O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan


III.Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə68/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

III.Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Seminar mashg‘ulotlarida talabalar Arxeologiyaga kirish fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga,seminarlar mavzulari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo‘shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.

ARXEOLOGIYAGA KIRISH” FANIDAN SEMINAR MASHG‘ULOTLARI UCHUN TAVSIYA ETILGAN MAVZULAR



  1. mavzu: Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari

  2. mavzu: O‘zbekistonda Arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot

bosqichlari

  1. mavzu: Arxeologiyaning tarmoq fanlari

  2. mavzu: Arxeologiyada aniq va tabiiy fanlar

  3. mavz u: Arxeologiyada texnologik kashfiyotlar

  4. mavzu: Arxeologik yodgorliklar va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati

  5. mavzu: O‘rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati evolyusiyasi haqida umumiy tushuncha

  6. mavzu: O‘zbekistonda arxeologik va xalqaro arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi

  7. mavzu: O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o‘rganish bo‘yicha mavjud qonun va qoidalar

Kirish

Ma’lumki, Arxeologiya (yunoncha “arxeo” – qadimgi, “logos” - fan), qadimshunoslik — qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati o‘tmishini o‘rganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-


yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining
qoldiqlari, hamda o‘tmishga oid turli topilmalar arxeologiyaning bosh manbai bo‘lib, ularni chuqur ilmiy o‘rganish asosida o‘tmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Arxeologik yodgorliklar va ularning turlari, saqlash va o‘rganish bo‘yicha mavjud qonun qoidalar, topilmalarni topish va ularni turlarga ajratish usullari, arxeologik manbalarni qazib olish va ularga ishlov berish usullari, fiksatsiya qilish, chizish, xarakterlash va analogiya keltirish usullari, yodgorliklarning yoshini aniqlash usullari, arxeologik ekspeditsiya tashkil etish qoidalari, arxeologik yodgorliklarni, moddiy madaniyat ashyolarini ta’mirlash usullari bilan talabalarni tanishtirish bu maxsus kursning asosiy vazifasidir. Talabalar bu maxsus kurs davomida olgan bilimlarini seminar mashg‘ulotlari davomida mustahkamlab boradilar.



Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin