O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə21/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

«Samarqand makoni» nomi bilan kirgan yodgorlikni uzoq yillar davo-mida ko’plab arxeolog olimlar tomonidan o’rganilishi nati-jasida TRPD.I.. Bu yuqori paleolit davriga mansub bo’lgan yodgorlik 1939-yilning yozida M.V. Voevodskiy va V. V. Shu-movlar tomonidan qisman o’rganildi. 1960 yilning boshla-riga kelib, D. N. Lev boshchiligidagi Samarqand Davlat univyersiteti ekspeditsiyasi bu yodgorlikda qazish ishlarini olib bordi. 1970 yildan boshlab ko’p yillar davomida qazish ishlariga Mavlon Jo’raqulov raxbarlik qilib, bu yodgolikda 3 ta madaniy qatlam borligi aniqlandi va 10 mingga yaqin mehnat qurollari hamda ularni chiqindilari topildi. Qarorgoxdan topilgan mehnat qurollarinig aksariyati yuqori paleolitga xos pichoqsimon plastinalardan yasalgan bulib, ular orasida qirg’ichlar, tosh boltalar borligi aniq Bu qurollarni yasashda chaqmoqtosh, diorit, kvarts-i qayroqtoshlarlan xom- ashyo sifatida foydalanilgan. A} log olimlarimizni izlanishlari bu xom- zshyolarni yodgor. dan 5-6 km uzoq masofada joylashgan Cho’ponota tizmasi;. olib kelinganligini aniqladi. Samarqand makonidan topi, gan topilmalar orasida 20 ga yaqin tuxumsimon danakchala. bo’lib, ularni har birida bittadan teshikchani bo’lishi mu-taxassislar diq-qatini o’ziga jalb kildi. Sababi bu te-shikchalar tasodifiy bo’lmay, ularni har biri ma`lum maq-sad bilan ajdodlarimiz tomonidan teshilgan edi. Arxeo-loglarimizni xulosadlariga ko’ra bu teshik danaklar qadim-gi ona ajdodlarimizni taqinchoqlari bo’lgan. Bulardan ta-shqari yodgorlikdan kattaligi jixatidan bir xil bo’lgan ik-kita yupqa qayrotosh ham topilgan. Bularning birini o’rta- sida teshik bo’lib, izlanuvchilarni taxminicha bu sochga taq-ish uchun mo’ljallangan taqinchoq yoki yomon ko’zdan saqlovchi bo’yinga osib yuradigan tosh tumor bo’lishi mumkin. Har ik-ki qarashni qay biri to’g’ri bo’lishidan kat`iy nazar, bu to-pilmalar bizni ona ajdodalirimizni madaniyatini qadi-miyligidan dalolat byeradi. Agar tumor sifatida foydala- nilgan bo’lsa, Teshiktosh davrida boshlangan, ajdodlarimiz-ni qadimiy e`tiqodini yuksak darajaga ko’tarilib, shakl-langanini ko’rsatadi. Taqinchoq sifatida foydalangan bo’lsalar, ayol ajdodlarimizni o’zlariga oro byera boshlagan-liklarini hozirgi kunimizdan taxminan 30- 35 ming yil avval boshlaganliklarini ko’rsatadi.
Samarqand makoni va undan topilgan arxeologik topil-malarni yoshini aniqlash masalasida shuni aytish kyerakki arxeolog olimlarimiz har
tomonlama fikr yuritib, ularni yuqori poleoit davriga mansub degan xulosaga kelganlar. Bu yodgorlikni Seleungur vaTeshiktosh kabi buyuk ahamiyati shundan iboratki, undan butun Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib, yuqori paleolit davrigs mansub kroman’on turidagi yosh ayolni suyak qoldiqlari topildi. Olimlarimizni xulosa-lariga ko’ra bu suyak qoldiqlari kelib chiqishlari jixati-dan Teshiktosh odami bilan bog’liq bo’lgan. Demak, Teshiktosh odamlari bir necha ming yillar davomida taraqqiy etib, o’zlarini biologik jixatdan shakllanish jarayonini yakuniga Samarqand makonidan etkazganlar. Bunday jarayonlar O’zbe-kistonimizni boshqa xududlaridan ham bo’lgan bo’lishi tabi-iy. Ammo hozircha Samarqand makoni turidagi yodgorliklar topilgani yo’q. Samarqand makonidan topilgan yana bir ajoyib topilma bu tasviriy san`atning eng qadimiy namu-nasi hisoblangan hayvon kobirgasiga chizilgan 5 ta uyik shakllar va bir qancha suyak bezaqlaridir. Bunday noyob to-pilmalar yukor paleolit davriga mansub bo’lgan hamma yod-gorliklarda ham uchrayvyermaydi. 1962 yilning baxorida O’zFA ga karashli tarix va arxeologiya instituti tomonidan tashkil qilingan A.
R. Muham-madjonov boshchiligidagi ar-xeoloiya otryadi yana bir ajoyib o’tmish davrini aks ettiruv-chi noyob yodgorlik topildi. Bu yodgorlik arxeologiya faniga Obiraxmat (Tabarruk suv) nomi bilan kirib keldi. Obi- raxmat g’or ana shu 1962 yilning yozidayok taniqli antorpo-log M. M. Gyerasimov raxbarligida o’rganila boshlandi. Bu yodgorlik Toshket shaxridan 100km shimoliy- sharqda, Ko’ksuv tizmasini etagida Poltov soyining ung kirgogida joylash-gan bo’lib, keng yoysimon shaklga ega, eni 20m dan ortiqroq bo’lib, tashqi ko’rinishi juda ajoyib manzarali, g’orning ichi yorug’, uning sharqiy chekkasidan chuchuk suvli shalola oq-ib turadi. Obiraxmat yodgorligini boshqa yuqori paleolit yodgorliklaridan farqi P juda qalin qatlamdagi madaniy qatlamga ega bo’lib, uni qalinligi 10 m ga etadi. Madaniy qatlamlarni soni esa 21 ta. Madaniy qatlamlarni qalinli-gi qadimgi ajdodlarimizni bu yerda uzoq mudddat yashagan-liklaridan dalolat byeradi.Aftidan ajdodlarimiz uchun bu yer ov qilishga va yashashga qulay bo’lgan bo’lsa kyerak. Garchi Obiraxmat g’orini o’rganishni boshlarida M, M, Gyerasimovni boshchiligida bo’lgan bo’lsa-da, bu yodgorlikni asosan siste- mali ravishda o’rgangan va nafaqat Markaziy Osiyoga bal-ki.jahon arxeologiya faniga tanitgan olim R.X. Sulaymonov bo’lib, bu olim tomonidan Obiraxmatni barcha topilmalari har tomonlama xazirgi zamon iborsai bilan aytilganda jahon standarti talablariga javob byerarli tarzda yoritib byerilgan. Obiraxmat g’oridan topilgan tosh asrining moddiy ashyolari Markaziy Osiyo xududidan topilgan tosh davri yod-gorliklari orasida arxeologik
matyeriallarga juda boy bo’lgan yodgorliklardan hisoblanadi. Mehnat qurollarini xilma-xilligi nayzasimon qurollarni va nukleuslarni xilma-xilligi o’ziga xos xususiyatga ega aknligini ko’rsatib turadi. Mehnat qurollarini ko’pchiligi plastinkasimon ashyo-lardan yasalgan. Obiraxmat g’orining yuqori qatlamla-ridmn hayvonlarning ilik suyaklaridan yasalgan bigizlar topildgan. Bundan shunday xulosaga kelinadiki ajdodlari-miz yuqoripaleolit davridayok o’zlariga ust-bosh tikishni bilganlar. Demak, must’e davridagi kabi ular yalang’och xolda yurmaganlar. Madaniy qatlamlardan topilgan suyak qol-diqlariga qaraganda g’or egalari asosan tog takasi, arhar, bug’u kabi hayvonlarni ov qilganlar. Obiraxmat g’orida uzoq yillar davomida ilmiy ishlar olib borgan R, X. Sulaymo-novni xulosalariga ko’ra Obiraxmat g’ori madaniy qatlam-laridagi moddiy ashyolar O’rta Osiyodagi must’e madaniyatla-ridan birini yakunlab, yuqori paleolitga o’tishini ko’rsa-tuvchi bosqichdir. O’rta Osiyoda juda yirik paleolit qaror-goxi hisoblangan Obiraxmat g’orinig ko’pminglab topilgan tosh qurollari statistik analiz kilinib, O’rta Osiyodagi boshqa muste yodgorliklarining mehnat qurollari bilan qi-yoslanib o’rganildi va bu yodgorlikni o’ziga xos alohida must’e madaniyati ekanligi isbotlab byerildi.
Shuni alohida ayniqsa joizki R, X. Sulaymonovni ar-xeologiya faniga qushgan yirik xissalaridan biri shu bo’ldiki Respublikamizdagi barcha must’e yodgorliklarini mehnat qurollari mukammal ravishda o’rganilib, ularni bir-biri bilan qiyoslab, bu yodgorliklarni rivojlanish evolyu-tsisinianiqlash bilan birga tosh industrityasini davrlashti-rish masalasi ham kurib chikildi va bu xaqida aniq ma`lumotlar byerildi. Bu xulosaga ko’ra Teshiktosh g’orining tosh industriyasi yorkin ifodali must’e kifasiga ega bo’lib, bu yerda rapidasimon o’zak (diskovidniy nukleus) lardan uchirindilar uchirish texnikasi qirg’ich (skreblo) qurollari to’la xukmron bo’lgan. Teshiktoshdan keyingi taraqqiyot bo-sqichi janubiy Farg’onadagi juda ko’plab toplgan ochiq xil-dagi (tipdagi) must’e yodgorliklari bo’lib, bo’larga Qayroq-kum qarorgoxlari ham kiradi. Bu qarorgoxlardagi texnika Teshiktosh texnikasiga qaraganda taraqqiyot jixatidan ancha oldinga utib ketgan. Prizma shaklidagi o’zaklardan oldingi (protoprizmaticheskiy) o’zaklarni soni ancha ortadi va re-tush qilingan dag’al plastinkalar tarakiy etadi hamda ilk yuqori paleo^itning ilk bosqichi xos dag’al qiyofadagi mehnat qurollari vujudga kela boshlaydi. Obiraxmat g’ori-ni tosh industriyasi ham ilk yuqori paleolitga xos bo’lib, must’edan yuqori paleolitga o’tish davriga to’g’ri keladi.
R. X. Sulaymonovni o’rta paleolit yodgorliklarini davrlashtirishiga ko’ra Jar-Kuton va Xojikent yodgorlikla-ri esa Farg’ona va Qayroqkum
yodgorliklardan keyingi bosq-ichni tashkil etadi. Bu yodgoliklarda ancha uzun plastinkalardan tayyorlangan ashyo (zagatovka) lar ko’p bo’lib, bo’lar-ning tayyorlanish texnikasi yuqori paleolit texnikasini eslatadi. YUqori paleolit texnikasi deganda, yuqori paleolitgacha bo’lgan barcha texnikalardan keskin farq kiluvchi butunlay yangicha usulda mehnat qurollari yasash uchun mo’ljallangan prizma shaklidagi o’zaklardan kolotushka (yog’ochdan yasalgan yog’och to’qmok) va posrednik (vosita) yordamidaplastinkalarni uchirib olish tushuniladi. Agar must’e davrida, must’e tex-nikasiga ko’ra rapidasimon (diskoivdniy) o’zaklardan ot-boyniklar yordamida must’e davriga xos bo’lgan uchburchaksi-mon uchirindilar uchirib olingan bo’lsa, endi yuqori paleo-litga kelib, prizma shaklidagi o’zaklardan yog’och to’qmok va o’zak bilan yog’och to’qmoq oraligidagivosiatchi rolini bajar-gan bug’u shoxini butoqlari yordamida pichoqsimon uzun pla-stinkalar uchirib olingan. Bu texnikani tobora takomilla-shib borish natijalari, prizma shaklidagi o’zaklardan olin-gan plastinkalarni uzunligi 35 sm gacha etgan. Prizma shaklidagi o’zaklardan pichoqsimon plastinkalarni uchirib olish soxasida juda ko’p yillar davomida tajribalar o’tkazgan S. A. Semenovni xulosalariga ko’ra, prizma ashk-lidagi o’zak ibtidoiy odamni har ikki tizzasi orasida si-kib ushlangan va bu o’zakni chekkasiga bug’u shoxini butog’ini chap kulda urnatilib, ung kuldagi yog’och to’qmoq bug’u shoxi butog’ini to’mtoq tomoniga zarb bilan urilgan. Natijada prizma shaklidagi o’zakni chakka qismida o’zakni uzunligiga qarab, ana shu uzunlikda plas-tinka uchirilgan. Bu jaryon bir necha marotaba takrorlanib.bitta prizma shaklidagi o’zakdan bir necha unlab plastinkalar uchirilgan. Uchirilgan plastinkalarni uzunligi va ularni sifati birinchi navbat-da o’zaklarni qanday ashyodan ekanligiga bog’liq bo’lsa, ikin-chidan ana shu plastinkalarni o’zavklardan uchirib olyotgan ustani tajriba va maxoratiga bog’liq bo’lgan. Shuni aytish kyerakki yukor paleolitga xos bo’lgan bunday texnika Obi- raxmatni faqat yuqori qatlamlaridagina uchraydi. Obirax-matni tosh industriyasini R. X. Sulaymonov tomonidan qi-lingan analizlari shuni ko’rsatadiki uni yuqoriqatlamlari-da yuqori paleolitga xos mehnat qurollari son jixatidan keskin ravishda ko’payib, must’ega xoslar ikkinchi darajaga tushib koladilar va xatto yo’qolib boradilar. Madaniy qat-lamlarni yuqordagilari yuqori paleolitga xos haraktyerga egadirlar. Shunday qilib, Obiraxmat yodgorligi must’eni oxiri va must’edan yuqori paleolitga o’tish davrini o’zida mujassamlashtirgan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan va ayrim olingan makonga mos bo’lgan juda noyob makon hisob-lanadi. Must’e madaniyati taraqqiyoti bosqichlariga xos bo’lgan bu Obiraxmat madaniyatini
haraktyerli xususiyati unda Teshiktoshdagi qirg’ich (skreblo) larni plastinkalar bilan almashinuvidir.Boshqa xil qurollardan eng ko’pi kes-kich (rezets) lar va yog’ochga ishlov byeruvchiqurol (skobelg’) lardir. Uchi uchli (ostrakonechnik) nayzasimon qurollar va tyeriga ishlov byeruvchi qirg’ich (skrebki) lar oz miqdorda, chopqilar esa umuman uchramaydi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki Obiraxmat g’orini egalari o’z o’z madaniyatlarini hamma bosqichlarida ham o’ziga xoslikni to’la saqlab qolganlar. YUqori paleolitga oid yodgoliklrdan yana biri Ko’lbuloq yodgorligi bo’lib,u Chotqoltog’ining janubiy-sharqiy yonbag’ridagi xarsangning o’ng qirg’og’iga joylashgan bo’lib, 1962-yilda O. T. Rostovtsev boshchiligidagi Angren maktab o’quvchilari tomonidan topil- gan. 1963- yildan boshlab, ko’p yilllar davomida O’zFA ga qarashli tarix va arxeologiya institutini xodimi M. R. Qo- simov tomonidan o’rganilgan. Biz bu yodgorlik xaqida Mar- kaziy Osiyo janubidagi Quyi paleolit davri xaqida so’z yuritganimizda to’xtab o’tgan edik. Sababi. bu yodgorlik o’zi- ni madaniy qatlamlarida ajdodlarimizning eng qadimgi davri bo’lgan quyi paleolitnigina yoritadigan topilmalar- nigina saqlab qolmay balki, undan keyingi davrlarni ham yoritadigan must’e xatto yuqori paleolit davrini ham aks ettiruvchi arxeologik ashyolarni ham o’z bag’rida saqlab kelgan. Shu yodgorliklarni yuqoridan to 4-madaniy qatlamgacha bo’lgan 1,2,3-qatlamlari yuqori paleolit davriga mansubdir, Bu yuqori paleolitga mansub madaniy qatlamlarning gulxan qoldiqlaridan pista ko’mir, yovvoyi ot, qo’y, bug’u ka-bi hayvon suyaklarining qoldiqlari topildi. Ana shunday yuqori paleolit davrini aks ettiruvchi Markaziy Osiyo xu-dudidagi yodgorliklardan yana biri hozirgi Turkmanistonda joylashgan. Dam-dam chashma-P yodgorligidir. Bu yodgorlikni faqat 9-qatlamigina yuqori paleolitga oid bo’lib, yuqorida-gi qatlamlari mezolit, neolit va bronza asrlarini o’z ichiga oladi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo xududidagi quyi va o’rta hamda yuqori paleolit davri yodgorliklarini: Seleungur, Ko’lbuloq, Teshiktosh, Obiraxmat, Samarqand makoni, Og’zi kichik, Dam- dam chashma-2 va boshqa yodgorliklari misolida ko’rib chiqib, ajdodlarimizning ilk tarixini ildizlari juda qadimiy ekanligiga va uni 1 million yildan buyon uz-luksiz davom etib kelganligiga siz aziz o’quvchilarda umu-miy tushuncha xosil qilishga harakat kildik. eng muximi Seleungur yodgorligi orqali bizning xududimizda eng qa-dimgi ajdodlarimizning hozirgi kunimizdan 1 million yildan ortiqroq vaqt ilgari paydo bo’lganliklarini rad etib bo’lmas darajadagi daliliy ashyolarga suyangan xolda bilib olgan bo’lsak, Ko’lbuloq
yodgorligi orqali va boshqa so’nggi davrlarga mansub arxeologik topilmalarga boy bo’lgan yodgorliklar orqali ajdodlarimiz tarixini, ta- raqqiyotini uzluksiz davom etganligini guvoxi bo’ldik. YUq-oridagi satrlarda quyi va o’rta paleolit davrini o’zlariga xos xususiyatlariga ega bo’lganliklari bilan tanishib chiq-dik. Bu xususiyatlar har bir davrni o’ziga xosligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar va bir davrni ikkinchi davr bilan almashuv qonuniyatlarini, sabablarini ochib byeradi. eng muximi ana shu davrlarda yashagan ajdodlarimizni kun-dalik turmush tarzlari xaqida bizni to’laroq tasavvur qi-lishimizga imkon byeradi. Shuday ekan o’rta poleodlitdan ya`ni, must’e davridan so’ng boshlangan yuqori paleolit dav-rini o’ziga xos xususiyatlari xaqida imkon qadar batafsil bayon qilishga o’tamiz. Arxeologiya fanida yuqori paleolitni so’nggi paleolit ham deyiladi. Aslida ikkalasi ham bir ma`noni anglatadi. YUqori paleolit deganda paleolit (qa- dimgi tosh asri) ni texnikasini, rivojlanishini yuqori da-rajaga ko’tarilganini ifodalansa, so’nggi paleolit deganda qadimgi tosh asrini oxirlayotgani tushuniladi. Hozirgi ku-nimizdan o’rta hisobda 35 ming yil ilgari must’e davridan so’ng yuqori paleolitni boshlanishi insoniyat tarixida yangi davrni boshlab byerdi. Bu davrni bosh xususiyati shundan iboratki, bu davrga kelib, buyuk xodisa yuz byerdi. Nafaqat bizning Markaziy Osiyo xududida balki, yer yuzining juda ko’p joylarida xozirgi zamon odamlarini shakllanish jara-yonlari nixoyasiga etdi, ya`ni million yillar davomida aj-dodlarimiz jismoniy ko’rinish jixatlaridan hozirgi zamon odamini shakliga keldilar. Ammo ajdodlarimiz hozirgi za-mon shakliga kelgunlarga qadar juda katta davr mobaynida xaddan tashqari mashaqqatli bo’lgan ko’plab bosqichlarni bo-sib o’tdilar. Agar quyi paleolitda arxantroplar, o’rta pa-leolitda poleantroplar va ulardan so’ng neantroplar yasha-gan bo’lsalar, bularning har birlari garchi sekinlik bilan bo’lsada rivojlanishlari natijasida jismoniy jixatdan shakllanib, ularni bu shakllanish darajalari mutaxassis olimlar tomonidan byerilgan nomlari orqali be'lgilanib byerildi.
Paleolit davrining must’e bosqichi. Teshiktosh must’e davrining noyob yodgorligi. Teshiktoshda ko’mish marosimi va neandyertal odami. Diniy tasavvurlarning ilk ko’rinishi.Teshiktosh odamining fashistik oriylar nazariyasini fosh etishdagi ahamiyati. O’zbekiston xududlarida topilgan must’e davri yodgorliklari-Omonqo’ton, Ko’lbuloqning o’rta qatlamlari, Obirahmat, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Ustyurt va Qizil qum manzilgohlari. Must’e davri tosh ustaxonalari. Kapchigay, Uchtut, Ijond.Must’e davri odamlarining mashg’uloti. Paleolit davrining so’nggi bosqichi (yuqori paleolit). Tabiiy iqlimning o’zgarishi. Bu davrning hayvonot va o’simliklar dunyosi. ida quyi paleolitdan so’nggi davrni aks
ettiruvchi o’rta paleolit ya`ni, must’e davri xaqida shuni aytish kyerakki bu davr Teshiktosh g’oridan so’ng juda katta miqyosda o’rganildi.Markaziy Osiyo xududida topilgan must’e yodgorliklarini soni hozirgi kunda 300 taga etdi. Faqat Toshkent voxasining o’zida 30 dan ortiq must’e yod-gorliklari aniqlandi va o’rganildi. Markaziy Osiyo xududi-dagi bu must’e yodgorliklarining eng qadimiysi va ilk bor topilgani O’zbekiston Respublikasini Surxondaryo viloyatini Boysun tumanidagi Boysun tog’ini janubiy yon bag’ridagi To’rgandaryoning Zavtalashgansoy darasida dengiz satxidan 1500metr balandda joylashgan Teshiktosh g’ori bo’lib, bu yodgorlik 1938- yili A. P. Okladnikov tomonidan ochilgan va arxeologiya faniga kiritilgan.- G’orning eni 20 metr bo’lib, uning balandligi 7-9 metrgacha etadi. Uzunligi 21 metr bo’lib, g’orning kiravyerishidan to oxirigacha nisbatan ko’tarilib boradi. G’orning tepa qismida teshik bo’lgani uchun bu yodgorlik arxeologiya faniga Teshik- tosh nomi bilan kirgan. G’orda 5 ta madaniy qatlam bo’lib, ular bir-birlaridan uncha qalkn bo’lmagan sarik l o y k a_ qatlamlar bi-lan ya`ni, tabiiy qatlamlar bilan ajralib turadi. Mada-niy qatlamni ba`zi joylarida yuza qismini tepadan tomgan suv tomchilari yuvib undagi tosh va suyak qoldiqlari ko’rinib qolgan. G’ordagi 5 ta «madaniy qatlamni umumiy qalinligi 1,5metr bo’lib, uni umumiy satxi 300m 2. Shundan 100m2 tida arxeologik ashyolar saklangan. Bu yodgorlikning harak-tyerli xususiyatlaridan biri madaniy qatlamlarning har bi-ri o’zida bittadan, ayrimlari esa ikkitadan gulxan qoldiq-larini yaxshi saqlab qolganligidir. Bu gulxan qatlami ora-sida va uni atroflarida juda ko’plab tog’ echkisi. bug’u. sirtlod. yovvoyi ot. ayik. koplon. kuyon va xar hil qushlarnning suyak qoldiqlari topilgan. Faqat tosh artefakt (inson mehnatining natijasida vujudga kelgan buyum) larning soni 3000ga yaqin bo’lib, bulardan 339 tasi must’e davriga xos mehnat qurollaridir, Bu tosh qurollar qirqish, tarash-lash, qirish kabi ishlarni bajarib, ajdodlarimiz xo’jali-gida muxim rol’ o’ynagan. Bular orasida diametri 10- 15sm bo’lgan rapidasimon o’zak (nukleuis) lar ham bor. Shuni ay-tish kyerakki must’e davrini o’ziga xos texnikasi bo’lib, bu texnika taraqqiy etganligi va mehnat qurollarini shaklla-rini tubdan o’zgarganligi bilan o’zidan oldingi davrlardagi Olduvey, ashell’ kabi madaniyatlarga mansub bo’lgan topil-malardan keskin farq qiladi. Agar ashell’ davri uchun aso-san bodomsimon haraktyerli bo’lsa, must’e uchun rapidasi-mon o’zaklardan yumaloq yoki oval shakliga ega bo’lgan va o’rtacha vazni 0,5kg dan kam
bo’lmagan qayroq toshlar (ot-boynik) lar yordamida urib uchirib olingan uchirindi (ot-shep’) lardan yasalgan mehnat qurollari haraktyerlidir. Bu uchrindilar ko’pincha uchburchak shakliga yaqin bo’ladi. Bu uch-burchak shakliga ega bo’lgan uchirindi (otshep’) larni otboy-nik (qayroq tosh) lar yordamida rapi-dasimon o’zak (nukle-us) lardan zarb bilan urib uchirib olinishi arxeologiya fa-nida, mehnat qurollariga byerilgan birinchi ishlov (pyer-vichnaya otrabotka) deyiladi. Uchirin-dilar o’z o’zaklaridan uchirib olinganlaridan so’ng ulardan uchlari o’tkir bo’lgan nayzasimon, ovda kullaniladigan ov qurollari yasalib, ular asosan uzunligi 1,5-2 m keladigan silliq yog’och-kaltaklar uchiga o’rnatilgan. Ularni ana shu kaltaklarni uchiga o’rna-tilishida daraxt po’stlaridan ip o’rnida foydalakganlar. Bu bilan ajdodlarimiz ilk bor ma`lum bir masofadan turib, ov kilinadigan hayvonlarga o’z nayzalarini sanchish imkoni-ga ega bo’lganlar.
Agar biz must’e davrida ajdodlarimizni gurux-gurux bo’lib ov qilishlarni hisobga olsak bu nayza qurol-larini naqadar katta ahamiyatga ega bo’lganini tushinib olamiz. Chunki 15-20 odamni baravariga ov hayvoniga 10-15 m masofadan turib o’z nyzalarini zarb bilan mo’ljalga otishlari yaxshi natija byerganligiga xech qanday shubxa qol-dirmaydi. Agar otilgan nayzalarni 20 tadan yarmi mo’ljal-langan nishonga tekkani taqdirida ham xar qanday ov hay-vonini xalok qilishi mumkin. Demak must’e davriga kelib, olduvey va ashell’ davrlariga nisbatan tosh qurollarini yasash texnikasi rivojlanganligi tufayli ov qilish mada-niyati ham yuksak darajaga ko’tarilgan. Must’e davrida nay-za (ostrokonechnik) qurollaridan tashqari, yuqorida aytil-gan uchburchaksimon qirg’ich (skreblo), randa (skobel’) kabi mehnat qurollari ham yasalgan. Shuni aytish joizki nafaqat must’e davrining Teshiktosh g’ori odamlariga balki barcha must’e yodgorliklari uchun xos bo’lgan qirg’ich (skreb-lo) lar va randa (skobel’) lar uchburchaksimon uchirindilar-dan yasalgan bo’lib, ular bir-birlariga juda o’xshaydilar. Ammo ularni funktsiyalari ya`ni vazifalari bir- birlaridan butunlay boshqacha bo’lgan. Qir-g’ich (skreblo) lar asosan hayvon tyerilarini ichki qismini yog’laridan tozalash va ana shu ichki satxiga ishlov byerish vazifalarini bajarganlar. Randa (skobel’) lar esa asosan yog’ochlardan yasaladigan mehnat qurollariga ishlov byerishda foydalanilgan. Garchi bu ikki xil vazifani bajaruvchi mehnat qurollari ko’rini shi jixatidan xatto xajmlari jixatidan ham bir xil bo’lsalarda, mutaxssis arxeolog olimlar ularni juda oson-lik bilan bir-
birlaridan ajrata oladilar. Agar qirg’ichlar bilan yog’ochga nibatan yumshoq bo’lgan tyerilarga uzoq vaqt mobaynida ishlov byerilishi natijasida ularni ishchi qism-larida, ya`ni ishlatilgan o’tkir qirralarida silliqlik pay-do bo’lgan bo’lsa, randalarda qattiq yog’ochlarga ishlov byerish jarayonida ularni ma`lum darajada ishlov byerila yotgan yog’ochga bosib ishqalashlari natijasida ana shu randalarni ishchi qismlarida arra tishlariga o’xshash tishchalar paydo bo’ladi. Ana shu belgilar orqali bu mehnat qurollari oson- lik bilan bir-birlaridan ajratib olinadi. Bu kabi mehnat qurollarini yasashda otboyniklarga nisbatan bir necha baro-bar kichik bo’lgan, tuxum xajmi va shakliga ega bo’lgan qay-roq toshlalrdan, ayrim xollarda qattiq yog’och (samshid, do’lana) tayoqchalaridan ham foydalanganlar. Uchirindila^r chap ko’lda ushlanib, uning qirralariga o’ng qo’ldagi otboy-nikchalar yoki tayoqchalar bilan bir necha takroriy urishlar orqali ishlov byerilgan ya`ni uchirindini qirralari yupqa-lashtirilib, o’tkir kesuvchi, qiruvchi mehnat qurollariga aylantirilgan. Bu xildagi ishlov byerishni arxeologiya fa-nida uchirindilarga retush byerish deyiladi. Retush byerish ko’pincha uchirindidan ma`lum maqsada foydalanganligi na^-tijasida uni o’tkir qirralari to’mtoqlashib ishga yaramay qolgan xolatlarda byeriladi. Demak retush deganimizda ishga yaroqsiz bo’lib qolgan uchirindilarni qirralarini nisbatan yupqalashtirilib qaytadan ishga yaroqli qilish tushuniladi. Aga shunday usulda uchirindilarga ishlov byerishni arxeolog-lar mehnat qurollariga ikkinchi ishlov (vtorichnaya otra-botka) byerish deydilar. Shuni alohida aytish joizki Mar-kaziy Osiyo xududida must’e davrini yorqin ravishda ifoda-lab byeruvchi mehnat va ov qurollari hozircha Teshiktosh g’o-ridan boshqa xech qaysi yodgorlikda bunchalik ko’p topilmagan.
Mehnat qurollari ichida retushlan-gan uchirindilar va plastinkalar, ostrakonechniklar, qirg’-ichlar etakchi o’rinlarni egallaydilar. Olimlarimizni fikrlaricha Qo’tirbuloq tosh industriyasini qiyofasi Teshik-tosh va Obiraxmatnikiga ancha yaqin.Ammo Qo’tirbuloqda le-valllua texnikasini nisbatan kam taraqqiy etganligi va qayroqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini ko’pligi ji-xatidan Qora-bura yodgorligini tosh industriyasiga ham o’xshashligi boriligini ko’rsatadi. Shu bilan birga aytarli darajada farqi ham bor. Bu tishli retushni keng tarqalgan-ligi bo’lib, boshqa must’e yodgorliklariga nisbatan mehnat qurollariga ikkinchi ishlov byerilganligining ko’pligidir.
Qo’tirbuloq yodgorligidan tashqari Zarafshon daryosining o’rta va quyi okimining atroflarida yana must’e yodgorlik-laridan Zirabuloq, Omonqo’ton, Takaliksoy, Gurdara va Uch-tut ustaxonalari mavjud. Bular orasida Zirabuloq Qo’tir-buloqka juda yaqin. Zirabuloq yodgorligini 20m2
maydonida madaniy qatlamdan arxeologik ashyolar qazib olingan. Bun-dan tashqari uni atrofidan yer yuzidan must’ega oid har xil mehnat qurbllari topib to’plangan. O’larning jami 500 dan ortiq bo’lib, arxeologlarni xulosalariga ko’ra xronologik jixatdan must’eni oxiriga to’g’ri keladi. Omonqo’tonda qa-zish ishlarini olib borgan D. N. Lev 220 ga yaqin artefakt-larni (inson qo’li bilan yasalgan mehnat qurollari va ana shu jarayonda vujudga kelgan chiqindilarni arxeologlar ar-tefaktlar deydilar) to’plashga muvaffaq bo’lgan. Uning fikriga ko’ra bu artefaktlar Qo’tirbuloq qurollariga yaqin bo’lib, ular orasida yuqori paleolitga mansublari ham uch-raydi.Farg’ona vodiysi va unga tutash tog’liq xududlar ajdodlarimizni yashashlari uchun har jixatdan qulay bo’lgani uchun ham uning tog’liq xududlarida tosh asri odamlarini izlari ko’plab uchraydi. Farg’ona yaqinidagi must’e davri qarorgoxlari Quvasoyning qadimgi soxilidagi adirdan topilib, u Farg’ona shaxridan 10 km shimolda joylashgan. Quvasoy bo’ylaridan juda ko’plab must’ega oid mehnat qurollari va qarorgoxlar topilgan. Bulardan tashqari Oloy tizmasining shimoliy yonbag’irlarida, ayniqsa Qatrontog’ning janubiy yonbag’irlaridan must’e davri qarorgoxlarini izlari ko’plab topilgan. Shuni alohida aytish joizki tosh asrining har qaysi davrida mehnat qurollarini sifatli bo’lishidan, uni taraqqiy etishida, xom-ashyoni roli juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Aniqrog’i toshdan yasalayotgan mehnat qurolini sifat darajasi uni qanday xom-ashyodan tayyorlanishiga bog’liq bo’lgan. Farg’ona vodiysining ko’p qa-rorgoxlarida mehnat qurollarini yasashda, Farg’ona shaxri-dan 40 km janubda, Oloy tizmasining shimioliy qiyaligida- gi Dang’arak dara soyda joylashagan Qopchig’ay ustaxonasi muxim ahamiyatga ega bo’lgan. Bu yodgorlik 1956 yili topi-lib, 1958-59 yillari UzFA qoshidagi tarix va arxeologiya institutini paleolit otryadi tomonidan o’rganilgan. Bu yer-dan ko’plab o’zak (nukleus) lar va har xil mehnat qurollari topilgani uchun arxeologiya faniga Qopchig’ay ustaxonasi, ya`ni mehnat qurollari yasaladigan joy nomi bilan kirib qolgan. Aslida bizningcha bu yodgorlik ustaxona emas balki, mehnat qurollari yasash uchun vodiyning turli tomonlaridan must’e odamlarini kelib, chaqmoqtoshlarni olib ketadigan xom- ashyo bazasi bo’lgan desak to’g’ri bo’ladi. Chunki bu yerga kelgan ibtidoiy odamlarning asosiy maqsadlari bu joyga kelib qurol yasash emas balki, o’zlari uchun xom-ashyo olib ketish bo’lgan. Qopchig’ay ustaxonasidan ko’plab o’zaklar va ularni chiqindilarini topilish masalasiga kelsak, bu yerga kelgan har bir ibtidoiy odam xom-ashyoni sifatini aniqlash maqsadida yoki imkoniyatdan foydalanish maqsadida o’zi uchun u yoki bu xildagi mehnat qurollarini yasab olgan bo’lishi mumkin. Keyingi izlanishlar shuni ko’rsatdiki to’la ma’nodagi mehnat qurollarini yasaladigan ustaxonalar tosh
asrining ancha keyingi davriga aniqrog’i neolit davrga to’g’ri keladi. Neolit davriga kelib xom-ashyoni o’z ona bag’ridan olish. ularni sifatini aniqlash, ulardan mehnat qurollarini yasash kabi ishlar bilan maxsus kishilar shug’ullanganlar va o’z xo’jaliklarini asosini shunga mos-lashtirgnalar. Bu xaqda neolit davri xaqida so’z yuritgani-mizda batafsilroq tuxtaymiz. Qopchig’ay ustaxonasiga kel-sak, bu yerda bunday guruxlar xili vujudga kelmagan edi. Shuning uchun ham arxeologiya faniga Qopchig’ay ustaxonasi nomi bilan kirib qolgan bu yodgorlikni Qopchig’ay ustaxona-si emas, balki Qopchig’ay xom-ashyo bazasi desak to’g’ri bo’la-di. Oloy shimoliy yonbag’rining Dangi darasining barcha qo-yalari qora chaqmoqtoshdan tashkil topgan bo’lib, ular mehnat qurollarini yasash uchun ham mo’l, ham qulay bo’lgan. eng mu-ximi ana shu Qopchig’ay xom-ashyo zaxirasi yaqinidan arxeolo-giya faniga Qopchig’ay-1 g’or-makoni nomi bilan kirgan must’e davriga mansub yodgorlikni topilishi bo’ldi. Bu g’or Xalqn-mayin soyiga quyiladigan irmoqlardan birining chap soxi-lida joylashgan bo’lib, u yerdan must’ega oid har xil mehnat qurollari va turli xil hayvonlarning ilik suyakla-ri topilgan. Umuman olganda Farg’ona vodiysining juda ko’p joylaridan must’ega oid ko’plab tosh qurollar topil-gan. Ammo bo’larning ko’pchiligi yer yuzasidan tyerilgan (pod’emniy matyerial) moddiy ashyolar hisoblanadi. Lekin shunga qaramay Farg’ona vodiysida must’e odamlarini ancha keng tarqalganidan dalolat byeradi.
Milliy arxeolog olimlarimizni ilmiy izlanishlari shuni ko’rsatdiki must’e davri nafaqatFarg’ona vodiysida balki sevimili vatanimizni barcha xududlarida, shuningdek butun Markaziy Osiyoda keng miqyosda mavjud bo’lgan va bu-larni ko’pchiligi olimlarimiz tomonidan etarli darajada o’rganilgan. Ammo bu must’e davri yodgorliklarini barchasi-ni yoritish uchun garchi bizda to’la ma`lumotlar bo’lsada, ush-bu kichik xajmdagi qo’llanmada bayon qilish imkoniga ega emasmiz. Faqat Toshkent voxasini o’zidan 30 dan ortiq must’e yodgorliklari topildi va ular olimlarimiz tomoni-dan 3 guruxga bo’lib o’rganildi: 1. G’or: 2. Ochik: 3. Mada-niy katlam-larni tabiat ta`siri natijasida buzilganlar-ga. G’orlardagi must’e yodgorliklarini hammasi asosan Chir-chiq daryosi xavzasi atrofida joylashgan. Ochiqlikdagi ma-daniy qatlamlari saqlangan qarorgoxlar esa Oxangaron da-ryosining xavzasi atrofiga joylashgan. Ularni orasida eng yirigi ko’p qatlamli Ko’lbuloq yodgorligi bo’lib, paleolitni Har qaysi bosqichiga oid ko’p minglab mehnat qurollari to-pilgan. Faqat must’e davriga mansub tosh qurollarini soni 12 minggga etadi. Mutaxassis olimlarimizni xulosalariga ko’ra O’rta Osiyo xududi uchun must’e davrini yoritishda Tosh-kent voxasi katta rol’ o’uynaydi
va bunda Ko’lbuloq va Obiraxmat must’e sirlarini keng ko’lamda ochishda kalit va-zifasini bajaradi.
YUqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish kyerakki, must’e davri yodgorliklari bizning Markaziy Osiyo xududi-da keng tarqalgan bo’lib, ular arxeologlarimiz tomonidan etarli darajada o’rganilgan. Ayniqsa bizning O’zbekistoni-miz xududida boshqa qo’shni respublikalarga nisbatan ken-groq kulamda o’rganilgan. Shuning uchun ham must’e davri-ning o’ziga xos xususiyatlari xaqida ancha ma`lumotlarga egamiz. Shell’ va ashell’ davrini davomi bo’lgan must’e davrini asosiy xususiyatlaridan biri avvalo must’e odami-ning tashqi ko’rinishidagi o’zgarish bo’lib, u ashell’ odamiga nisbatan ancha takomilllashgani yaqqol ko’zga tashlanadi. en-di arxantroplar o’rniga poleantroplar vujudga keladi. Po-leantroplarni ilgari neandyertal’ odami deyilar edi. Po-leantroplarni jag’lari xali ham dag’al bo’lib, tishlari yi-rik bo’lgan. Ammo o’zlari ancha epchil va harakatchan bo’lgan-lar. Juda ko’p yillar davomida ibtidoiy odamlarni mehnat qurollari ustida ilmiy tajribalar o’tkazgan arxeolog olim S. A. Semenovni xulosalariga ko’ra must’e odami hozirgi odamga nisbatan jismoniy jixatdan 4 -5 barobar kuchli bo’lgan. Must’e davri odamini mehnat qurollarini yasashda ham o’ziga xos texnikasi bo’lgan. endi u shell’ va ashell’ davridagi bodomsimon qo’l chopqisini yasashdan ostrakonech-nik (uchi o’tkir uchburchaksimon nayza), skreblo (qirg’ich), skobel’ (randa) larni yasashga o’tgan. Bu uchirindilar rapi-dasimon o’zak (diskovidnqy nukleus) lardan oval shakliga yaqin qayroq tosh (otboynik) lar yordamida olingan.
Must’e davri makonlarining ayrimlaridan yuqoridagi texnika bilan bir qatorda arxeologiya faniga «levalua» nomi bilan kirgan texnika ham qo’llanilgan. Bu texnika-ga ko’ra, avvalo yapaloq oval, shakliga ega bo’lgan qayroq tosh topilib, uni chekkalaridan otboynik yordamida bir necha uchirindilar uchirib, so’ng uni bir tomonida urilish maydo-ni yasalgan. Natijada bu qayroq toshni bir tarafida tosh-baka qobig’iga o’xshash shakl paydo bo’lgan. Shundan so’ng uri-lish maydoniga otboynik bilan qattiq urilgan va mo’ljal-langan uchirindini uchirib olingan. Demak, «levalua» tex- nikasi deganda yapaloq shakldagi qayroq yoki chaqmoq toshlar-da kyeraqli shaklni tayyorlab, so’ng uchirib olingan aylanasi-ga o’tkir qirra xosil qilingan uchirindilarni tushuniladi.
Yuqori paleolit davri odamlari hayotida yuz byergan buyuk o’zgarishlar va ibtidoiy jamoachilik tarixining boshlanishi. O’zbekiston xududida topib o’rganilgan yuqori paleolit davri yodgorliklari. Samarqand makoni. Ko’lbuloq manzilgohining yuqori qatlamlari. Ustyurt yodgorliklari - Esen 3. Mehnat qurollari. Garpun va
sanchiqning kashf etilishi. Yuqori paleolit davri odamlarining mashg’uloti. Yuqori paleolit davrining madaniy - xo’jalik ixtirolari. Irqlarning shakllanishi va unda tabiiy- geografik muhitning roli.
Masalan eng qadimgi odam hisoblangan avstrolo-piteklardan so’ng ularga nisbatan har tomonlama rivoj langan prezinjantroplar, bulardan so’ng zinjantroplar,pitekantroplar, fyergantroplar, sinatroplar yuzaga kelib, oxiri yuqori paleolitga kelib kroman`onlar ya`ni, hozirgi zamon odamlaridan deyarli farq qilmaydigan odamlar paydo bo’ldi. Bu odamlar yuqorida ta`kidlaganimizdek yuqori paleolitning eng muxim va bosh xususiyati hisoblanadi.Arxeolog olimlar sobiq Ittifoq xududidagi yuqori paleo-lit madaniyatini bir-biridan farq kiluvchi xududlarga bo’ldilar: bulardan biriga sobiq Ittifokni Evropa qismi bilan Kavkazni kiritib, Evroosiyoga va O’rta Osiyo bilan Sibirni qo’shib, Afroosiyoga ajratdilar. Bu har ikki regi-ondagi yodgorliklar garchi bir-birlaridan qurol yasash tex-nikasi va boshqa soxalarda farq qilsalarda o’zlarini regi-onlarida joylashgan yodgorliklar ko’p soxalarda o’xshashdir-lar. Agar must’eda san`atni kurtaklari endigina vujudga kela boshlagan bo’lsa, yuqori paleolitda bu jarayon yuksak darajada rivojlandi. Geologik jixatdan yuqori paleolit muzlik davrini Valday bosqichiga to’g’ri kelib, uni boshla- rida ob-xavo sovuq va nam bo’lgan bo’lsa, oxirida ancha mo’`tadillashadi. Ammo orada xavolar ilib hozirgi zamon iqlimiga yaqin ham bo’lgan. Sobiq Ittifoqni Evropa qis-mida muzlik yuqori Valgi gacha kelib janubiga o’tmagan muzlikni ta`siri etmagan janubiy xududlarda dub, grab, qora qayin daraxatlari o’sgan. sovuq dashtlarda, mamontlar shimol bug’ulari, junli nasaroglar, oqquyruqlar, yovvoyi otlar yashaganlar. Mamontlarni dandon tishlari shu qadar yirik bo’lgani ularni og’irliklari 200kg gacha etgan. Ular bu tishlari yordamida qor bilan qoplangan yer yuzini tozalab o’zlari uchun ovqat topganlar. Bu mamontlar o’zlarini katta va baxaybatliklari bilan xind fillaridan yuqori to’rgan-lar. Ularni tyerilari uzun va qalin yunglari bilan qo-plangan. Mamontlar asosan o’t-o’lanlar va daraxt shoxlarini barglari bilan oziqlanganlar. Asta- sekin iqlimni o’zgari-shi bilan mamontlar yo’qola boshlaganlar. Ularni butunlay yo’qolishlari paleolitni tugash davriga to’g’ri keladi. Shuni aytish kyerakki yuqori paleolitdavriga kelib ovchilik uchun shunday qulay sharoit vujudga keladiki, natijada ajdodla-rimiz hayotida ovchilik o’zini yuqori cho’qqisiga chiqadi. YUq-ori paleolitga kelib
axolini soni ham sezilarli darajada o’sadi. Olimlarimizni hisob- kitobiga ko’ra axolini soni, agar ashell’ni ikkinchi yarmida dunyo buyicha faqat 300 ming bo’lgan bo’lsa, yuqori paleolitdavriga kelib ularni soni 3,34 millionga etadi. Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchi kuchlarni taraqqiyot darajasi past bo’lganligi sababli ularni o’zlashtirilmagan joylarga ko’chib yurishlarini sharo- it taqazo qilgan. Olimlarni fikrlariga ko’ra xuddi shu davrda Byering bo’g’ozi orqali janubiy Amyerikaga odamlar o’tib.joylashib olganlar. Ko’pchilik arxeologlarni xulosa-lariga ko’ra yuqori paleolit dastlab bir joyda paydo bo’lib, so’ng o’sha markazdan boshqa regionlarga tarqagan emas. Aksincha hama joyda yuqori paleolit must’e davriga oid yodgorliklar ichidan o’sib chiqqan madaniyat hisoblanadi. Bunday xulosani to’g’ri ekanligini biz Ko’lbuloq misolida yaqqol ko’rdik. Ko’lbuloq qarorgoxida dastlab ashell’ odam-lari, ulardan so’ng must’e va must’edan so’ng esa yuqori pa-leolit odamlari yashaganliklarini isbotlovchi 41 ta mada- niy qatlam aniqlangan. YUqori paleolitni yana eng muxim xususiyatlaridan biri yuqoridagi satrlarda ko’rsatganimiz-dek yangi tyoxnikani ya`ni, uchirindilar o’rniga pichoqsimon yupqa va uzun plastinkalarni prizma shaklidagi o’zaklardan yog’och to’qmoq va vosita rolini o’ynagan bug’u shoxini butoq-lari yordamida uchirib olishni vujudga kelishidir. Chunki bu texnika tufayli o’tkir qirrali yupqa plsatinkalar soni ko’payib, ularni siniqlaridan turli xildagi ov va mehnat qurollarini yasaganlar. Shuni aytish kyerakki, must’e davri-da ham uchburchaksimon uchirindilar qatorida plastinalar bo’lgan. Bu plastinalarni yuqori paleolit plastinkalaridan farqi ularni otboyniklar yordamida uchirib olinganliklari sababli qo’pol, qalin va dag’al ko’rinishga ega bo’lganlar. Ammo ularni bo’ylari enlariga nisbatan xuddi yuqori pa-leolit plastinkalariga o’xshab 1,5 barobar va undan ortiq bo’lgan. Shuning uchun ham arxeologlar bularni bir- biridan farqlash uchun must’e davridagilarini plastina, yuqori pa- leolitdagilarini esa plsatinki deb atashgan.Agar must’e davrida ov va mehnat qurrollarini soni 60 taga etgan bo’lsa, yuqori paleolitga kelib, ularni soni 92 taga etadi. YUqori paleolitga oid ov va mehnat qurrollarini aksariya-ti pichoqsimon plastinkalar va ularni siniqlaridan yasal-gan. Ko’p xolatlarda yuqori paleolit odamlari butun pla-stinkalarni mo’ljallangan xajmda sindirib, maxsus tayyor-langan silliq yokochlarni yon tomonlarida rezetslar
yordamida xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga joylashtirib, xan- jarsimon va hayvonlarga uloqtirib otish uchun mo’ljallan-gan nayzalar tayyorlashgan. Plastinka siniqlarini yuqorida-gi silliq tayoqlarni yoriqlariga joylashtirishda ajdodla-rimiz daraxt elimlaridan va tog’lardagi smolaga o’xshash ta biiy qora yog’lardan foydalanganlar. Rezets qurollari asosan yuqori paleolit davriga xos bo’lib, ular plastinkalar va ularning siniqlaridan yasalgan. Rezets kurollari bilan silliq tayoqchalarni yonlarida plastinka siniqlarini joylash uchun yoriq ( kanovka) lar qilganlar. Rezetslar ko’pincha hayvon qobirg’alarini bir tomoniga o’rnatilib ishlatilgan yuqori paleolitda uzun va yupqa plastinkalarni prizma shaklidagi nukleuslardan uchirib olishni sifat darajasi birinchi navbatda plastinkalarni uchirib olish uchun tayyorlangan nukleusni ya`ni, xom-ashyoni sifatiga va uni qay da- rajada tayyorlanganligiga bog’liq bo’lgan. Bu plastinkalar- dan pichok, qirg’ich.arra, randa kabi mehnat qurollari sifatida foydalanganlar. Bu mehnat qurollari o’tmaslashib, ish- ga yaroqsiz xolga kelib qolganlarida retush yordamida darxol ularni yana ishga yaroqli bo’lish xolatiga keltirganlar. Agar must’e davrida o’tmaslashib ishga yaroqsizlashib qolgan uchubrchaksimon uchirindilardan hamda qalin va dag’al pla- stinkalardan yasalgan mehnat qurollarini engil vazndagiotboynikchalar yordamida yoki qattiq daraxtlardan yasalgan tayoqchalar yordamida o’tmaslashgan qirralariga bir necha bor urish orqali ya`ni, udarnaya retush bilan yana ishlatish xo-latiga keltirilgan bo’lsa, yuqori paleolitdagi o’tmaslashib qolgan mehnat qurollarini yangi usul ya`ni, otjivnoy re-tush (ezib retush qilish) yordamida ishlatish mumkin bo’lgan xolatga keltirganlar. Buning sababi yuqori paleolitdagiyupqa plastinkalardan yasalgan mehnat qurollari must’e qu-rollariga nisbatan ancha nozik va xajmlari kichik bo’lgani uchun bularga nisbatan udarnaya retush usulini qo’llabbo’lmas edi. Shuning uchun ham yuqori paleolit plastinkala- riga qayta ishlov byerishda o’ziga xos va mos bo’lgan yangi usul otjimnaya retushdan keng foydalanilgan. Otjimnaya re-tush usuli tosh yoki suyaklardan moslashtirilgan o.tjimnik-lar yordamida bjarilgan. Bu usulga ko’ra o’tmaslashgan pla-stinkalarni qirralari otjimnikni tekis satxiga qo’yilibqo’l kuchi bilan bosilgan. Natijada plastinkani qirralari-dan juda mayda uchirindilar uchirilib, plastinkaning qir-ralari o’tkirlashgan. Bu jarayondan so’ng plastinkalardanyasalgan mehnat qurolari yana ishlatish mumkin bo’lgan xo-latga kelgan. YUqori paleolitda tosh qurollardan tashqarisuyak qurollardan ham keng miqyosda foydalanilgan. Suyak-lardan uchi uchli nayzalar (nakonechniki), garpunlar (balik ovlashga, ko’proq katta
baliklarga sanchishga moslashtiril-gan) va xatto teshikli ignalar yasashni bilganlar. YUqori paleolit xaqida so’z yuritar ekanmiz, shuni alohida aytish joizki, bizni O’rta Osiyo xududida must’e yodgor-liklari ju-da ko’plab topilganiga qaramay, yuqori paleolit yodgorlik-lari shu kunga qadar barmok bilan sanarli darajadadir. Ayniqsa madaniy qatlamga ega bo’lganlai juda oz topilgan. Ammo sobiq Ittifoq tarkibidagi hozirgi hamdo’stlik mam- lakatlarni muzlik bilan qoplanmagan zonalarida 1500 dan ortiq yuqori paleolit odamlarni yashash joylari topilgan. Bu davr odamlari o’zlari uchun joy tanlaganlarida avvalam-bor ovga qulay bo’lganligiga katta e`tibor byerganlar. Shu-ning uchun ham ularni qarorgoxlari daryolarni bo’ylariga joylashgan bo’lib, ular gurux- gurux xolida joylashgan-lar.Bunga misol qilib Voronej viloyatining Kostenko va Borshevo qishlog’iga yaqin Don daryosi soxiliga joylashgan yuqori paleolit odamlarining gurux- gurux bo’lib joylash-ganlarini ko’rsatish mumkin. Shu yerni o’zidan 52 ta qarorgox topilgan. Evropa va Sibir xududlarida 200 ga yaqin yuqori paleolit yodgorliklari qazib, nixoyasiga etkazilgan. Qaror-goxlar ochiqlikdagi yer ustiga qurilib, ular asosan yerto’la va yarim to’la shaklida bo’lganlar. Ularni tomlari ko’pincha fillarni dandon tishlari yordamida yopilgan. Shuning uchun ham bu yuqori paleolit qarorgoxlari rnida bu kabi hayvon tishlari to’p- to’p bo’lib kolib ketgan. Bunga misol qilib Kosteng’ko- IV qarorgoxini qoldiqlarini ko’rsatish mum-kin.Bu kabi yodgorliklar yumaloq va oval shaklida bo’lib, ular bir-birlariga yopishgan xolda ham bo’ladilar. Bular-ning har birida alohida gulxanlari bo’lgan Haraktyerlisi shundakibu qarorgoxlar must’e davriga nisbatan ancha tako-millashgan bo’lib, kichik xajmdagi qarorgoxlarni nisbatan yirikroq qarorgoxlarga yondosh ravishda qurilishi va ularda ayrim kulbalarni bo’lishi bu davrda jamoa va ularni xo’ja- liklari bo’lganini ko’rsatadi. Bu jamoa ichida alohida tu-rar joy xonalarini bo’lishi va bu xonalarda o’choqlarni mavjudligi yuqori paleolitda ilk juft oililiarni vujud-ga kelganidan dalolat byeradi. Ammo mehnat va uni natija- sida vujudga kelgan maxsulotlar ov qurollarini jami umumiy jamoaniqi hisoblangan. Tog’lik regionlarda esa yashash qarorgoxlari hamon g’or va ayvonsifat pana joylar bo’lgan. Bizni O’zbekistonimiz xududida topilganidek boshqa xududlarda ham yuqori paleolitga oid odam suyaklarining qoldiqlari topilgan. Masalan Vladimir yaqinidagi So’ngir qarorgoxiga qarashli qabrdan qari kroman`on va ikita yosh bolani suyak qoldiqlari topilib, ular oxra
, ya`ni kizil rangli minyeral bo’yolar qalin qoplangan xolatda bo’lganlar Bundan tashqari bu jasadlar bilan birga taqinchoqlardan marjonlar va suyakdan yasalgan uzuklar, qurollardan xanjar va uzoqka otish uchun qilingan nayzalar,
mehnat qurollari-dan rezetslar, retushlangan plastinkalar topilgan. YUqori paleolitga oid qarorgoxlar Russiya`ning boshqa xududlari qatori Sibirda ham nisbatan yaxshi o’rganilgan va bir necha nomlar ostida o’ziga xos madaniyatlar ajratilgan. Bular orasida Malta va Buret madaniyatlari yaqqol ko’rinib tura-di. Malta qarorgoxidan juda ko’plab ayollarning xaykalcha-lari, qushlarni shakllari, mamontlarni dandon tishlaridan yasalgan har xil taqinchoqlar topilgan. Enisey daryosini Krosnayarsk rayonida qarorgoxni nomi bilan atalgan Afon-tova g’ori madaniyatiga oid qarorgoxdan judda ko’p sonli qirg’ichlar va suyakdan yasalgan qurollar hamda dag’al ko’ri-nishdagi mehnat qurollari topilgan. YUqori paleolit davri xaqida xulosa qilib shuni aytish kyerakki, bu davr juda uzoq vaqt davom etgan paleolitni so’nggi bosqichi bo’lib, bu davr ichida juda muxim va yirik voqealar sodir bo’ldi: aj-dodlarimizni jismoniy jixatdan shakllanish jarayoni ni-xoyasiga etib, hozirgi zamon odami xolatiga keldi. Ov va mehnat qurollari yuqori paleolit davriga xos yangi texni-kani, ya`ni prizma shaklidagi nukleuslardan yog’och to’qmoq va bug’u shoxini butoqlari yordamida pichoqsimon plastinkalar-ni olishi natijasida takomillashib, yuksak darajaga chiqdi-lar. Turar joylarda katta o’zgarishlar bo’lib, bo’lar o’z na-vbatida juft oilalarni ilk shakllarini paydo bo’lishiga olib keldi. YUqori paleolit odamlari sodda va oddiy bo’lsa-da, hozirgi zamon odamlarini ust-boshlariga yaqin ke-lishlarini ijod etdilar. Uzoq vaqt mobaynida ajdodlari-miz tabiat bilan munosabatli bo’lishlari natijasida, ularni o’rab olgan muxitda yashovchi turli jonivorlar va o’simliklar xaqida, ma`lum darajadagi tasavvurlarga ega bo’ldilar. Buning yaqqol isboti sifatida yuqori paleolit davriga kelib, rassomchilik bilan xaykaltaroshlikni vu-judga kedishini ko’rsatish mumkin. Rassomchilik g’or devor-larida aks ettirilgan bo’lsa, xaykaltaroshlik suyaklardan, mamontlarni dandon tishlaridan, toshlardan yasalgan xay-kalchalarda aks ettirilgan. Bulardan tashqari toshlarga, su-yaklarga o’yib naqsh solish ham yuqori darajaga ko’tarilgan. Rassomchilikda birinchi bor Ispaniya`ning Altamira g’ori-dan 1879 yili yovvoyi qora mol ( Bizon) lar va otlarni ki-zil rangdagi oxra bo’laklari bilan ishlangan rasmlarini topilishi bir tomondan katta ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan katta shov- shuvlarga ham sabab bo’ldi. Bu noyob yodgorlikni topgan muallifni qalbaki yodgorlik top-gansan deb ayblashdi. Ammo oradan 20 yil o’tgach, Altamira san`atiga o’xshash asarlarni Frantsiya va boshqa mamlakat-larni g’orlaridan topilishi Altamira g’oridagi rasmlarni xaqiqiy paleolit davrini asarlari ekanligini isbotladi. Hozirgi kunda 40 dan ortiq g’orlardan yuqori paleolitga oid rasmlar topilgan. Ammo bizning Markaziy Osiyo xudu-diga oid bu kabi rasmlar hozircha topilgani yo’q. YUqorida-gilar orasida Uraldagi Kapova
g’orini devorlarida qizil oxra yordamida aks ettirilgan mamont, nasorog (karkidon) va yovvoyi otlarni ajoyib saqlanganligi bilan ajralib tu-radi. Bu so’nggi paleolit asarlarida o’sha zamon hayvonla-rini haraktyerli belgilarini aniq ko’rsatib byerilishi ki-shini xayratga soladi yuqori paleolitdagi san`atni yana bizni xayratga soladigan tomoni shundaki ibtidoiy rasso-mlar o’zlari yasagan davrlaridagi hayvonlarni oddiy tashqi ko’rinishinigina ifodalab qolmay, balki ularni to’da bo’lib yugurib ketayotganlarini ham aks ettirganlar. YUqori paleo-litga xos xususiyatlardan yana biri odamlarni hayvonlarni xatto qushlarni rasmlarini toshlarga va hayvon suyaklariga o’yib aks ettirish san`atini vujudga kelishi hamda keng miqyosda taraqqiy etishidir. Bu naqsh san`ati bilan bir qa-torda xaykaltaroshlik san`ati ham yuqori darajada bo’lgan. YUqori paleolit davri yodgorliklarini juda ko’pchiligida Ispaniya va Frantsiyadan tortib butun g’arbdan sharqqacha bo’lgan xududlarda topilgan xaykalchalarni aksariyati ayol-lar jinsiga oid bo’lib, ular juda kichik xajmda bo’lganlar. Ammo shunga qaramay ularning ko’kraklari va sonlari hamda qorinlari bo’rtirib ko’rsatilgan. Ko’kraklarini va qorinla-rini katta qilib ko’rsatilishi ularni ona ekanliklariga ya`ni, bolani boquvchi va yaratuvchanligiga ishora bo’lsa, son-larini yo’g’on qilib ko’rsatilishi tanaga nisbatan mutano-sibligi bo’lishi mumkin. YUqori paleolit san`atiga xulosa qilib shuni aytish kyerakki, bu davrda san`atni 3 turi vu-judga kelib, ular parallel ravishda taraqqiy etganlar. Ulardan birinchisi oxralar yordamida qoyatoshlarga solingan rasmlar, ya`ni rassomchilik bo’lsa, ikkinchisi toshlarga va suyaklarga o’yib solingan naqshli sur`atlar, uchinichisi suyak va toshlardan yasalgan xaykallar, ya`ni xaykaltaroshlik sa-n`ti bo’lgan.
  1. mavzu. O’rta Osiyo xalqlarining mezolit davri moddiy madaniyatining evolyutsiyasi





Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin