Fan o‘qitilishidan kutiladigan natijalar (shakllanadigan
kompetensiyalar) Fanni o'zlashtirish natijasida talaba:
O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining asosiy bosqichlari; O'zbekiston san'ati tarixining ma'lum bir tarixiy hodisalari; jahon tarixida O'zbekiston madaniyati va san'atining tutgan o'rni;
Zamonaviy jarayonlarda O'zbekiston madaniyati va san'atining jahon hamjamiyatida namoyon bo'lishi, O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi masalalarini bilishi kerak;
Fanning dolzarb masalalarini o'rganish, O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining turli davrlaridagi o'ziga xosligi haqida, O'rta Osiyo Renessansi davrida madaniyat va san'at,
O'zbekistonning mustaqillik yillaridagi madaniyati va san'ati tarixini bilish ko'nikmalari va malakalariga ega bo'lishi kerak.
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo'lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to'la o'zlashtirish, tahlil natijalarini to'g'ri aks ettira olish, o'rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo'yicha yozma ishni topshirish.
Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:
Arxeologiya - umuminsoniyat tarixiga xizmat qiladigan fan.
Arxeologiya fanining shakllanishi tarixi
XIX asrning oxirida rus o‘lkashunoslarining dastlabki arxeologik izlanishlari.
YUTAKE faoliyati unda ToshDU O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tadqiqotlarining ahamiyati.
20 asr 70-90-yillarida arxeologiya tadqiqotlarining yangi bosqichi.
Paleozalogiya va paleobotanika fanlari yutuqlaridan ibtidoiy davr faunasi va florasi va xo‘jalik xususiyatlarining o‘rganishning ahamiyati. CHeksiz (absolyut) davrlashtirishda ximiya va fizika fanlarining o‘rni.
Paleantropologiya va arxeologiya.
Sfragistika, epigrafika, numizmatika arxeologiya fanining tarkibiy qismi sifatida.
Kishilik jamiyatining moddiy madaniyati davrlarida qilingan texnologik kashfiyotlar (paleolit, mezolit, neolit, eneolit).
Kishilik jamiyatining moddiy madaniyati davrlarida qilingan texnologik kashfiyotlar (bronza davri, ilk temir davri).
Kishilik jamiyatining moddiy madaniyati davrlarida qilingan texnologik kashfiyotlar (antik davr, o‘rta asrlar)
Jahonning eng yirik arxeologiya ilmiy markazlari
Geologik, erning shakllanish davri bo‘lgan uchlamchi va to‘rtlamchi davr qatlamlarida uchraydigan paleozoologik, paleobotanik topilmalar.
Paleolit davri yodgorliklari va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati.
Qadimgi qabr va qo‘rg‘onlar va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati.
Qadimgi qishloqlar, harbiy istehkom va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati.
Qadimgi ibodatxonalar, mudofaa devorlar, shaharlar va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati.
Qadimgi yo‘llar, karvonsaroylar va ularning tarixni o‘rganishdagi ahamiyati.