O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə10/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

Geologiya (geo... va...logiya) — Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. Geologiya terminini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. Geologiyaning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod boʻlib, oʻtmishni bilish, zamonaviy taraqqiyotni oʻrganish orqali boʻladi (k,.Aktualizm). 18-asr va 19-asr boshlarida Geologiya tabiatshunoslikning mustaqil tarmogʻiga aylandi (xorijda U. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hozirgi Geologiya bir necha tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik, dengiz geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, litologiya va geokimyo, foydali qazilmalar Geologiyasidan iborat. Geologiya tabiiy geografiya, geofizika („qattiq“ Yer fizikasi), kristallografiya, paleontologiya va boshqa fanlar bilan yaqindan bogʻliq. Amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va boshqa Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yoʻnalishlar — petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va boshqa G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. Geologiyada 3 asosiy yoʻnalish mavjud: tavsifiy Geologiya
— minerallar, togʻ jinslari, ularning tarkibi va yotish shaklini oʻrganadi; dinamik Geologiya— geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy Geologiya va geoxronologiya — Yer pusti rivojlanishining izchilligini oʻrganadi.

  • Geologiya Yer yuzasida (yoki oz chuqurlikda) boʻladigan jarayonlarni oʻrganishda tabiiy geogr. fanlari (geomorfologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va boshqalar) yutuqlaridan foydalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, radiologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofizika metodlari qoʻllaniladi („qattiq“ Yer fizikasi, seysmologiya bilan birga).

  • Geologiya fan sifatida odamlarning amaliy faoliyati negizida tarkib topdi va rivojlandi. Uzoq oʻtmishda odamlar temir, mis, oltin kabi sof metallar qatori qalay, mis birikmalariga boy rudalarni ham topa bilganlar. Shuningdek, ular Yerning, togʻ jinslarining hosil boʻlishi, quruqlik va dengizlarning tarqalish masalalarini hal etishga ham uringanlar. Yunon faylasufi Fales atrofdagi hamma narsalar suvdan hosil boʻlgan va soʻngra qaytadan suvga aylangan deb hisoblagan. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda togʻ tepalarida dengiz mollyuskalarining toshqotgan chigʻanoqlari topilganda. Strabon (miloddan avvalgi 63 yil — milodiy 1-asrning 20-yillari) Yer doimiy oʻzgarishda, harakatda boʻlib goho koʻtarilgan, natijada orol va qitʼalar hosil boʻlgan, goh qaytadan choʻkkan, degan fikr yuritgan. 18-asrning 2-yarmida G. fan boʻlib shakllandi. Rus olimi M. V. Lomonosov „Yer qatlamlari haqida“ (1763) asarida tabiatiing qonuniy evolyutsiyasi gʻoyasini olgʻa surdi. Shotland geologi J. Getton

„Yer nazariyasi“ (1788) kitobida Yer tarixini davriy ravishda bir kontinentning yoʻq boʻlishi va yangi kontinentning vujudga kelishining toʻxtovsiz takrorlanuvchi sikllaridan iborat deb tasvirlagan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshida U. Smit, J. Kyuvye, P. S. Pallas, D. I. Sokolovlar stratigrafiya va geologik yilnomaga asos soldilar. M. V. Lomonosov va K. Goff (19-asrning 1-yarmi) aktualizm prinsipini ishlab chiqdilar. Geologiya nazariy asoslarining keyinchalik rivojlani-shi 1829-yilda Eli de Bomon yaratgan kontraksiya nazariyasi (bu nazariyaga koʻra tektonik harakatlarning sababchisi Yer yadrosining qisqarishi boʻlgan) va amerika olimi J. Xoll (1811—98) tomonidan ishlab chiqilgan geosinklinallyar toʻgʻrisidagi taʼlimot asosida boʻldi. 1930-yillarda Geologiyadan neft va gaz geol.si mustaqil soha boʻlib ajralib chikdi. Bu sohaning asoschisi I. M. Gubkin neft va gaz konlarining organik yoʻl bilan paydo boʻlishi toʻgʻrisida yangi gipoteza yaratdi va natijada VolgaUral oraligʻida „Ikkinchi Boku“ neft koni topiddi.

  • Oʻzbekistan hududida foydali qazilmalarni izlab topish va oʻrganish juda qadim vaqtlardan boshlangan. Geologik izlanishlar oʻrta osiyolik olimlar — Xorazmiy, Fargʻoniy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning asarlarida oʻz aksini topgan. Minerallar va ularning tasnifiga Abu Ali ibn Sino ham koʻp ahamiyat bergan. Uning „Shifo kitobi“ asarida toshlar, avvalo, mayda gil choʻkindilarining bir-biriga yopishuvi, soʻngra qotishi tufayli paydo boʻlganligi taʼkidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham oʻz fikrini aytgan. Ibn Sino togʻ hosil boʻlish va zilzilalar sababini tushuntirib, quruqliklar bir necha bor dengiz bilan almashinib turganligini taʼkidlaydi. Beruniyning minerallar haqidagi asarlari ayniqsa katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U „Mineralogiya“, „Kimmatbaho toshlarni oʻrganish uchun maʼlumotlar toʻplami“ kabi asarlarida 50 dan ortiq mineral va maʼdan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari va boshqa toʻgʻrisida maʼlumot berib, Movarounnahrda qanday konlar borligini aytgan. Minerallarni qattiqligi, s. of. kabi fizik xossalarini oʻrgangan. Yerning yoshini aniqlashda ham olimning hissasi bor. Oʻrta Osiyo hududini rejali ravishda urganish I.

V. Mushketov faoliyati bilan bogʻliq (19-asr). U Oʻrta Osiyoning toʻliq, haqiqiy ilmiy geologik va tektonik sxemasini tuzdi. 20-asr boshlarida K. I. Bogdanovich, V. N. Veber, D. V. Nalivkin, V. A. Obruchev va boshqa tadqiqot ishlari olib borishgan.
Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar olib borish 1920-yillardan keyin jadallashdi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Toshkent)ning fizikamatematika fakultetida geolog olimlar O. K. Lange, M. M. Protodyakonov, A. S. Uklonskiy, V. G. Muxin, N. F. Bezobrazovalar rahbarligida geolog mutaxassislar boʻlimi tashkil etildi.

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin