O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə18/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

10-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari moddiy madaniyati evolyusiyasi haqida
umumiy tushuncha
Reja:
REJA:

  1. Paleolit va mezolit davri O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari.

  2. Neolit va eniolit davri O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari .

  3. Bronza va ilk temir davri O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari.

  4. Antik va o'rta asrlar davri O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari.

TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR Arxeologiya, xronologiya, makon, manzilgoh, ov qopqoni, g'or,
qoyatosh rasmlar, qishloq, shahar, ibodatxona, qabr-qo'rg'onlar, harbiy istehkomlar, sardoba, karvonsaroy va h. k.

ANNOTATSIYA


O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari. (Paleolit davridan ilk temir davrigacha) Yangilik kuzatilgan yodgorlik. Davriy sana.
Sivilizasiya kishilik tarixida ishlab chiqarishga asoslangan jamiyatning yuksak darajada rivojlangan yuqori bosqichi. Sivilizasiya - iqtisodiy xo‘jalikda, ma'naviy va madaniiy hayotda, ilm-fan va san'atda, me'moriy mukammallikda, musiqa va adabiyotda erishilgan ulkan yutuqlar majmuasi, odamzod orzu etgan buyuklik hosilasi. Uning bu mavjud olamda in'ikosi arxeologik va etnografik, san'at va arxitektura majmualarida ko‘zga tashlanadi. Bu jihatdan hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlari joylashgan diyor bebaho va benazirdir. Ushbu diyorning qadimgi davr tarixiga doir murakkab etnosiyosiy vaziat hisobga olinib, bu zaminda yaratilgan boy tarixiy madaniy merosga hozirgi zamon xalqlarining barchasi ma'lum nisbatda dahldor ekanligi e'tirof etiladi.
Sivilizasiyalar tarixining ocherklarini yaratilishida mintaqa tarixi foni asosida urg‘u O‘zbekiston hududiy doirasidagi yodgorliklar bayoniga qaratildi. Chunki, tarix taqozasiga ko‘ra, O‘rta Osiyoning qadimgi sivilizasiya o‘choqlarining aksariyati mustaqil O‘zbekiston hududida joylashgan.
Ta'kidlash joizki, qadimgi sivilizasiyalar tarixi qachonkim odamzod ajdodlari hayotida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik kashf etilishi bilan boshlanadi. Bu kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotida buyuk iqtisodiy xo‘jaliq kashfiyoti bo‘lib, unga qadar ajdodlarimiz tabiat kuchlari oldida ojiz,tabiatning tayyor nozi-ne'matlarini o‘zlashtirishda hayot kechirgan. Bir necha ming va million yillarga cho‘zilgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik davri to
“neolit inqilobi”ga qadar davom etadi. Shundan boshlab kishilik tarixida ishlab chiqarishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy hayot boshlanadi.
Xo‘sh, o‘zlashtiruvchi xo‘jalik nima? Odamzodning ilk ajdodlari tabiatdagi tayyor tabiat nozi-ne'matlari hisobiga kun kechirib, o‘zi uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasiga o‘sib chiqmagan, yetmagan davr tarixi tushiniladi. Shuning uchun kishilik tarixini jahon fanida “o‘zlashtiruvchi xo‘jalik davri” va “ishlab chiqaruvchi xo‘jalik davri”ga ajratib o‘rganish qabul qilingan.
O‘zlashtiruvchi xo‘jalikning ulkan katta davri odamzodning shakllanish davri bilan bog‘liq bo‘lib, bu davrda odamzod ilk ajdodlari to‘da- to‘da bo‘lib yashashgan, hali odamzod ajdodlari tarixida urug‘-jamoachilik davri boshlanmagan, har bir to‘daning eng kuchli sardori yetakchiligida yashash uchun kurashgan.
Qachonkim odamzod ilk ajdodlari qoinotda uchrab turadigan chakmoq uchqunlari oqibatida o‘rmonlarga o‘t ketib, olovda chala pishgan hayvon g‘o‘shtini istemol qilaboshlashi bilan, ularning bosh miya xujayralarida o‘zgarishlar yuz beraboshlaydi. Bu biologik qonuniyat tufayli odamzod ilk ajdodlari hayvonat olamidan uzoqlashib, aqlli odam (Homo sapiens-sapiens) qiyofasida shakllanadi. Odamzod ajdodining aqlli odam qiyofasida shakllanishi bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar qadimgi tosh (paleolit) davrining so‘nggi bosqichi- yuqori paleolit davrida yuz beradi. Aynan shu davrdan boshlab kishilik tarixi, ya'ni uning dastlabki bo‘g‘ini - ona urug‘i - matriarxat boshlanadi.
Lekin, matriarxatni boshlanishi bilan insoniyat hayotida o‘zlashtiruvchi xo‘jalik davri yakun topmaydi, balki, aksincha o‘zlashtiruvchi xo‘jalik davri “neolit inqilobi”ga qadar davom etadi. Qadimgi tosh davrining so‘ngi bosqichi – yuqori paleolit bosqichida shakllangan aqlli odam izlanishda, yashash uchun kurashda, mehnat qurollarini takomillashtirishda davom etadi. Bu davrda
odamzod hayotida kamida 6ta buyuk tub o‘zgarishlar, kashfiyotlar yuz beradi.
Birinchidan, buyuk muzliklar davrining shimolga chekinishi munosabati bilan odamzod g‘orda yashashni tark etib, daryo va qo‘l yoqalarida o‘ziga sun'iy kulba qurishni kashf etadi. Ikkinchidan, kishilik tarixi, ya'ni jamiyatning dastlabki ijtimoiy bo‘g‘ini - urug‘chilik jamoasi, ona urug‘i davri boshlanadi.
Uchinchidan, onalarni ilohiylashtirish, unga sig‘inish, uning siymosini toshda, suyakda, qoyada yasash va chizish, ya'ni ibtidoiy san'at qashf etiladi.
To‘rtinchidan, toshdan mehnat qurollari yasashning turi va xili ko‘payib, sifat jihatidan mukammallashadi. Beshinchidan tosh qurollarini mukammallashtirish jarayonida baliq ovlashga va yirtqich hayvonlarga qarshi kurashga moslashgan
qurol - sanchiq kashf etiladi. Oltinchidan, tashqi tabiiy-geografik muhit ta'sirida uch xil irq: ovrupali, mo‘g‘iliy va negrbashara irqlar shakllanadi.
Bundan keyingi davr tosh asrining mezolit (o‘rta tosh) davri hisoblanib, qurrai-zaminning qator mintaqalarida mezolit davrida o‘q-yoy kashf etiladi.
Yevroosiyoning shimoliy mintaqalarida bug‘i, janubiy mintaqalarida it qo‘lga o‘rgatiladi. Ular ovchi urug‘ jamoalarining eng yaqin sodiq safdoshiga, transport vositasiga aylanadi.
Odamzodda o‘z tevarak-atrofini o‘rganish, tabiat va qoinotni kuzatish malakasi kuchli bo‘lgan. Unga xos kuzatuvchilik fazilatlari iqtisodiy xo‘jalikda, madaniy hayotda, uning ma'naviy va mafkuraviy olamida ulkan kashfiyotlarga olib kelgan. Ana shunday buyuk kashfiyotlar neolit (yangi tosh) davrida yuz berib, insoniyat tarixidagi o‘zlashtiruvchi xo‘jalik davri yakun topadi, odamzodning ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan xo‘jalik hayoti keng ko‘lamda rivojlanish bosqichiga ko‘tariladi. Masalan, o‘zbek paleolitshunos olimlaridan arxeolog M.R.Qosimov Navoiy viloyatining Karmana tumaniga qarashli Qoratov qoyalari ostidan qadimgi tosh davrining chakmoqtosh ustaxonasini topib o‘rgangan. Ustaxona qoya kesmasining yuqori qatlamidan parchalanib tushgan chakmoqtosh xomashyolari bazasida tashkil topganligi aniqlanadi. Biroq, ajdodlarimiz uzoq vaqtlar quyosh xaroratida channab yotgan chakmoqtosh parchalaridan istalgan shaklda qurol yasash mumkin emasligini yaxshi bilishgan. Bir necha ming yillik hayotiy tajribalar va kuzatuvlar tufayli neolit davriga kelganda (etnografik materiallarda ham bu kuzatiladi) chakmoqtosh xomashyosini ma'lum muddatda namlikda saqlab, so‘ng ulardan istalgan shaklda qurol yasash mumkinlik sir-sinatlarini kashf etiladi. Bu kashfiyot ilk bor O‘zbekistonda, Navoiy viloyatining Qoratov qoyalari ostida tarkib topgan neolit davri shaxtalarini qazish vaqtida, arxeologik qazishmalar misollarda isbotlandi.
Shunday qilib, qadim-qadim zamonlarda sinab qo‘rilgan hayotiy tajribalar yakunida chakmoqtosh xomashyosini nam tuproq ostida yotgan chaqmoqtoshdan istalgan qurol yasash, qurolga ishlov berish mumkinlik texnika va texnologiyasi kashf etiladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, odamzodda o‘z tevarak-atrofini, umuman tabiatni kuzatish malakasi kuchli bo‘lgan. Neolit davrida odamzodga xos kuzatuvchilik fazilati qator kashfiyotlarga olib kelgan. Neolit davrining ana shunday kashfiyotlaridan biri odamzod tomonidan loydan kulolchilik
mahsulotlarini yasashning ixtiro etilishi bo‘ldi. Bunga qadar ham neolit davrida qator kashfiyotlar yuz bergan. Masalan, ovchilik vaqtida yovvoyi hayvon onalari ov o‘ljasiga aylantirilib, yetim qolgan bolalarini tarbiyalash asosida xonaki chorvachilik kelib chiqqan; ularni boqish uchun tog‘ yonbag‘irlarida o‘sib
chiqqan yovvoyi boshoqli o‘simliklar donidan yashash makoni yaqinida ko‘kargan giyohlarni avaylab asrash asnosida ibtidoiy dehqonchilik kashf etilgan. Chakmoqtoshga ishlov berish esa mehnat qurollarini ixtisoslashuviga olib kelgan.
Kulolchilik mahsulotlari yordamida turpa xil oziq-ovqat ne'matlarini tayyorlash va ularni istemol qilish esa odamzodni nafaqat tabiat kuchlari oldida ojizlikdan qutqardi, balki uning jismonan sog‘lom hayot kechirishini hamda ongli ijtimoiy mehnat qilishini ta'minladi. Bularning barchasi jahon fanida tan olingan neolit davri inqilobining tub mazmun va mohiyatini tashkil etgan.


  1. mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari tosh davri moddiy


madaniyatining evolyusiyasi



Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin