy binoda о‗z ishini boshladi.
Bugungi kunda О‗zbekistonda 90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoatcnilik muzeylari faoliyat ko‗rsatmoqda. Ularda ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va namoyish dilinmoqda. Mamlakatimizning me‘moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‗yxatiga kiritilgan. 2500 ta me‘moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san‘at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‗riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me‘moriy obidalar, monumental san‘at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e‘tirof etilgan.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, u inson salomatligini mustahkamlash, yosh avlodning jismoniy barkamolligi hamda sport mahoratini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Qolaversa, hech bir soxa mamlakatni sportchalik tez dunyoga tanita olmaydi. Respublikamizda MDHga a‘zo davlatlar ichida birinchilardan bо‗lib, 1992-yil 14-yanvarda О‗zbekiston Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport tо‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi.
О‗zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatiga a‘zo bо‗lib kirish maqsadida 1992-yil 21-yanvarda Milliy Olimpiya qо‗mitasi (MOQ)ni tashkil etdi. 1993-yilda Xalqaro Olimpiya Qо‗mitasining 101-sessiyasida О‗zbekiston XOQ a‘zosi sifatida tan olinib, xalqaro sport hamjamiyatining tо‗laqonli subyektiga aylandi.
1996-yil avgustda Toshkentda ―Olimpiya shon-shuhrati‖ muzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, Olimpiya harakati, sportchilar erishgan yutuqlar о‗z ifodasini topdi.
2017-yil ayniqsa о‗zbek milliy kurashi tarixida yorqin sahifa bо‗ldi. Sentabr oyida Turkmanistonda bо‗lib о‗tgan Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig‗ilishida ushbu milliy sport turini Osiyo о‗yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. 2018-yil Indoneziyada bо‗lib о‗tgan XVIII-Osiyo о‗yinlarida qit‘amiz sportchilari о‗zbek milliy kurashi bо‗yicha ham о‗zaro bellashdilar.
2019-yil 16-martda poytaxtimizda ―Humo‖ muz sporti saroyi, shuningdek, Toshkent viloyatida Amirsoy zamonaviy sport dam olish maskani ishga tushirildi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida О‗zbekistonda jismoniy madaniyat va sport ishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun yetarli darajada huquqiy-meyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, ular asosida sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda qatnashish bilan birga, milliy sport turlarini targ‗ib qilish faollashdi. Yuqorida aytib о‗tilgan qaror va farmonlarning amalda bajarilishi natijasida sport davlat siyosatining muhim
yо‗nalishi ekanligini, uning tobora yuksalib borayotgan о‗rnini yurtimizda sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish, insonlarning yoshi, jinsi, millatidan qat‘i nazar, sportga jalb etish, sportdagi erishilgan yutuqlar milliy g‗ururning oshishiga xizmat qilayotganini kо‗rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, bugungi kunda turizm jahonning 83 foiz mamlakatida davlat byudjetiga eng katta daromad keltiradigan 5 ta muhim sohalardan biri hisoblanadi. О‗zbekiston esa sayyohlik kо‗lami va tarixiy qadamjolari kо‗pligi bо‗yicha dunyoning 10 ta yetakchi mamlakati qatorida turadi.
Istiqlol yillarida mamlakatimizda qadimiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, mahalliy turoperatorlarni qo‗llab-quvvatlash, ularga o‗z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, joylarda sohaga oid infratuzilmani barpo etish, shuningdek, turizmning boshqa yo‗nalishlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Natijada Buyuk Ipak yo‗li chorrahasida joylashgan yurtimiz betakror osori-atiqalari, urf-odatlaru milliy taomlari, go‗zal tabiatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‗ldi.
Bu esa boy tarixga ega va zamon bilan hamnafas yashayotgan O‗zbekistonni o‗z ko‗zi bilan ko‗rmoqchi bo‗lgan sayyohlar sonining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qilyapti. Xususan, 1990-yillarda mamlakatimizga bir yilda 150 ming sayyoh tashrif buyurgan bo‗lsa, 2013-yilda bu ko‗rsatkich 1,2 million nafardan ortdi. Ammo, potensial imkoniyatlarimizdan kelib chiqib qaralsa bu qoniqarli kо‗rsatkich emas.
Shu maqsadda 2016-yildan boshlab turizm industriyasini rivojlantirishga katta e‘tibor berila boshlandi. Jumladan, 2016-yil 2-dekabr kuni ―Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖ Prezident Farmoni (PF-4861) asosida Turizmni rivojlantirish davlat qо‗mitasi tashkil etildi (PQ- 2666).
Yurtimizda 8 ming 300 ta madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO rо‗yxatiga kiritilgan. Mamlakatimizning betakror tabiati, gо‗zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yо‗nalishlar ochish, bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat turizmi, ekologik, ma‘rifiy, etnografik, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbolari mavjud.
2018-yildan Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo‗lgan “kichik haj” dasturini rivojlantirish va jadallashtirish ishlari boshlab yuborildi. Sohaga malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2018-yil 28-iyun sanasida Samarqand shahrida ―Ipak yо‗li‖ turizm xalqaro universiteti tashkil etildi.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bо‗yicha kompleks choralar kо‗rish dolzarb masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek bizda turizm kо‗pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qо‗riqxonalar, tog‗li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi.
So‗nggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirila boshlandi. 2019-yilda 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy etilishi natijasida mazkur yilda yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016-yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko‗p demakdir.
Shu munosabat bilan 2019-yilda 2019-2025-yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2021-yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid kо‗plab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million dollarlik xizmatlar eksportini ta‘minlash mumkin.
2021-yil 6-aprelda Prezident Sh.Mirziyoyev ―Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qо‗mitasi negizida “Turizm va sport vazirligi” tashkil etildi.
Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin