Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
«Demokratik kuchlar bloki»
UzLiDeP
(53)
Milliy tiklanish
(36)
Parlament
muxolafati
ASDP
(24)
XDP
(22)
Ekopartiya (15)
Turi
qonun chiqaruvchi hokimiyat
Maqomi
oliy davlat vakillik organi
Ishga tushgan sanasi
2002-yil
20-yanvar
Joylashuvi
Toshkent shahri, Bunyodkor shoh koʻchasi, 1-uy
Hududiy hizmati
Oʻzbekiston
Spiker
Nurdinjon Ismoilov
Bosh mahkamasi
Kengash
Aʼzolari
150 nafar aʼzodan iborat
Vebsayti
parliament.gov.uz (http://parliament.gov.uz)
Til(lar)i
Oʻzbek, Rus
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
79-moddasida vakolatlari berilgan. Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning
oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish
toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
3. oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bogʻliq masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4. siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek
davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik
palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Spiker va uning oʻrinbosarlari yashirin
ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining
vakolati muddatiga saylanadi. Spiker yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan
Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1. Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2. Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil etadi;
5. parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament
tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik
qiladi;
.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
, boshqa davlat organlari, chet davlatlar,
xalqaro va oʻzga tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan
Vakolatlari
Spikeri
ish koʻradi;
7. Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
. ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga
oshiradi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar
chiqaradi.
Joriy chaqiruv
2019-yil 22-dekabr va 2020-yil 5-yanvarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi parlament saylovlarida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi joriy, IV chaqiriq saylangan. Hozirgi
kunda chaqiriq beshta siyosiy partiyaning beshta fraksiyasidan iborat bõlib, hukmron partiya
— markazchi
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
, hukumatga sodiq boʻlgan oʻng qanot “
Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
deputatlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.
“Adolat”
so‘l sotsial-demokratik
partiyasi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
hamda, O‘zbekiston
Ekologik partiyasi o‘zini parlament muxolifati deb xisoblaydi.
Shuningdek qarang:
IV chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari
ro‘yxati (2020-2025)
Tuzilmasi