O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə11/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

Topografiya (yun. topos — joy va ...grafim) — Yer sirti (qurukGʻshk tabiiy sirti elementlari va unda joylashgan inson faoliyatiga bogʻliq obʼyektlar)ni geometrik jihatdan oʻrganish, ularni plan va xaritalarda tasvirlash bilan shugʻullanadigan ilmiy- texnik fan.
T. yirik masshtabli topografik xaritalarni tuzish bilan bogʻliq dala oʻlchash va hisobchizma ishlarini; joyda sʼyomka bazasi tarmogʻini qurish; oddiy asbob va usullarda bajariladigan sʼyomka ishlarini, aerofototopografik usulda bajariladigan sʼyomka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; topografik xaritalar tuzishning hamma bosqichlarida tahririy ishlarni taʼminlash; topografik xaritalar uchun shartli belgilarni ishlab chiqish va ularni mukammallashtirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.
Yer tabiiy sirtini oʻrganishda T. tabiiy va iqtisodiy geografiyaga asoslanadi; Yer sirtining tasvirini qogʻoz (tekislik)da hosil qilish (topografik xaritani yaratish)da esa u geodeziya va xaritagrafiya maʼlumotlaridan foydalanadi.Bizga malumki joy-yer yuzasining kichik bir bo‘lagidan barcha past balandliklar va undagi jamiki ob'ektlar yig‘indisidir.Joy tarkibi oz turiga ko‘ra ikki yirik guruhga ajratiladi:relef va joyning mahalliy elementlari.Topografik xarita-relef va mahalliy jismlar aniq,tushunarli va ko‘rgazmali ravishda tasvirlangan joyning asosiy chizmali hujjatidir.Topografik xaritalarda mahalliy jismlar umumiy qabul qilingan shartli belgilar bilan,relef esa balandlik nuqtalari ko‘rsatilgan egri chiziqlar (jigar ranggida)bilan tasvirlanadi.

6-mavzu. Arxeologiyada aniq va tabiiy fanlar




Reja:

  1. Arxeologiya va aniq fanlar

  2. Arxeologiya va tabiiy fanlar

TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR :


Paleoekologiya, arxeologiya, ximiya, fizika, geometriya, matematika, botanika, paleobotanika, paleozologiya, geologiya, geografiya, tarixiy geografiya, statistika va
h. k.
ANNOTATSIYA: Antropogen (to'rtlamchi davr) arxeologiyasini o'rganishda geologik fanining ahamiyati. Pleystotsen davri qatlamlari va ularning paleolit davrini o'rganishdagi ahamiyati. Paleoekologiya va arxeologiya. Paleozalogiya va paleobotanika fanlari yutuqlaridan ibtidoiy davr faunasi va florasi va xo'jalik xususiyatlarining o'rganishning ahamiyati. Cheksiz (absolyut) davrlashtirishda ximiya va fizika fanlarining o'rni. Matematik statistika va arxeologiya.
Arxeologiyada matematik statistika usullarining qo‘llanilishi. Arxeologik tadqiqotlarda matematik statistikaning qo‘llanilishi arxeologik topilmalar sonining keskin oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlarda to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar ichidan umumiylikni rekonstruksiya qilish yoki katta hajmdagi ma’lumotlardan uning muhim xususiyatlarini ajratib olish kerak bo‘ladi. Bu holat esa, o‘z navbatida, arxeologiyada matematik statistikaning qo‘llanilishini taqozo etgan. Ko‘p sonli arxeologik topilmalarni tartiblash, tasniflash va tiplarga ajratish lozim. Bu jarayonni esa bevosita ularni tasniflash va statistik qayta ishlashsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Arxeologiyada dastlab taxminiy statistika va matematik usullarning qo‘llanilishi o‘tgan asrning 20-yillarida rus arxeologlari tomonidan amalga oshirilgan. G‘arbda esa statistika usullari ilk bor 1936 yil A.V. Kidder tomonidan paleolit davri topilmalarini o‘rganishda qo‘llanilgan. XX asrning 40-yillaridan boshlab AQSH olimlari tomonidan ham arxeologik tadqiqotlarda taxminiy statistika usullari qo‘llanila boshlangan. Bu borada amalga oshirilgan navbatdagi tadqiqotlar, xususan, J. Breyner tomonidan arxeologiyaga oid muammolarni matematik usullar bilan yechish yo‘llari ko‘rsatib berildi. Albatta, arxeologiyada statistika va matematik usullarning samaradorligi muammoning to‘g‘ri tuzilganligi va uni yechishda mos matematik usullarni tanlashga bog‘liq bo‘ladi.
Arxeologiyada statistika va matematik usullarni quyidagi masalalarni yechishda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. Arxeologik obyektlarning o‘rtacha o‘lchamlarini qadimgi davr binokorlari tomonidan amal qilingan “standartlar” sifatida belgilab olish. Bunday muammo obyektlarni chuqur tadqiq etish va ularni o‘zaro taqqoslashda vujudga keladi.

  2. Obyektlar va topilmalarning o‘xshash hamda farq qiluvchi xususiyatlarining uchrash chastotasini tadqiq etish.

  3. Bir-biriga mos kelmaydigan obyektlar, madaniyatlar yoki ularning mahalliy ko‘rinishlarining o‘xshash va farq belgilari asosida tadqiq etish.

  4. Arxeologik tasniflashni tuzishda yuqori yoki past ahamiyatli xususiyatlarini aniqlash maqsadida arxeologik obyektlar xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqlik strukturasini o‘rganish.


  1. Yüklə 3,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin