O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə26/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR Arxeologiya, xronologiya, makon, manzilgoh, ov qopqoni, g'or,
qoyatosh rasmlar, qishloq, shahar, ibodatxona, qabr-qo'rg'onlar, harbiy istehkomlar, sardoba, karvonsaroy va h. k.

ANNOTATSIYA


O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari. (Paleolit davridan ilk temir davrigacha) Yangilik kuzatilgan yodgorlik. Davriy sana.
Mehnat qurollari ishlab chiqarishda metallning kashf etilishi va eneolit (mis- tosh) davrining boshlanishi. Ilk metall buyumlar. Ishlab chiqarishga asoslangan eneolit davri jamoalari xo’jaligida inqilobiy o’zgarishlar. Dehqonchilikda omoch va ketmondan foydalanishga o’tish. Xo’jalikda uy hayvonlarining ahamiyatini oshishi. Anov-nomozgoh madaniyati va uning bosqichlari. Qoratepa va Oltintepa. Me’morchilikda ko’p xonali uylarning paydo bo’lishi.Hunarmandchilik va uning tarmoqlari. Kulolchilikda rang-barang naqshinkorlik va ayol ma’budalari- xaykalchalar. Ko’mish marosimlari. Diniy e’tiqodlarda an’anaviy totemizm o’rniga olovga sig’inishlikning kirib kelishi. Eneolit davri yodgorliklarining davrlashtirish. Zarafshon vohasida joylashgan eneolit davri yodgorliklari:Sarazm va Zamonbobo madaniyatlari.
Bronzaning kashf etilishi. Dehqonchilik va xonaki chorvachilikning rivojlanishi. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti. O’rta Osiyo, jumladan Janubiy O’zbekistonda qadimgi dehqonchilik madaniyati va uning o’rta Sharq va Xindiston bilan madaniy aloqalari. Sopollitepa va Jarqo’ton. Jarqo’ton O’zbekiston xududidagi eng qadimgi shahar. Sopoltepa madaniyatining o’zbek davlatchiligining ildizlarini o’rganishdagi ahamiyati. Jarqo’ton arki a’losida shohona saroy qoldig’i va metallurgiya "zavodi". Hunarmandchilik va uning tarmoqlari. Kulolchilikning professional yuksak darajaga ko’tarilishi. To’qimachilik, zargarlik va me’morchilik. Jarqo’tonda otashparastlar ibodatxonasi va uning birinchi jahon dini - zardushtiylikka dahldorligi. Zardushtiylik dinining ilk ko’rinishlari. Ko’mish marosimlar va urf- odatlar. O’zbekiston xududlari zardushtiylikning ilk vatani. Amudaryoning quyi oqimida bronza davri saxroi qabilalar madaniyati. Suvyorgan madaniyati va uning kelib chiqish ildizlari. Jonbos -6, Qamishli -2 va Ko’kcha-2 manzilgohlari. Tozabog’yob madaniyati. Angqa 5, Qavat 3, Ko’kcha 3. Zarafshon vodiysi edgorliklari:Gurdush va Qizil-qir, Mo’minabod va Dashti Qazo qabristonlari. Toshkent vohasida "Achiko’l" va "Nikifirovlar yeri", Farg’ona Vodiysida Vodil va Karamko’l qabristonlari. Tozabog’yoblilarning xo’jaligi va madaniy hayoti. Turor- joylar, dehqonchilik va chorvachilik. Qadimgi Xorazmda bonza davri sun’iy sug’orish sistemalarining tashkil topishi. Kulolchilik va metallurgiya. To’qimachilik. Ko’mish marosimlari va diniy e’tiqodi. Tozabog’yob madaniyatining kelib chiqishmasalasi va til muammosi
Shunday qilib ushbu qo’llanmaning yuqoridagi boblarida ajdodlarimizni tarixida eng uzoq davom etgan davr tosh asri ekanligini ko’rib chiqdik. Ana shu tosh asrini so’nggi bosqichi bo’lgan neolit davriga kelib, ajdodlarimizni ov va mehnat qurollarini yasashlarida xomashyolarni
sifatiga xam juda katta e`tibor byerganliklarini guvoxi bo’ldik. Chunki faqat sifatli xomashyodangina sifatli mehnat qurolini yasash mumkin edi. Aynan neolitda xomashyolar ichida eng sifatlisi chaqmoqtoshlar ekani aniqlandi. Xuddi shu sifatli xomashyo bo’lgan chaqmoqtoshlar tufayli uzunligi 35 sm etgan ajoyib pichoqsimon plastinkalar prizma shaklidagi nukleuslardan uchirib olindi va mehnat qurollarini yasash texnikasi o’zini yuqori cho’kqisiga ko’tarildi.
Ammo neolitdan so’ng eneolit davriga kelib garchi toshga ishlov byerishni ba`zi yangi usullari paydo bo’lishiga qaramay toshlardan yasalgan mehnat qurollarini roli yo’qola boshladi. Sababi eneolitdan boshlab bobokalonlarimiz mehnat qurollarini yasashda tosh o’rniga xomashyo sifatida metaldan foydalanishga o’ta boshlagan edilar. Ilk metallurgiya tarixi bilan shug’ullangan olimlarimizni xulosalariga ko’ra mis metallurgiyasi bronza metallurgiyasi ni boshlanish qismi bo’lgan. Shuning uchun misdan yasalgan mehnat qurollar davrini bronza asrini tongi, aniqrog’i boshlanish davri desa bo’ladi. Metaldan foydalanishga o’tishni birinchi davrini arxeologiya fanida eneolit deyiladi (epiz yunonchasiga mis; Shoz lotinchasiga tosh demakdir). Demak, eneolit davri deganda mis va tosh davri tushuniladi. Bunday deyishimizga sabab ajdodlarimiz xo’jaligida garchi misdan foydalanishga o’tilgan bo’lsada, tosh qurollardan xam foydalanish misdan yasalgan mehnat qurollari bilan parallel ravishda davom etgan. Bunday xolatni nafaqat eneolit, balki bronza asrini taraqqiy etgan davrida xam, chaqmoqtoshlardan juda ko’plab mehnat qurollarini yasashda davom etganlar: pichoqlar, kamon o’'qlari, qirvichlar, o’roqlar, boltalar va boshqalar toshlardan yasalgan. Metallurgiyani paydo bo’lishi va tarqalishi to’g’risida olimlarimiz orasida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikr mualliflarini bayoniga ko’ra metall ishlab chiqarish dastlab bir joyda paydo bo’lib, so’ng boshqa joylarga tarqalgan. Ular bu borada xatto metalni ishlab chiqarish joyini aniq qilib, yeronni janubiy g’arbida joylashgan ChatalUyuk va Chiyon tepa manzilgohlarini ko’rsatadilar. Bu manzilgohlarda dunyoda birinchi bo’lib mislardan marjon (busi) lar, sanchib teshuvchi uchli qurol (prokolki) lar, bigiz (shil’ya) lar topilib, ularni yoshi yeradan avvalgi VIII VI ming yilliklar bilan belgilangan. Aynan shu yerdan boshqa qo’shni joylarga metallurgiya va undan foydalanish tarqalgan deydilar. Boshqa gurux olimlar esa aksincha metall bo’lgan joylarda ularni topish va ulardan mehnat qurollari turli bezaklar yasash, mustaqil ravishda vujudga kelgan bo’lishi
va ular bir birlariga yaqin bo’lgan joylarda o’zaro aloqa bo’lib, tajriba almashgan bo’lishlari xam mumkin degan taxminiy fikrlarni byeradilar. Bunday fikrga keluvchilar yer sharini turli joylaridan topilgan mis buyumlarini dag’alligini, yasash usullarini qoloqligini ta`kidlab, agar bu turdagi bezaklar yeron manzilgohlaridan tarqalgani taqdirda Chatal Uyuk yoki Chayon tepadagilar singari yuksak darajadagi texnika asosida yasalgan bo’lishi kyerak edi deb asosli ravishda birinchi fikr mualliflarini tanqid qiladilar.
Shuni aytish joizki metaldan foydalanish xamma joyda bir vaqtda bo’lmagan. Evropada BolqonKarpat xududlari bilan bog’liq xolda birinchi bora misdan yasalgan buyumlar yeradan avvalgi V ming yillik bilan IV ming yillikni oralivida paydo bo’ladi. Markaziy Osiyoda dastlab metall yeradan avvalgi IV ming yillikni boshlarida janubiy Turkmanistondagi Nomozgoh 1 madaniyatidan ma`lum. Markaziy Osiyo shimoliy rayonlarida esa bu vaqtda neolit davriga mansub bo’lgan Kaltaminor madaniyati gullab yashnamoqda zdi. Kaltaminor madaniyatining davomchilari metal bilan faqat yeradan avvalgi III ming yillikni oxirlariga kelib tanishadilar.
Metallurgiya tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar faqat rangli metallurgiyani 4 ta bosqichga bo’lib o’rganadilar: 1bosqichda odamlar sof xolda topilgan mis bo’laklarini toshlarni bir turi deb qarab, toshlarga qanday ishlov byerish usulini qo’llagan bo’lsalar, mis bo’laklariga xam xuddi shunday ishlov usulini byerib foydalanganlar. Sof mis bo’laklarini topish va ulardan avvaliga otboyniklar yordamida ishlov. byerib foydalanishi, so’ngroq ulardan yeritilgan xolatda foydalanishlar to’g’risida faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ammo bu taxminlar haqiqatga ancha yaqin deb o’ylaymiz. Sof mislar qizil rangli bo’lib, ular ibtidoiy odamlarni ixtiyorlarini o’ziga jalb qilgan bo’lishlari mumkiin. Yashil ranglardagi malaxitlar haqida xam shunday fikrni ayta olamiz. Shuning uchun xam birinchi bezaklar aynan shulardan yasalgan. Ajdodlarimizni gulxan atrofla-rida isinganlari xatto isinish jarayonida mehnat qurolla-rini yoki turli bezaklarni yasaganlari xam tabiiy bir xo-latdir. Shunday ekan ongli ravishda bo’lmasa xam tasodifan gulxan atrofiga keltirilgan mis parchasi gulxanga tushib qolib, yerishi natijasida o’z qiyofasini o’zgartirishi xam tabiiy xolatlardan biridir. Bundan xulosa shuki inson agar mis parchasi olovga tushsa o’z shaklini o’zgartirish mum-kinligini bilib olganlar. Bunday tasodif inson hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Metallurgiya tarixini o’rganuvchi tarixchilar shu o’rinda A. Pastyerni
«Tasodif tayyorlangan aqlga yordam byeradi» degan firni keltiradi- lar. Haqiqatan xam qariyb 1 mln yil davomida tosh asrini boshidan kechirgan ajdodlarimiz eneolit davriga kelib ancha hayotiy tajribalarga ega bo’lib, xam aqliy, xam jismoniy tomondan ancha kamolotga etgan edilar. Shuning uchun xam metalldan foydalanishni ikkinchi bosqichida ajdodlarimiz misni yeritib, undan oddiy bo’lsada loydan yasalgan qolip-larda quyma qurollarni yasay boshladilar. Uchinchi bosqichda rudalarni yeritib. ulardan sof mislarni ajratib olina boshlandi va bu bilan haqiqiy metallurgiya ishlari boshla-nadi. Metallarni yeritishni bilib olish xronologik jixat-dan yeramizgacha bo’lgan V ming yillikka to’g’ri keladi. To’rtinchi bosqichni bronza asri desak xam bo’ladi. Chunki bu bosqichda mis bilan qalay yeritilib, ularni aralashmasidan bronza (jez) xosil qilinadi. Mis konlarini qadimgi kon-chilarimiz yer ustiga zang xolatida ko’k rangda yer satxida ko’rinishlariga qarab topganlar Oddiy mehnat qurollari yordamida mis rudalarini qazib olish ancha murakkab bo’lgan. Ammo misga bo’lgan ehtiyoj ularni mis konlarida ishlashga majbur etgan. Birinchi marotaba bronza yeradan avvalgi III ming yillikda Old Osiyo va Xindistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyoda esa yeradan avvalgi II ming yillikni bosh-larida vujudga kelgan. Sharqiy Evropa va Kavkaz ortida xamda janubiy Sibirda xam bronza asri yeramizagacha bo’lgan II ming yillikda paydo bo’ladi. Arxeolog olimlarimzni xu-losalariga ko’ra Markaziy Osiyoda bronza davriga kelib, bir necha ming yillar davomida qo’llanib kelayotgan ovchilik va tyermachilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o’z mavqeini yo’qotadi. Ajdodlarimizni asosiy yashash manbai chorvachilik va dehqonchilik bo’lib qoladi. Bunday xolatni biz neolit davrida faqat Joyitun madaniyati yodgorliklaridagina ku-zatgan edik.
Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulov-larni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda bronza davri ibti-doiy jamoa xo’jaligi ikki zona bo’ylab rivojlanishda da-vom etgan. Uning janubiy- sharqiy va markaziy rayonlari-da, jumladan janubiy Surxon va Zarafshon voxalarida yera-dan avvlgi II ming yillikdayoq sug’orma dehqonchilik ibitdo-iy bronza jamoasi iqtisodining asosini tashkil etar edi. Farg’ona vodiysining shimoliy-sharqiy tumanlarida, Tosh-kent voxasining daryo xavzalarida, Qarshi voxasida o’troq dehqonchilik xo’jaliklari bronza davrining so’nggi bosqich-larida mil. av. I ming
yillikning boshlarida tashkil top-gan. Markaziy Osiyoning kamsuv cho’l va dasht tumanlari ko’proq chorvachilik uchun tabiiy geografik qulayliklarga ega bo’lgan. Shuning uchun xam u yerlar qadimgi chorvador qa-bilalarning makoni bo’lgan. Dehqonchilik bo’lsa, bu xudud-larda faqat daryo etaklarida maxsus sug’orishni talab et- maydigan pastqam, zaxkash, botqoq, ko’rfaz (liman) larda olib borilgan. Bronza davrini oxirlariga kelib Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo etaklarida xam kichik- kichik dehqonchilik vohalari tashkil topa boshlaydi. Chorvador qabilalarni esa o’troqlashuvi kuchayadi va ularda xam keyinroq sug’orma dehqonchilik apydo bo’ladi.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki, yaqin vaqtlargacha misni tabiat yumshoq qilib yaratgani uchun u tosh bilan bel-lasha olmagan, aniqrog’i toshdan yasalgan mehnat qurollarini ajdodlarimiz xo’jaligidan siqib chiqara olmagan. Bu vazi-fani keyinchalik temir rudasida yasalgan mehnat qurollari bajargan degan nuqtai nazarlar mavjud edi. Ammo so’nggi yillarda arxeolog olimlarimizni olib borgan izlanishla-rining yakuni shuni ko’rsatdiki, mis o’zini yumshoqligi, si-fat jixatidan toshdan pastligi tufayli emas, balki o’zini noyobligi, ya`ni kamyobligi tufayli tosh qurollaridan o’z us-tunligini ko’rsata olmagan. chunki misdan yaadgan mehnat Qurollarini samaradorligi toshdan qilingan qurollarga nisbatan yuqork bo’lgan. Tosh qurollar ishlatilishi jarayo-nida uqalanib ishdan chiqqach, uni butunlay almashtirish za-RUriyati tug’ilsa, misdan qilingan mehnat qurollarini bi-ROZ charxlab,. ulardan uzoq muddatda foydalanish imkoni bo’lgan. eng muximi arxeologlarimizni o’tkazgan tajribala-RI bir xil vazifani bajarishda misdan yasalgan mehnat qurollarini samaradorligi toshlarnikiga nisbatan yuqori bo’lgan.
Aytilganlardan xulosa shuki, misni kamyobligi tufay-li tosh qurollarni ajdodlarimiz xo’jaligidan siqib chiqa-rish imkoni bo’lmagan. Shuning uchun xam misdan kichik xaj-mdagi bezaklar, sanchuvchi, kesuvchi pichoqlar, bigizlar kabi eng zarur deb topilgan mehnat qurollarini yasaganlar xo-los.
Garchi misdan yasalgan mehnat qurollari yuqorida ta`kidlaganimizdek tosh qurollardan ustunliklarini (ka-myob bo’lganliklari tufayli) namoyish eta olmagan bo’lsa-larda, misga qalayni aralashtirib, bronzani xosil qilgan-laridan so’ng jamoalarni moddiy hayotlarida ijtimoiy tar-tiblarni o’zgarishga olbi keldi. YUqori paleolit davridan boshlab xukmronlik qilib kelayotgan ona urug’i o’rniga ota urug’i xukmronligini yuzaga keltirdi. Buning asosiy sababi
chorvachilikni yuzaga kelishi bo’lib, bu soxada yerkaklarni mavqei kuchli edi. Chunki hayvonlarni boqish, ularga ozuqa tayyorlash ishlari og’ir mehnat talab qilib, ayollar uchun bunday vazifalarni bajarish og’ir edi. Shuning uchun chorva-ga to’la xukmronlik qilish yerkaklar qo’liga o’tib, butun boyliklar xam ular qo’lida to’plana boshlandi. Natijada kechagi oddiy'cho’ponlar o’zlarini nafaqat tirikliklarida, balki vafotlaridan so’ng xam obro’ e`tiborlarini namoyish qilish uchun o’z jasadlarini oddiy qabrlar o’rniga, uzoqlar-dan xam ko’zga tashlanib turadigan o’rtepalarga ko’milishini vasiyat qila boshladilar. Ota urug’i davriga kelib ba`zi mayda xunarmandchiliklar taraqqiy etib, avvaliga o’z ja-moalarini, so’ngroq esa qo’shni jamaolarni xam o’z maxsu- lotlari bilan taminlay boshladilar. Dastlabki shakllari neolit davrida boshlangan jamoaga qarashli maxsus xunar ishlari bilan shug’ullanuvchi guruxlar bronza va eneolitda mns rudalarini qazib olinadigan joylarda ancha takomil-lashgan qiyofada yuzaga keladi. Bu davrni xaraktyerli xusu-siyatlaridan biri jamoa xunarmandlari jamoalarni buyur-tmalari asosida almashuvga mo’ljallangan maxsulotlarini ishlab chiqqanlar. Bozor uchun maxsulot ishlab chiqish xali yo’lga qo’yilmagan edi. eneolti qabilalari xamma joyda va ancha soxada ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar darajasida edi-lar. Bu borada metallurgiya ishlab chiqarishning bir qismi edi. Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni miqdori ekspluata-tsiyani va sinfiy jamiyatni pydo bo’lishi uchun etarli dara-jada edi. Markaziy Osiyoning ba`zi qabilalarida eneolit bilan bronza chegarasida dehqonchilikdan xunarmandchilikni ajralib chiqish belgisi sifatida kulolchilik charxlari pay-d0 bo’ladi. O’rta yer dengizi regionida eneolit davrida qa-tor sinfiy jamiyatlarni paydo bo’lgan vaqtiga to’g’ri kela-dI. A. Asqarov va M. Jo’raqulovlarni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda eneolti va bronza asrida birinchi navbat-da sug’orma dehqonchilik bazasida qat ko’targan doimiy qish-loqlarning ko’payishi ularda yashayotgan aholi sonining to- bora zichlashib borishi va yangi yerlarni jadal o’zlashtirish jarayonining kuchayishi kuzatiladi. Yangi yerlarni o’zlashti-rilishi bilan bog’liq xolda qanchadan qancha madaniyat o’choq-lari vujudga keladi. Ibtidoiy xunarmandchilik xo’jaligi-ning turli soxalarida yangidan yangi ixtirolar qilinadi. Masalan bronza davrida metallurgiya xunarmandchiligi zar-garlik uy- joy qurilishida xom g’ishtlardan foydalanish, kulolchilikda charxlardan foydalanishga o’tish urug’doshlik jamoasining madaniy xo’jalik soxasidagi yirik kashfiyot-lardan hisolanadi. Arxeologlarimizning tinimsiz izla-
nishlari natijalari shuni ko’rsatdiki, Markaziy Osiyoni shimoliy zonasidagi qabilalar uni janubiy rayonlarida yashagan qabilalari bilan uzluksiz ravishda aloqada bo’lib bir birlarini yutuqlaridan baxramand bo’lganlar. Mutaxas- sislarni xulosalariga ko’ra qabilalar aro munosabatlar bronza asrida asosan
«tinch yo’l» bilan davom etgan. Ba`zan esa «zo’rlik yo’li» bilan xam kirib borish xam bo’lgan. Ma-salan yeradan avvalgi II ming yillikni o’rtalarida Qozog’i-ston xududida yashovchi «Andronova madaniyati»ga mansub qa-bilalar Markaziy Osiyoning shimoliy xududlariga so’ngroq janubiy chegaralarigacha kirib borganlar. «Andronova» chorvadorlarining sopol idishlari, jezdan yasalgan taqin-choqlari va mehnat qurollari Murg’ob voxasi, Shyerobod cho’li va Kopetdog’ yonbag’irlaridagi dehqonchilik zonalarida uch-raydi. Xaraktyerlisi shundaki Markaziy Osiyoni shimoliy zonasi bilan janubiy zonasi o’rtasida sodir bo’lgan «qirg’inliklar» dan guvoxlik byeruvchi xech bir alomat saq-lanmagan. Demak, bular o’rtasida kelishmovchilik .alomatla-ri xech qachon bo’lmagan. yeradan avvlgi II ming yillik davo-mida, ayniqsa uning to’rtinchi choragida «cho’lli zona» chorva-Dorlarining janu tomon yurishlari jadallashuvi munosabati bilan Markaziy Osiyo aholisi etnik tarkibida turi antro-pologik tip vakillarining aralashish jarayoni jadallasha-Di. Bronza asrining so’nggi bosqichlariga kelganda dehqon-chilik xo’jaligida sun`iy sug’orish sistemasida magistral kanallar paydo bo’ladi, xonaki chorvachilik va motiga dehqonchilig’idan yayl_ov ch.orvach^li.giga. aniqrog’i chorvaddor- larnnng yarim ko’chmachilik turmush tarziga o’tishi sodir bo’ladi, Shunday qilib neolit davridan so’nggi taraqqiyot rivojlanishini ko’rsatuvchi eneolit va bronza davrlarini o’ziga xos hususiyatlari haqida to’xtalib o’tdik. endi Mar-kaziy Osiyo xududidagi eneolit va bronza davrlarini aks ettiruchi mavjud yodgorliklar, ularni o’rganilish tarixi, tutgan o’rni, ahamiyati haqida ayrim muxim ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklar misolida bayon qilishga xarakat qila-miz.
XX asrni boshlariga kelib, aniqrog’i 1904 yili Amyerikalik R. Pompelli tashabbusi bilan janubiy Turkmanistonga ekspeditsiya uyushtirilib, Anovtepa yodgorligida arxeolog G. Shmidt tomonidan arxeologik qazish ishlari olib borildi. Anovtepa Ashxaboddan 12 km sharqda Anov qishlog’ida joylashgan. Natijada Anovtepani Anov 1, II, III va IVkabi bosqichlarga bo’lindi. Bu 4 bosqichdan iborat xronologik sistema rosa 50 yil davomida o’z kuchini yo’qotmadi.1950 yilning boshlarida B. A. Kuftin tomonidan
Turkmanistonning Nomozgoh tepa yodgorligida qazish ishalri olib borilib, eneolit va bronza davrlari 6 ta bosqichga: Nomozgoh 1 , II, III, IV, V, VI larga bo’lindi. Shundan so’ng Turkmanistonda ko’p yillar davomida qazish ishlarini olib borgan V.M. Masson bu 6 ta bosqichn-i xar birini ikkitadan bosqichlarga bo’lib o’rganish mumkinligini isbotladi. Agar g.Shmidtni xronologik davriy sistemasini B. A. Kuftin tomonidan Nomozgoh tepa asosnda tuzilgan davriy sistemasi bilan solishtirilsa, Anov 1 ning «A» fazasini neolitga tegishli ekanini, Anov 1 esa_oxiriga oidligini guvoxi bo’lamiz. Shuniigdek Anov P Nomozgoh P ga barobar bo’lib, Anov III esa Nomozgoh III, IV, V va VI ga ten-gdir. Anov IV ilk temir davriga mansubdir. Mutaxassisla-rimizni xulosalariga ko’ra Nomozgoh 1 ilk eneolit, Nomo-goh II o’rta eneolnt ve Nomozgoh III esa so’ngi eneolit hi-soblanadi.
Geoksyur voxasidagi eneolit yodgorliklarida arxeolog-larimiz tomonidan o’tkazilgan arxeologik izlanishlarni natijalari shuni ko’rsatdiki, ilk eneolit davrida urug’ jamoalari maydonlari keng bo’lgan makonlarda yashaganlar. Xar bir qishloq bir biriga zich qilib qurilgan qator bir xonali uylradan tashkil topgan. Xar bir uy juft oilalarga tegishla bo’lib, unda ona oila boshlig’i hisoblangan. Boylik xali umumjamoaniki hisoblanib, uni yaratishda oilaga bo-shka urug’lardan vaqti- vaqti bilan kelib turuvchi yerkak-larni ko’maklashuvi salmoqli o’rin egallagan.
Anov 1 va Nomozgoh 1 larning komplekslari ilk eneo-liga mnsub bo’lib, V ming yillikni o’rtalaridan IV ming yillikni o’z ichiga oladi. Bularda tarakniy etgan dehqonchi-lik davom etadi. Daryolarda suvlar toshgan paytlarida na-mlikni uzoqroq muddat saqlash maqsadida dalalarga suvni to’plab, marzalarni balandroq ko’targanlar. Bug’doy va arpa-lar madaniy o’simliklarga aylantirilgan. Chorvachilik ovchi-likni xo’jalikdan siqib chiqargan. Chorvachilikda sigirlar, qo’ylar va cho’chqalar asosiy o’rinni egallagan. YUqorida til-ga olingan nlk bor xom g’ishtlardan qurilgan. Bu uylarni enlarida xo’jalik omborlari xam bo’lgan. Odamlar yashaydi-gan qishloq 2 ga gacha bo’lgan maydonni egallagan. Ammo No-mozgoh 1 ni oxirlarida bu maydonlar 10 ga gacha etgan. Na-tijada qurilishlar ancha tartibga solinib, rejali ko’chalar xam vujudga kelgan. Manzilgohlardan misdan yasalgan: bez-aklar, ikki tig’i o’tkir pichoqlar, 4 qirrali bigizlar to-pilgan.
Topilga bu buyumlarni metallografik analizi shuni ko’rsatdiki, bular tabiatda uchraydigan sof misni o’zidan emas, balki mis rudasini yeritish orqali olingan misdan qilingan. Bulardan tashqari loylardan yasalgan ayollarni xaykalchalari uchraydi. Ba`zi bir katta xonalarni arxeo-loglarimiz ibodatxonalar deb belgilaydilar. Qabrlar xud-di Joyitunga o’xshab manzilgohlari o’zida bo’lib, murdalar buklanib qo’yilgan. Ularni ustlariga oxralar sepilib,ular bilan ko’milgan buyumlar ancha kambag’al. Bu qabrlarda xali ijtimoiy tengsizliklarni belgilari ko’zga tashlanadi.
Nomozgoh III davrining boshlanishi yeramizgacha bo’lgan 3500 yil bnlan belgilanib, odamlar yashagan qishloqlarni maydoni o’rtacha 12 ga ni tashkil qilgan. Bu davrga kelib, markazda nisbatan ancha yirik. Uni atroflarida esa mayda qishloqlar tashkil topadi (bu qishloqlarni arxeologlarimiz manzilgohlar xam deydilar). G’alla saqlanadigan omborlar va ibodat xamda qurbonlik qilishga mo’ljallangan maxsus ibodatxonalar umumjamoaniki bo’lgan. Ba`zi bir maslaxat-li masalalar xam shu ibodatxonada jamoa yig’ilishida xal QIlingan. Nomozgoh II davrida bir xonali uylar xamon xukmronlik qilib,, keyinchalik ularni soni asta- sekin ko’payib boradi. Geoksyur voxasida sugorish sistemasini ilk Usullaridan, ya`ni uncha katta bo’lmagan ariqlardan foyda-lanish usullari xam aniqlangan. Boqiladigan hayvonlar orasida qo’ylarni soni nisbatan ko’p bo’lgan. Cho’chqalarni suyaklari doimo uchrab turadi. Ammo uy q.ushlarini suyaklari mutlaqo uchramaydi.
Shuni aytish kyerakki, Nomozgoh II davri uy qurilish rejalarini Geoksyur voxasining Yalang’och tepa, Mo’lali tepa kabi yodgorliklarida yaxshi o’rganilgan. Geoksyur voxasi uchun eneolit asrining bu davri
«Yalang’och bosqichi» deb xam yuri-tiladi. eng muxim yangiliklardan bu
«Yalang’och bosqichi» da urug’ jamoalarining qishloqlari mudofaa devorlari bilan o’rab olina boshlaydi. Xaraktyerli tomoni shundaki qishloq-larni xamma xududlari devor ichiga olinmay balki ularning markaziy qismigina devor bilan o’rab olingan. YUqoridagi-lardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki Markaziy qish-loqni devorlar bilan o’rab olinishi birinchidan markazdagi qishloqlar yeradan avvalgi I ming yillikni o’rtalarida pay-do bo’lgan shaharlarni «Ark» larini ilk ko’rinishi bo’lsa, ikkinchidan bular sinfiy jamiyatlarni paydo bo’la boshlaga-nidan dalolat byeradi. Bu mudofaa devorlarini doira shak-lidagi burj (bashnya) lari bo’lib, mutaxassislarimizni fikricha burjlar kuzatuvchilik uchun qulay bo’lgan.
Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulovlarni bayonlariga ko’ra Mo’lali tepa yodgorligi adabiyotlarda ko’pincha Mulla-li tepa deb noto’g’ri yoziladi, chunki bu yodgorlik mullali emas balki mo’lali, ya`ni burjli demakdir deb tuzatish ki-ritiladi. Nomozgoh II davrining xaraktyerli hususiyatlari-dan biri million yillar davomida ajdodlarimiz xo’jali-gida xukmronlik qilib kelgan tosh qurollarni soni sezi-larli darajada kamayadi. Sopol idishlarni shakllari asosan yarimshar va konus shalidagi kosalardan iborat bo’lib, ulra xar xil ranglar bilan naqshlanganlar. Naqshlangan ayollar- ning xaykalchalarini oyoqlari, aniqrog’i sonlari va ko’krak-lari to’la do’mboq qilib tasvirlanishida davom etgan. Qabr-larni laxadlari ko’pincha xom g’ishtlar bilan to’silgan bo’lib, qabrlardagi mayit atroflariga quyilgan buyumlar ularni ijtimoiy hayotlarida tengsizlik alomatlari juda kam darajadaligini ko’rsatadi. Nomozgoh II mansub bo’lgan yosh bolani qabridan 2500 ta marjon topilib, shular orasi-da tillo va gips metallaridan qilinganlari, hamda kumush-dan yupqa qilib qoplanganlari xam topilgan. Bu kabi to- pilmalarni oz miqdorda bo’lsa xam topilishi, bu davrga ke-lib ilk bor tillo, gips v a kumushlardan foydalana bosh-laganliklaridan dalolat byeradi. Bulardan tashqari Nomoz-goh II da lazurit (ko’k rangli minyeral) lardan xam marjonlar qilish keng tarqalgan. Lazuritlar shimoliy Afg’o-nistonda ko’p bo’lgani uchun lazurtlar o’sha yerdan keltiril-gan va ularga ishlov byerish marjonlar yasash Markaziy Osyo-da bo’lgan degan fikrlra mavjud.
Eneolitni so’nggi davrlar Nomozgoh I I I kompleks (No-mozgoh III ga mansub yodgorliklardan topilgan barcha topil-ma) lari bilan xaraktyerlanadi. Shuni aytish joizki muta-xassis olimlarimiz tomonidan xozirgacha Nomozgoh II bi-lan III orasidagi vaqtli bo’lsada chegara asosli ravishda aniqlab byerilgani yo’q. Ammo Nomozgoh III ni oxiri yeradan avvalgi 2750 yil bilan belgilangan. Nomozgoh III davrida g’arbiy va sharqiy orasidagi tafovutlar vujudga kelib, bu-lar sopol idishlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu xududlarda Nomozgoh tepa va Oltin tepa kabi yirik markazlar shakl-lanadi.
Shuni aytish joizki nafaqat Nomozgoh va Oltin tepa-lar balki ko’plab asosiy eneolit davri yodgorliklari Mar-kaziy Osiyoni Kopetdog’ tog’ oldi bilan saxrolari orasida joylashgan bo’lib, ular uzoq yillar davomida ustma- ust Kurilishlar tufayli tepaliklarga aylanganlar. Bu tepa-liklar turkiy tillarda
«tepa», «depe»; arablarda «tell»; gruzinlarda «gora», ya`ni tog’; armanlarda esa «blur» deb atalgan. Nomozgoh janubiy Turkmanistondagi Qaaxqa temir yo’l bekatidan 7 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, uni mada-niy qatlamini qalinligi 34 m ga etadi. Maydoni esa 70 ga ni tashkil qiladi. Shuning uchun xam bu yodgorlik arxeolog olimlarimiz tomonidan yuqorida
ta`kidlaganimizdek 6 ta davrga bo’lib o’rganiladi. Oltin tepa yodgorligi esa janu-biy Turkmanistonning Qaahqa tumaniga qarashli Meana qishlog’i yaqinida joylashgan bo’lib, uni balandligi 20 m, maydoni 60 ga.
Nomozgoh I I I davrida odamlar yashaydigan qishloqlarni xajmi xar xil bo’lib, ular orasida kichiklari o’rtachalari va yiriklari xam mavjud bo’lgan. manzilgohlar ko’p xonali bo’lib, ularni xonalari 20 taga etgan. Ana sha xonalarni ko’pligiga qarab jamoani ancha katta bo’lganini taxmin qi-lish mumkin. Dehqonchilikda juda katta yutuqlar qo’lga ki-ritilib, sun`iy xovuzlar va ilk kanallar vujudga keldi. Sun`iy xovuzlarni satxi 1100 m3 ni tashkil etib, chuqur-liklari 3 m gacha bo’lgan. Shuning uchun xam ular dalalarni bir necha bor sug’orish imkoniga ega bo’lganlari tufayli bir yilda ikki marotaba xosil olishlar mumkin bo’lgan. Poda bokishda va uni tarkibida aytarli darajada o’zgarishlar bo’lgani yo’q. podani asosiy qismini xamon qo’ylar tashkil qilgan. Ammo, loydan yasalgan otlarni egar jabduqlari bi-lan g’ildirakli aravaga qo’shilgan xolatini aks ettiruvchi o’yinchoqlarni topilishi Nomozgox III davrida xayvonlarni kuchidan yuk tashishga o’tilganini bildiradi. 111-11 chi ming yilliklarda tuyalar xam xonakilashtiriladi.
Metallurgiya soxasida yopiq shakllarda, yeritilgan mate-riallardan quyma buyumlar yasash vujudga keladi. YUmaloq shakldagi metall oynalari (yumaloq shakldagi misdan yasal-gan oynani bir tomoni silliqlanib, yaltiratiladi, undan xozirgi zamon oynasiga o’xshab tiniq bo’lmasada, unga qi-ziqqan odam uz aksini ko’radi) iskomalar, to’g’nog’ichlar xat-to bilak uzuklar yasash yuqori darajaga ko’tariladi. Shunday qilib metalga ishlov byerish va zargarlik ishlari jamoa xu-narmandchiligi darajasiga ko’tariladi. Geoksyurdan kulol-chilik o’chog’i (sopol idishlarni pishiruvchi maxsus moslama-ni kulolchilik o’chog’i deyiladi). Sopol idishlar qatorida kam bo’lsada mramorlardan yasalgan idishlar xam uchraydi. eng muximi eneolitni oxirlarida toshdan yasalgan muxrlar xam uchraydiki, bu xolat shaxsiy mulklarni paydo bo’la bosh-laganidan dalolat byeradi. Avvalgi davrlardagidek ayollar-ni xaykalchalari ko’plab uchraydi. Ammo soqolli yerkalarni xam xaykalchalari xam paydo bo’la boshlaydi. Oz bo’lsada yer-kaklarni xaykalchalarini vujudga kelishi ota urug’i xuk-mronligini boshlanishidan dalolat byeradi. Manzilgohlar-da maxsus maqbaralara uchrab, ularda ko’pchilikni ko’milgani ma`lum. Bu ko’pchilikni dafn etilgan qabrlarda ularni bu-yumlari juda oz bo’lib, ular asosan sopol idishlar va kor-zinalardan iborat.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki, eneolit asrini so’nggi bosqichida qadimgi dehqonchilik qishloqlarini xudu-DI YaShD1 k*kg*yadi. Buni yakkol isbotini Geoksyur voxasida Geoksyur I va Chungtepa; Artek tumanida esa
Qoratepa yod-gorliklarida olib borilgan arxeologik ishlarning natija-lari ko’rsatadi. Qoratepani o’zidagina Nomozgoh III bosqi-chiga mansub bo’lgan
130 dan ortiq ko’p xonali uy- joy qol-diqlari topilgan. Bular aloxida xonadonlarga mo’ljallan-gan xo’jali komplekslarini tashkil etadi. Ular asosan dax-lizli bo’lib, yotoqxona o’rtasida sandal (tancha) o’rni saq-langan. Demak, xozirgi zamon sandallarini tarixi 5 ming yilga boradi. Bu ko’p xonali uy tarkibida torroq kichik xo-na bo’lib, unda o’choq yoki sandal qoldiqlari yo’q. Bunday xonlar oila a`zolarini «ombor» lari sifatida xizmat qilgan bo’lishi mumkin. NomozgohP! davrining eng xarak-tyerli tomoni shundaki, bu davrga kelib, uy- joy xo’jalik komplekslari qoshida xovlilar paydo bo’ladi va bu xovli-larni birlashtiruvchi tor ko’chalar rasmiylashadi. Qishloqni markaziy qismi esa, ochiq maydon sifatida qoldiriladi.Tor ko’chalarning deyarli barchasi shu maydonga olib chiqadi. Qo-ratepa xo’jalik komplekslari ichida bir xonada doira shak-lida qurilgan altar’ topilgan. Bu altar’ qadimgi dehqon-chilik xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi urug’ jamoalari tari-xida eng dastlabkisi xisoblanadi. Shunday altar’lar Geo-ksyur I qishlog’idan va ularning 4 tasi Cho’ngtepaning Nomoz-goh I I I bosqichining so’nggi fazasiga doir qatlamida xam to-pilgan. Shunday qilib, qadimgi dehqon jamoalari hayotida olovga topinishning yangi ko’rinishi altar’ paydo bo’ladi. Bu esa ibtidoiy diniy e`tiqodlarning aniq ishlarini ish-lab chiqilayotganidan dalolat byeradi.
Shunday qilib, qadimgi dehqon jamoalari tarixida Nomozgoh III bosqichida ko’p xonali xo’jalik kompleksldari A. Asqarov va M. Jo’raqulovlarning xulosalariga ko’ra, keng ravishda rasmiylashadi va ular aloxida maxallarga birlashtiriladi, bu maxallalar bir birlari bilan tor ko’chalar yoki xovlilarning maydonlari bilan ajratiladi. Bu o’zgarishlar o’z navbatida yirik qishloqlarning asta se-kin shaharlar qiyofasiga o’ta boshlaganligidan dalolat be-ruvchi eng dastlabki qadamlar bo’ladi. Shuning uchun arxeo-loglar Markaziy Osiyo tarixida bu davrni «protogorod» (shahar) madaniyatminig ilk belgilari deb hisoblaydilar. Bu belgilarning aksariyat ko’pchiligi Geoksyur I yodgorligida keng ko’lamda o’rganilganligi tufayli eneolit asrining so’nggi bosqichi Geoksyur nomi bilan yuritiladi. Nomozgoh III bosqichiga kelib sopol ishlab chiqarishda va sopol idish-larga naqsh solishda Qoratepa va Nomozgohtepada yana No-mozgoh I davri an`analari tiklanadi. Ammo Gebksyur voxa-sida esa polixrom, ya`ni rang barang tasvirlar tushirilgan sopol idishlar yasash davom etadi. Xamma joyda sodda qilib ishlangan geometrik shakllar o’rniga murakkab jim- jima-Dor nafis gullar paydo bo’ladi. «Gilam guli naqshi» deb ataladigan bezaklar vujudga keladi. Sopol idishlarning sirtlariga hayvon va parrandalarning suratlarini
tushi-rish odatlari yanada keng tus oladi. Mutaxassislarni fik-Richa, sopollarda hayvon va qush suratlarini paydo bo’lishi bu ibtidoiy urug’doshlik jamoasi diniy va idealogik tassu-Rotlarning «totem» lar ko’rinishida namoyon bo’lishida gu voxlik byeradi. Ma`lumki eneolit davrida xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Nomozgoh II bosqichidan boshlab, sun`iy suv omborla-ri vujudga kelgan. Mo’lalitepa yaqinidan xajmi 3500 m3 bo’lgan xovuz qoldiqlari topilgan. Geoksyur I qishlog’i yaqi-nida esa daryo o’zani bo’ylab, uzunligi 1,5 km keladigan ka- nal yordamida ekinzorlarni sug’orib, hosil olish uchun suv olib borilganligi Olimlarimiz janubiy Turkmanistonda eneolit davrida ko’proq arpa ekkanliklarini aniqlaydilar. Poleozoolog olimlarimiz, janubiy Turkmanistondagi ene-olit suyak qoldiqlarini o’rganib, bu yerlarda uy hayvoni sifatida yirik shoxli qora mol xamda qo’y va echkilarni boqish bilan shug’ullanganliklarini aniqladilar.
Mutaxasis olimlarimizni xulosalariga ko’ra, eneolit asri ijtimoiy munosabatlariga kelganda, xali bu davrda ona urug’i jamoada xukmron edi. Bunga misol qilib, xona va mozorlardan topilgan ayollarning xaykalchalarini ko’rsatish mumkin. Ayniqsa Nomozgoh I bosqichida ayollarning mavqei kuchli ekanligi yaxshi namoyon bo’ladi. Nomozgoh II bosqichi-dan boshlab esa, asta sekin yerkaklarning jamoada, oilada o’rni va roli sezila boshlaydi. Avvalgi urug’doshlik jamoa-lari o’rnida asta sekin ishlab chiqarish jamoalari rasmiy-lashib borayotganini ko’ramiz. Ammo ayollar xali jamoada, oilada o’z o’rinlarini yerkaklarga bo’shatib byerganlaricha yo’q edi. Nomozgoh III bosqichiga kelib, ko’p xonali xo’jalik komplekslarining rasmiylashuvi bilan ishlab chiqarish ja-moalari jamiyatning asosiy yacheykasiga aylanib bordi. Bu esa o’z navbatida jamoada, oilada yerkaklar rolining oshib borishiga keng imkoniyatlar ochib byerdi. YUqoridagi eneolit yodgorliklaridan tashqari Zarafshon voxasining yuqori qis-mida O’zbekiston bilan Tojikistonning chegara xududida joylashgan eneolitga mansub ajoyib bir yodgorlik Sarazm qishlog’idan 1970 yillarda topildi. Arxeologiya faniga Sa-razm nomi bilan kirgan bu yogorlik Tojikistonlik arxeolog olim Isoqov Abdulla tomonidan o’rganilib, uni maydoni 90 ga dan iborat ekanligi va bu Sarazm qishlog’ida Zarafshon vodiysining bobokalonlari eneolitdan to so’nggi bronza davrigacha yashaganliklari aniqlangan. Uning Sarazmni tepa-liklarini 4 ta joyida arxeologik qazishma ishlarini olib borgani natijasida, eneolit va bronza davriga oid moddiy ashyolar olingani va shu matyeriallar asosida Sarazm yodgor-ligini bosib o’tgan yo’lini 4 ta bosqichga bo’lish mumkinli-gini ko’rsatgan. Ana shu 4 ta bosqichni eng qadimgisi Sarazm 1 bosqichi bo’lib, uning madaniy qatlamida
polixrom naqshli sopollar uchraydi Ular Nomozgoh III davri sopollariga o’xshaydi. Sarazm II bosqichiga oid qatlamlarda ko’p xonali uy- joy qoldiqlari xam topilgan. Sarazm II bosqichiga oid xonalarni ba`zilarida doira shaklidagi altar’lar xam to-pilgan. Sopol parchalari orasida polixrom naqshli idish-lar bilan birga qora va kulrang sopollar xam bo’lib, ular xar ikki tomonlama angob bilan pardozlaangan. (angob de-ganda idishlarni sirlash tushuniladi) Xozirgi zamondagi sopol idishlar xam sirlanishi natijasida silliqlanadi) Sarazm II qatlamidan to’qimachilik dastgohini toshdan yasal-gan buyumlari, misdan ishlangan bigizlar, to’g’nog’ich va bi-gizlar xam topilgan. Bularni barchasi A. Isoqov eneolit-ning eng so’nggi bosqichi yoki ilk bronza davri bo’lsa kyerak deb taxmin qiladi. Sarazm I II bosqichida ko’p xonali uy-joy qurish an`analari davom etib, maxalalarda tor ko’chalar va keng xovlilar paydo bladi. Sarazm II dan farq qilib Sarazm III da qurilishlarda asosan xom g’isht ishlatiladi. Avvalgi doira shaklidagi xonalarni o’rtasidagi altar’lar o’rnini, endi kvadrat o’shaklidagi muqaddas olovxona alta-r’lari egallaydi. eng muximi, Sarazm III davrida ilgarigi oilviy altar’lardan tashqari maxsus bosh jamoa ibodatxo-nalari yuzaga keladi. Kulolchilikda xam keskin o’zgarishlar bo’lib, endi maxsus kulolchilik charxlarida idish tovoqlar yasash keng tus oladi. Avvlgi qora kulrang sopl ishlab chiqa-rish keskin kamayib ularni o’rniga, tiniq rangli va qizil angob bilan pardozlangan sopol idishlar paydo bo’ladi. Sa-razm IV davri Nomozgoh V madaniyatining so’nggi bosqichi bilan tengdoshdir va uni xronologiyasi yeradan avvalgi 1800-1900 yillar bilan belgilanmoqda. eneolit va bronza dav-rining mutaxasis, arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulovlar Sarazm yodgorligi haqida o’z fikrlarini bil-dirib, Sarazmdan topilgan arxeologik matyeriallar analizi birinchi navbatda madaniy qqatlamlardan olingan sopol va bronza buyumlari Sarazm qishlog’ini' yeradan avvalgi 111-11 ming yillikka oid Zarafshon vodiysining eng dastlabki dehqon jamoalari makoni sifatida qarashga imkon byeradi. Yaqin vaqtlarga qadar Zarafshon vodysida qad ko’targan yuq-ori tsivilizatsiyalari lik shaharlar haqida gap ketganda, ularni maxalliy ildizi, ularni keltirib chiqargan bronza davri tub sotsial iqtisodiy bazasi masalasida biror fikr yuritish qiyin edi. Chunki ungacha Zarafshon voxasida o’rga-nilgan bronza davriga oid yodgorliklar Mo’minobod va Chakka qabristonlari, quyi Zarafshonda o’rganilgan Zamonbobo ma-daniyati va Andronova madaniyatiga tegishli makon va qab-ristonlar cho’l zonasi qabilalarining madaniy izlari bo’lib, ular yeradan avvalgi I ming yillikning o’rtalarida So’g’diyonada tarkib topgan urbanistik jarayonlarning yuksa-lishi uchun asos bo’la olmas edi.
Shuning uchun. xam Samarq-anddan 40- 45 km lar chamasi sharqda Sarazm qishlog’i xudu-dida 1976 yili topilgan bu bronza davri dehqon jamoala-rining makoni aloxida ahamiyyatga ega deydilar.
Xulosa qilib shuni aytish kyerakki, Markaziy Osiyoda eneolit davri asosan janubiy Turkmaniston dehqon jamoa-larini Nomozgoh I, II, III davri yodgorliklari va Sarazm yodgorligining Sarazm I va II bosqichlari misolida o’rganil-gan. Eneolitdan so’nggi davr bronza asri bo’lib, garchi bu davr xronlogik jixatdan uncha katta davrni o’z ichiga olma-sada ajdodlarimiz hayotida sodir bo’lgan juda ko’p yangilik-larni o’z ichiga oladi. Bronza asrida ob- havo xam nisbatan ilib, cho’l va dashtliklar kengayib, chorvachilikni keyingi taraqqiyoti uchun qulayliklar vujudga keladi. Bronz asri metallurgiya taraqqiyotini 4 bosqichiga to’g’ri kelib, mis va qalay qorishmasidan bronza xosil qilish texnikasi vujudga keladi. Misni yeritish uchun ancha yuqori darajadagi sun`iy issiqlikni vujudga keltirish lozim edi. Bu issiqlik loy-dan yasalgan trubalar va bosqonlar yordamida xosil qilingan (bunday usul xozirgi zamonda xam temir asboblariga ishlov byerishda, temir ustalari tomonidan qo’llanilmoqda). Bronza asrida mis bilan qalayni yeritib, ulardan qorishma xosil qilish usulini bilib olingandan so’ng, bu qorishmalarni loydan yasalgan qoliplarga quyib o’zlariga ma`qul bo’lgan shakllardagi mexnat va jangovor qurollarni yasay boshladi-lar. Masalan; bolta qilish uchu xajmlari bir xil bo’lgan yarimtaki qolipni loydan yasaganlar va ularni quritib, xar ikkalasini bir biriga yopishtirib, ip bilan bog’laganlar. Bolta 'qolipini to’mtoq tomonida maxsus qoldirilgan te-shikchadan yeritilgan qorishmani quyganlar. Qorishma sovub qotgandan so’ng quyma bolta o’z shakliga ega bo’lgan. Shundan so’ng quyma boltani pardozlash va silliqlash ishlari oson-lik bilan bajarilgan. Boshqa turdagi mehnat va jangovor qurolar xam shu kabi usullar bilan qilingan. Ammo eneolit davridagi kabi bronza asrida xam mis kamyob bo’lgani uchun ulardan juda zarur bo’lgan qurollarni va bezaklarnigina yasaganlar. Shuni aytish lozimki bronza asriga kelib, qabilalar o’rtasida iqtisodiy tengsizlik alomatlari ko’zga shlana boshladi. Ba`zi qabilalar mis konlari syerob xududlarda yashasa, boshqalari qalayga boy bo’lgan xududlarda va yana boshqalari esa unisi xam bunisi xam yo’q joylarda yashashlariga to’g’ri keldi. Bunday xolatlar tomondan qabilalar taraqqiyotidagi tengsizlikni vu-judga keltirsa, ikkinchi tomondan ularni orasida alma-shuvni paydo bo’lishiga va o’zaro aloqalarni kuchayishiga olib keldi. umuman olganda jahondag ko’pchilik mamlakat-larda bronza asri chorvachilik xo’jaligini taraqqiy etgan pavriga to’g’ri keladi. Dehqonchilik, garchi bronza asrida muxim mavqega ega bo’lgan chorvachilik tomonidan biroz bo’lsada uni taraqqiyotiga to’siq
bo’lgan bo’lsada, yo’qolmadi, aksincha xo’jalikni muxim xatto etakchi tarmog’i bo’lib qola-vyerdi. Bizning Markaziy Osiyoda esa janubiy Turkmaniston eng qadimgi o’troq dehqonchilik va xonaki chorvachilik bo’lib qolavyerdi. B. A. Kuftinni xronologiyasiga muvofiq Nomoz-goh IV, V, VI bosqichlari janubiy Turkmanistonda bronza asri hisoblanadi. Nomozgoh madaniyati Qadimgi Sharq tsivi-lizatsiyasining ajralmas qismi bo’lib, bu davrda qabilala-raro aloqalar doirasi kengayib Nomozgoh dehqonlari ja-nubda shimoliy- sharqiy yeron qabilalari bilan, shimolda Kaltamnor madaniyati qabilalari bilan yaqin aloqada bo’la-dilar. Nomozgoh IV davrining so’nggi bosqichida kulolchiik charx paydo bo’ladi. Nomozgoh IV davri yeramizgacha bo’lgan 2750- 2300 yilliklarni o’z ichiga olib, aslida eneolitni an`analari asosida taraqqiy etgan shaklini aks ettiradi. Nomozgoh IV bosqichi g’arbda Qizil Arvatdan sharqda Tejen daryosiga qadar bo’lgan xududlardagi Nomozgoh tepa, Oltin tepa, Xovuz tepa, Oq tepa kabi ko’p qatlamli yodgorliklarda o’rganilgan. Bular rasida Oltin tepa yodgorligi o’zini mod-diy ashyolarga boyligi va Nomozgoh IV bosqichini xar tomon-lama yoritishi bilan yaqqol ajralib turadi. Bu yodgorlikdagi ko’p xonali uylrani barchasi xom g’ishtlardan qurilgan bo’lib, ularni yonlarida xo’jalik xonal-ari xam bo’lgan. Bu qurilish xonalarini xovlilari bo’lib, xovlilarga uy- joy xonalarining eshiklaridan kirilgan. Manzilgoh maydonidan metallurgiya va kulolchiikka oid qoldiqlar topilgan.
Shuni aytish kyerakki kulolchilikda ishlatiladigan tuproq jahonnint xamma yerida xam borligi deyarli barcha xa-lqlarda kulolchilikni keng tarqalishiga imkon byergan. Da-stlab kulolchilik bilan ayollar shug’ullanganlar degan fikrlar xam mavjud. Ilk bor yeradan avvalgi IV ming yillikni oxirlarida va III ming yillikni boshlarida esa Misrda ku-lolchilik charxlari ixtiro qilingach, kulolchilik bilan yer-kaklar shug’ullana boshlaydilar. Kulolchilik charxi katta va kichik ikki yog’och g’ildirakdan iborat bo’lib, yog’och o’q bilan o’zaro birlashtirilgan. Kulol pastdagi katta g’ildirakni oyog’i bilan aylantirib turishga moslashtirilgan. YUqoridagi g’ildirakni ustiga loy qo’yiladi va undan idish tayyorlana-di. Tayyorlangan idishlar quritilib, qizdirilgan xumdon-larda pishiriladi. Idishlarni xajmiga turiga qarab, xum-donlar xam katta va kichik xajmlarda bo’lgan. Nomozgoh IV davri xali sinfiy jamiyatga xos bo’lgan shahristonni o’rta-siga joylashgan tepalik ko’rinishidagi «ark» bo’lmagan. Ammo urug’chilik tuzumini tugab borayotganidan dalolat be-ruvchi ibodatxonalarni qoldiqlari mavjud edi. Shuni ta`kidlash joizki xar qaysi davrda shaharni belgilari va xaraktyerlari xar xil. Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi ta-riflangan shahar belgilarini arxeologlar asosiylari deb, shaharda aholini soni 5 mingdan kam bo’lmasligini, uni
kvartallari bo’lib, unda xunarmandchilik ustaxonalari xam-da .jamoani umumiy ibodatxonasi bo’lishi kyerakligini ayta-dilar.
Oltintepa yodgorligini o’rganish natijalari yuqoridagi belgilarni barchasini mavjudligini aniqladi. Shuning uchun xam Otintepa yodgorligini arxeologlar Qadimgi Sharq shaharlari xilidagi shahar deb atashadi. Oltintepa mada-niyati taraqqiyoti darajasini Mesopatamiyadagi Uruk davri-dagi shahar madaniyati taraqqiyotiga yaqin deyishadi. Oltin- ch tepa yodgorligini mozorlari 2 xil bo’lib, bir xillari bir kishiga mo’ljallangan yolg’iz mozor bo’lsa, ikkinchilari max-sus kamyera turidagi kollektiv mozorlardan iborat edi. Ochilgan mozorlarning xammasi turar joylar doirasida, xona satxining taglarida joylashgan.
Nomozgoh IV davriga xos hususiyatlardan biri bu dav-rda, Oltintepa kabi yirik qishloqlari bilan bir qatorda ancha kichik xajmdagi qishloqlari xam mavjud bo’lgan. Kichik xajmdagi qishloqlarining ayrimlarini maydonlari 1 ga ga bormagani xolda yiriklarini 10 ga dan kam bo’lmagan. Ularning madaniy qatlamlari xam ancha qalin bo’lgan. Ma-salan: Xovuztepani Nomozgoh IV davri madaniy qatlami 5 m gacha, Oqtepada esa 7 m gacha, Nomozgohtepaniki esa 34 m ga-cha boradi. Shundan 4 m ga yaqini Nomozgoh IV bosqichiga oiddir. Nomozgoh IV davrini mehnat qurollari xam misdan qilinib, ba`zisida bronzadan qilinganlari xam uchrab turadi. Dehqonchilikda ishlatiladigan mehnat qurollarini aksariyati toshdan qilinar edi. Xonaki xunarmandchilikning kulolchilik, zargarlk, to’qimachilik soxalari keng rivoj-langan. Bu davrni oxirlarida kulolchidlik charxlari paydo bo’ladi. Kulolchili.k charxini paydo bo’lishini xaraktyerli tomoni shundaki, endi kulolchilik ustalari asosiy e`tiborlarini idishlarning naqshiga emas, balki shakliga, sifatiga qaratadigan bo’ldilar. Bu davrda qadah va vaza-simon idishlar paydo bo’ladi. Idishlar sirtiga daraxtlar, echki va qushlarning suratini solish keng tus oladi. Idish-larga «Tilam guli « naqshini solish davom etadi. Tiniq rangli gulsiz sopollar soni Nomozgoh IV davrini oxirla-rida ko’payadi. Shuni xam aytish kyerakki, mutaxassis olim-larimizni xulosalariga ko’ra Nomozgoh IV davri xamma joyda xam bir xil bo’lgan emas. Bu davrni xaraktyerli hu-susiyatlaridan yana biri shuki ayrim odamlarni qo’lida or- tiqcha maxsulotlar to’planib qola boshlaydi. Natijada mul-kka egalik qilishda tengsizlik alomatlari yuzaga kela bosh-laydi. Bunday xodisalar Nomozgoh IV ni oxirlariga to’g’ri keladi. Xuddi shu davrga oid madaniy qatlamlardan tosh va loy lardan yasalgan muxrlarni topilishi xam tengsizlik belgilarini paydo bo’la boshlaganida dalolat byeradi. Shuni aloxida ta`kidlash joizki, Nomozgoh IV qatlamida «Zikkurat»- pog’onali minora ko’rinishidagi
ibodatxona qurilishining qoldiqlari topilgan edi. Arxeologlarimizni aniqlashlaricha bu ibodatxona qurilishi Nomozgoh V davriga kelib (2300- 1850 yy) qayta quriladi. Uni balandligi 12 m agcha uzaytiriladi. Ostki qismi esa 55 m gacha cho’ziladi. Bu xashamatli minora ko’rinishidagi ibodatxona fasadi ortida katta uzun yo’lakli qurilish inshoati bo’lib, bunda bir bir-laridan o’tishga qulay bo’lgan qatorasiga solingan xonalar bo’lgan. Ana shu xonalardan biri sig’inish joyi bo’lib, unda muqaddas o’choq va diniy urf- odatlar bilan bog’liq bo’lgan idishlar topilgan. Ana shu xonaning devori yonidan unchpa katta bo’lmagan yog’ochda.n yasalgan altar’ joylashgan. Bu yerdan juda ko’plab bezaklar: kumushdan yasalgan qadama bezaklar, oltin marjonlar, shuningdek qimmatbaho toshlardan yasalgan turli bezaklar, oltindan yasalgan buqa va qo’yni kallalari kabilar topilgan. Arxeologlarni xulosalariga ko’ra bu xilda ibodatxona Shumyer va Akkad ibodatxonalariga xosdir ( Shumyer va Akkad janubiy Mesopatamiya, xozirgi Iroqni janubiy qismida, joylashgan bo’lib, taxminan yeradan av-valgi 3000 yilda u yerda sinfiy jamiyat va davlat vujudga kelgan jahon tsivilizatsiyasini ilk o’choqlaridan bo’lgan). Nomozgoh
V manzilgohi o’zining xajmi jixatidan ancha yirik bo’lib, Qadimgi Sharq shahar markazlarini xajmiga yaqin bo’lgan. Kulolchilarni ishlagan va yashagan maxallalari xam ochilgan. Bular haida manzilgoxdan topilgan kulolchilikka oid chiqindilar va asboblarni topilishi guvoxlik byeradi. Ikki qavatli sopol pishiruvchi o’txonalarni topilishi juda yuqori darajadagi issiqlikni xosil qila olganliklaridan dalolat byeradi. 35 ta buqani xaykalchasi, 14 odamlarni va 8 ta g’ildiraklarni loydan yasalib, yuqoridagi kabi o’txonalarda pishirish uchun tayyorlab qo’yilgan loy xaykalchalari xam topilgan. Topilmalar ichida bronzadan yasalgan xanjar va sopli tova (skovarodka) lar hisoblanadi. Chunki bu turdagi topilmalar Moxintorodan topilgan tovalar bi lan juda o’xshashdir. Shuning uchun xam arxeologlarimiz Nomozgoh V madaniyatiga xos bo’lgan xududlarni Qadimgi Sharq davlatlarining chekkalari deyishadi.
Ana shu Qadimgi Sharq davlatlarining chekkalari deb tan olingan Nomozgoh V davri yodgorliklari janubiy Turkmanistonning, g’arbda Qizil Arvatdan, sharqda to Tejen daryosigacha bo’lgan xududlarda uchraydi. Bular Nomozgoh IV bosqichi qishloqlariga nisbatan xudud jixatidan biroz kichik. Kopetdog’ tog’oldi tumanlarida ular asosan qadimgi yirik aholi yashagan joylar Nomozgoh tepa, Oltintepa, Ulug’tepa, Xovuztepa negizi asosida rivojlangan. Nomozgoh V davrini yirik poytaxt darajasiga ko’tarilgan yodgorliklari Oltintepa va Nomozgohtepa bo’lib, Nomozgohtepani maydoni 70 gani tashkil qiladi. Nomozgohtepa olib borilgan qazish ishalri natijasida ko’p xonali xo’jalik komplekslari xar xil turdagi qabrlar ochib o’rganilgan.
Nomozgoh V bosqichiga tegishli qatlamlar ayniqsa Oltintepada mukammal ravishda o’rganilgan. Oltintepada mudofaa devorlari yuqorida ko’rsatib o’tganmizdek, monumental ibodatxona qoldiqlar, xunarmandchilik, uy joy komplekslari va boshqalar ancha keng ko’lamda, o’rganilgan. Oltintepani 3 m qalinlikdagi yuqori qatlami Nomozgoh V madaniyatiga tegishli bo’lib, bu davr aholisi kulolchilik soxasida yuqori malakali kasb egalari bo’lganlar. Sopol idishlarga naqsh solish mutlaqo Nomozgoh V da yo’qoladi. Ammo ko’rinishi nihoyatda bejirim, chiroyli va nafis xamda jarangdor idishlar asosiy maxsulot darajasiga ko’tariladi. Mehnat qurollari asosan bronzalardan yasala boshlaydi. Lekin tosh qurollar xo’jaliklarda o’z xukmronligini xali yo’qotmaydi. Ma`lumki Nomozgox IV ilk bronza. V esa rivojlangan davrini aks ettiradi. Ana shu davrlarda ishlab chiqarish jamoalarin boshqarish kimlarni qo’lida? Otalarni ko’lidami? yoki yuqori paleolitdan boshlab xukmronlik qilib kelgan onalar qo’lida davom etib kelyaptimi? Ana shu masalada ikki xil fikr mavjud. Janubiy Turkmanistonda ko’p yillar davomida arxeologik qazish ishlarini olib borgan V.M. Masson ilk brnoza davrida, ya`ni Nomozgoh IV bosqichida otalar jamoada o’z ustunliklarini tikladilar. Ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish ayollar qo’lidan yerkaklar qo’liga o’tdi degan fikrni byerdi. O’zbekistonni janubida ko’p yillar davomida bronza davri yodgorliklari asosida arxeologik qazish ishlarini olib borgan A. Asqarov esa yuqoridagi fikrni tarixiy haqiqatga yaqin deb tan olish bilan birga Nomozgoh IV va V qatlamlarida xamda shu davr ayollar mozorlarida ona mabudalarini ko’plab uchrashini hisobga olib ishlab chiqarish boyligini yaratish yerkaklarning asosiy vazifasiga aylangan bo’lsada jamoani boshqarishda xali onalarning roli katta ekanligidan, ularni an`anaviy obro’yi saqlanib qolganligidan dalolat byeradi degan fikrni aytadi. Bu fikrda xam tarixiy haqiqat mavjud Chunki bufikr xam daliliy ashyolarga suyanilgan xolda aytilgan. Shuning uchun xam yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib, Nomozgoh IV va ayniqsa Nomozgoh V davrini jamoani boshqarishda xali onalarni roli butunlay yo’qolmagan, ammo xukmronlik otalar qo’liga o’ta boshlagan davr desak to’g’ri bo’ladi deb o’ylaymiz.
Oltintepaning Nomozgoh V davriga doir yuqori qatlamini keng o’rganilishi natijasida juda muxim xulosalarga kelingan. Shulardan eng muximi Oltintepada Nomozgoh V davrida eng qadimgi ilk shahar madaniyati shakllanganligi haqidagi xulosadir. Nomozgoh V davri mudofaa devori ikkita qurilish bosqichidan iborat bo’lib, ularni birinchisi Nomozgoh V bosqichining ilk fazasida bunyod etilgan. Ikkinchisi esa Oltintepada ilk shahar madaniyati shakllanib bo’lgan o’rta fazada bunyod etilgan. Demak Oltintepa qishlog’i
so’nggi eneolit va ilk bronza davridan boshlab mudofaa devori bilan o’rala boshlangan. Oltintepadan topilgan eng muxim topilmalardan yana biri bu Nomozgoh V davriga mansub oltin boshli xo’kiz xaykali bo’lib, uni ko’z nurlari razurit toshidan ishlangan. Peshonasiga esa yarimoy shaklida fyeruza tosh qadalgan. Bu topilmaga asoslanib, arxeolog oilmlarmiz Nomozgoh V davrida Markaziyts Osiyoning ibtidoiy jamoalari Mesopatamiya va Xrappa aholisi bilan aloqada bo’lgan degan xulosaga keladilar. Bu aloqalar na-. tijasida Qadimgi Sharq yozuvining ayniqsa protoelam yozu- vining bevosita ta`sirida janubiy Turkmanistonda xam piktografik (juda qadimiy yozuv suratlar- piktogrammalar) yozuvining paydo bo’lishiga olib kelgan bo’lishi mumkin de-gan muloxazaga keladilar. YUqoridagi satrlarda Oltintepa yodgorligi va undan topilgan topilmalarni xaraktyerli hu-susiyatlari va xokazolari haqida imkon qalar so’z yuritdik. Xulosa qilib shuni aytish kyerakki, bu yodgorlik Nomozgoh V davrida o’zining ichki mazmuni va tashqi shakliga ko’ra ilk shahar edi. Chunki bu yodgorlikda shaharga xos belgilarni deyarli barchasi mavjud edi: mudofaa devorlarini mavjud-ligi, asilzoda (aristokrat) lar kvartalini ochilishi, «Koxinlar qabridan» oltin uzuklarni va kumush muxrlarni topilishi, boshqa bir qabrdan 96 ta munchoq topilib, undan 35 tasini oltindan ekanligi, bularning barchasi, Oltinte-pani ilk shaharligidan dalolat byeradi.
Arxeologlar shahar madaniyatini ikki bosqichga bo’ladi-lar. 1- dehqonchilik qishlog’ining rivojlanishi asosida tashkil etgan ibodatxona- shahar; 2- si shahar davlat. Bunga ko’ra Otintepani ibodatxona- shahar yoki ilk shahar deb atasa bo’ladi. Ilk shahar o’zining bundan keyingi hayotida shahar- davlat darajasiga ko’tarilib, u siyosiy- adminstra-tiv markaz sifatida podsho xokimiyatining qarorgoxiga ay-lanadi va bu boqichda shohona saroylar, boymozorlar paydo bo’ladi. Ana shunday shahar- davlatlarning ichki tuzilishini Shumyerda Uruk va yeredu misolida ko’rish mumkin.- Shunday qilib Oltintpepani bronza davri jamiyatida shahar- davlat bo’sakasida to’rgan ilk shahar, ibodatxona- shahar sifatida tasavvur etish mumkin. Ammo ana shunday yuksak madaniyatga ega bo’lgan Oltintepa manzilgohi va boshqa yodgorliklarda noma`lum sabablarga ko’ra yeradan avvalgi II ming yillikni o’rtalariga kelib hayot so’nadi. Oltintepa aholisi ko’chib ke-tib, uni, bir qismdagina hat davom etadi xolos. Bunday xo-disalar Markaziy Osiyodagi bronza asrini so’nggi bosqichla-riga kelib, bu davrga Nomozgoh VI yodgorliklari xaraktyer-lidir. Nomozgoh VI
yodgorliklari xronologik jixatdan yera-dan avvalgi 1850- 1100 yillrani o’z ichiga oladi. Maydoni 70 ga lik Nomozgohtepada xuddi Oltintepadagi kabi o’zga-rishlar yuz byerib, faqat uni shimoliy xududidagina «Cho’qqi» deb atalgan kichik bir qismidagina hayot davom etadi. Uning beqiyos maydoni, maxallalari, markaziy maydoni bo’shab qoladi va Nomozgoh VI davri qabristoniga aylanib qoladi. 26ga maydonga ega bo’lgan Oltintepada esa Nomozgox 5 oxirlaridayoq uni butun sharqiy qismi - monumental-yniy idealogiya markazi aslzodalar kvartali bo’lib qoladi. hayot uni g’arbiy qismidagina biroz davom etadi. Bunday inqirozga yuz tutish xolatlari, ya`ni eski yirik markazla-pini bo’shab qolishi faqat janubiy Turkmaniston uchungina xos bo’lib qolmay, bu manzara butun Qadimgi Sharqda kuza-tiladi. Nomozgoh VI davriga kelib, qadimgi yirik dehqon-chilik markazlari o’rnida yangi o’zlashtirilgan yerlar xisobi-ga yangidan yangi qishloq xo’jalik voxalari paydo bo’ladi.
Nomozgoh VI davriga kelib, sopol idishlarning turlari ko’payadi. Avvallari juda kam uchraydigan jo’mrakli choynak-lar, ko’za va ko’zachalar Nomozgoh VI davrining asosiy idish turlari bo’lib qoladi. Sug’orma dehqonchilik va chorvachilik xo’jaligi jadal rivojlanishda davom etadi. Chorvachilik xo’jaligida mayda shoxli hayvonlarning jamoa iqtisodidagi salmog’i ko’tariladi. Ovchilik yordamchi xo’jalik sifatida davom etadi. Mayda shoxli uy hayvonlarining aksariyati ech-ki edi. Xulosa qilib aytganda bronza davrining Nomozgoh VI madaniyati Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasining ajralmas qismi bo’lib, bu davrda protogorod (shahardan oldingi) turidagi ilk shahar madaniyati rivojlanishda davom etm^kda edi. Ishlab chiqarish jamoalari doirasida ijtimoiy tabaq-alanish nisbatan sekin bo’lsada davom etadi. Ammo Nomozgoh VI davrida xarbiy zo’ravonlik asosida chqur mulkiy tengsizlik asosidagi dastlabki shahar davlat uyushmasi xali tash-kil topmagan edi.
1970 yilning boshlaridan boshlab, O’zbekistonimizning janubiy qismida N. Askarov, shimoliy Afgonistonda esa, V. I. Sarianidilar tomonidan bir vaqtning o’zida juda katta ko’lamda arxeologik ishlarni olib borilishi natijasida Markazi Osiyo arxeologiyasi uchun juda katta tarixiy axamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar qilindi. Janubiy O’zbekiston va shimoliy Afg’oniston xududida Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini yangi o’chog’i ochildi va bu bilan bronza davridagi Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini Baqtriya markazini jahon
ilmiy jamoatchiligiga etkazildi. V. I. Sarianidi yil davomida shimoliy Afg’oniston ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, 30 dan ortiq bronza davri yodgorliklarini o’rganib chiqdi. Ana shular orasida Dashtli voxasi yodgorliklaridan qilingan ishlarning yakuni aloxida diqqatga sazovordir. Aynan bir vaqtning o’zida janubiy O’zbekistonda, qadimgi Baqtiriya bronza davri tsivilizatsiyasini o’rganish ishini N. Asqarov Sopollitepa, Jarqo’ton, Bo’ston kabi yodgorliklarda keng ko’lamda boshlab yuborgan edi. Natijada O’zbekistonning janubiy rayonlari yeradan avvalgi ming yillikda Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi zonasiga kirganligi N. Asqarov tomonidan isbotlab byerildi. Qadimgi Baqtriya shimoliy va janubiy qismlaridan o’tkazilgan arxeologik tadqiqot ishlarining natijalari, bu o’lkaning bronza davri tsivilizatsiyasining shakllanishida janubiy Turkmaniston dehqon jamoalarining roli katta bo’lganligi aniqlandi. N. Asqarovni O’zbekistonimizni Janubida olib borgan arxeologik izlanishlarining natijalari Nomozgox madaniyati nomi bilan mashxur bo’lgan. Janubiy Turkmanistonning•tog’ oldi qadimgi dehqon jamoalari avval Murg’ob voxasini o’zlashtirgach so’ng qo’shni Qadimgi Baqtriya yerlariga xam borib etadilar. Bu voqealar Sopolli tepa misolida yeradan avvalgi II ming yillikning 2 choragida sodir bo’ladi. Murg’oblik dehqonlar janubiy O’zbekistonda avval Shyerobod cho’lini o’zlashtiradilar.O’larning birinsi qarorgohi Ulanbuloqsoy suvi bazasida tashkil topgan Sopollitepa bo’lgan. Sopolli tepaliklar asta sekin Ko’xitosh va Boysun tog’ etaklari bo’ylab, shimoliy sharqqa siljigan. Natijada Shyerobod daryosining quyi xavzasi tarmoqlari bo’ylab qadimgi dehqonlarning yangidan yangi kishloqlari qad ko’tara boshlagan. Ana shunday qishloqlarning katta bir guruxi Shyerobod daryosining qadimgi irmog’i Bo’stonsoy soxillarida, uning Jarqo’ton punktida shakllanganligini ko’ramiz. Keyinroq esa qadimgi dehqonlar yangi yerlar axtarib o’z xududlarini kengaytiradilar. Shunday qilib, yeradan avvalgi ikkinchi ming yillik davomida Nomozgox madaniyati myerosxo’rlarining Shimoliy Baqtriya yerlarida qator qishloqlari qad ko’taradi, dehqonchilikni ishchi vohalari tashkil topadi. Shimoliy Baqtriyaga ko’chib kelgan murg’oblik dehqon jamoalari yangi joyda Nomozgox madaniyati an`alarini davom ettirish bilan birga, asta sekin milliy sharoitga mos.ashgan xolda, yangi madaniy rivojlanish yo’liga tushib oladilar. Ularning moddiy madaniy faoliyatlaridan qator o’zga{. ishlar sodir bo’lib boradi. Natijada Qadimgi Baqtriya bron;a davri madaniy xo’jalik dunyosida murg’ob voxasining Nomsitox arxeologik kompleksiga yaqin yangi arxeologik kompleksSogolli madaniyati tashkil topadi.
Shuni a;;oxida ta`kidlash joizki, shu kunlarda o’zbek xalqining faxri, iftixoriga aylanib qolgan Sopollitepa yodgorligi Surxonlaryo viloyatining
Shyerobod cho’li xududida 1968 yili N. I. Al’baum va V. A. Kozlovskiylar tomonidan topilib, 1969 yilG`.an boshlab, N. Asqarov tomonidan xamma tomonlama mukamm;l o’rganildi. Sopollitepada o’tkazilgan qazish ishlari natijasida ajdodlarimizni bizga koldirgan ajoyib yodgorliklari topildiki, bular bizni bronza asrida juda yukori madaniyatga ega bo’lganligimizdan dalolat byeradi. 1971 yilga kelib, Sopollitepada qazish ishlarini olib borish jarayonida, N. Asqarov tomonidan Sopollitepa yaqinidan Kichiktepa va Kultepa yodgorliklari kabi qadimgi qishloq qoldiqlarini, 3. Xakimov va T. Belyaevskiylar tomonidan esa Surxondaryoning Sho’rchi tumani xududidan Tulali nomli yodgorlikni tchpdi. 1973 yili esa Sh. Pidaev va R. Piminkolar Shyerobod chulini qadimgi o’zani Bo’stonsoy soxilidan Jarqo’ton qishleq xarobasini, 1974 yili N. Asqarov tomonidan shu nomdagi qabriston topilgan. Shunday kilib, Qadimgi Baqtriyaning shimoliy g’arbiy o’lkasi hisoblangan Surxondaryo viloyatini xududida 20 dan ortiq bronza davri Sopolli madaniyatiga oid yodgorliklar o’zbek arxeologlari tomonidan topildi va o’rganildi.
1969-1974 yillar davomida Sopollitepada olib borilgan keng miqyosdagi arxeologik qazish ishlari natijaSida yodgorlik to’liq ochilib, uni turar joy komplekslari, mudofa devorlari va qishloq ichidagi xilxonalari keng o’rganil- di. Sopollitepani umumiy maydoni 4 ga ga yaqin. Ammo, uni ancha qismi Qizil Impyeriya davrida buzilib, paxta maydoniga aylantirilgan. Yodgorliklarni markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib, u o’zini balandiligi va aniq pla-nirovkasi bilan ajralib turadi. Sopollitepaning atrofi uch qator mudofa devorlari bilan o’ralgan. Mudofa devorla-rining qalinligi 2 metr. Devor xom g’ishtlar bilan tikla-nib somon suvoq qilingan. G’ishtlarining xajmi 20x12x42, 22x12x44 sm. Sopollitepada Murg’ob vodiysidagidek burj-lar yo’q. Bu yerda burjlar o’rniga, devorlar koridorsimon bloklarga bo’linib, bu bloklarning eni 3 .2 metrni, uzunli-gi 26 metrni tashkil qilib, bular tuzoq rolini o’ynagan. Bu tuzoq rolini o’ynagan koridorlar ichki va tashqi bo’limlarga bo’lingan. Kalha qo’rg’on ichida joylashgan. Uy - joy kom-plekslari aniq qilib, 8 ta kvartalga bo’lingan. Sopolli-tepada madaniy qatlamni qalinligi 2 metr, ba`zi joyla-rida 3 metrga boradi. Sopollitepa topilmalarini o’rganish natijalari va radiokarbon analizi matyeriallariga asos-langan xolda undagi hayot yeradan avvalgi II ming yillikning XUP-XU asrlariga oid deb topildi.
Sopollitepa axolisi yeradan avvalgi II ming yillik-ning o’rtalarida xech qanday tashqi taziyqsiz o’z manzilgox-larini tashlab ketganlar.
Bunga sabab, manzilgoxlarni suv bilan ta`minlab tu-ruvchi Ulanbuloqsoyni o’z o’zanini boshqa tomonga o’zgarti-rib ketgani bo’lgan.
Sopollitepa dehqon jamoalari Bo’ston-soy soxillariga borib joylashganlar. Ilmiy izlanishlar natijasi, Sopolli tepani ikkita quyi qatlam «Sopolli» bosqichi, uning yuqori qatlami va Jarqo’tonni quyi qatlami «Jarqo’ton» bosqichi ekanligin ko’rsatdi. Sopollitepadan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy qoldiqla-ri va 138 ta mozor komplekslari ochildi. Sopollitepa yod-gorliklarini o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ochilgan mo-zorlar (lanzilgox xududida ma`lum bir maydonni egallama-gan. Ularning bir qismi bu yerda ochilgan ko’p xonali uy -joy xo’jaliklarining poli, xona devorlari va eshik osto-nalari ostiga ko’milgan. Sopollitepa mozorlarining deyarli xammasi yaxshi saqlangan. Qabrlarga qo’yilgan idishlar 2-3 tadan to 50 tagacha etadi. Qabrlarda yerkaklar o’ng biqini, ayollar esa, chap biqini bilan oyoq qo’llari g’ujanak xoliga keltirib yotqizilgan. Mozorlarda bronzadan yasalgan turli xil taqinchoqlar, tumor muxrlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan munchoqlar, oltin munchoqlar, kumush bilakuzuklar, bronza oy boshpeshlari va xakozolar ko’plab topiladi. eng luxim tomoni shundaki, mozorlardan topilgan buyumlarga qarab, bu «Duradgor usta» mozori, bu «To’qimachi» mozori», bu «Kulol» , bu «Ovchi» mozori yoki «jangchi» mozori deb atash mumkin. Chunki bu mozorlarda xar bir ko’milgan odam-ni kasbiga, ya`ni tiriklik davrida qilib yurgan ishiga qa-rab buyumlar qo’yilgan. Jarqo’ton IV qabristonini ochish vaqtida kenrtaf qabrlari xam ochilgan. Bunday qabrlarda odam jasadini qoldiqlari o’rniga loydan yasalgan xaykalcha-lar qo’yilib ular qizil rangda bo’yalgan bo’ladi. Ko’pincha be-darak yo’qolgan jamoa a`zolarini ko’mish marosimini o’tka-zib ular o’rniga xaykalchalar qo’yilgan. Ikkinchi kenotaf mozorlarida bedarak ketgan jamoa a`zosi o’rniga hayvonni qo’yish odati bo’lgan. Qo’yiltan hayvonlarni xam oyoqlari buklangan bo’ l ib, ular atrofiga har xil idishlar qo’yilgan.
Sopollitepa qishloq - qo’rg’onini o’rganish asosida xar bir kvartal bir patriarxal urug’ jamoasiga doir bo’lib, ularning xar biri bir nechtadan juft oila xo’jalik kom-plekslaridan iborat bo’lgan deyish mumkin. Qishloq qo’rg’o- nining 8 ta kvartalga bo’linishi Sopollitepaliklarning ishlab chiqarysh jamoalari uyushmasi 8 ta urug’dan iborat ekanligini ko’rsatadi. Xar bir urug’ning o’z o’tog’asi - urug’ boshlig’i bo’lgan. Qabrlardan topilgan moddiy ashyolarga qa-raganda Sopollitepada ayollar iqtisodiy-ijtimoiy hayotda o’z o’rnini yerkaklarga allaqachon bo’shatib byergan bo’lsalar-da, ularni traditsion obro’yi, jamoadagi mavqei xali kuchli edi. Sopollitepa uy-joy komplekslari odatda ko’p xonali bo’lib, xonalarning birida albatta o’choq va sandal o’rni uch-raydi. Sopollitepada barcha turdagi qurilish inshoatlari xam g’ishtlardan qurilib, bironta joyida paxsa alomati ko’rinmaydi. Uy-joy
komlpekslari doirasida non pishiradi-gan tandirlar ochilgan. Sopollitepada arxeologik moddiy ashyolari asosini xilma xil shakldagi kulolchilik, charxida ishlangan sopol idishlar tashkil kiladi. Ular sifat jiha-tidan shunchalar jozibador, bejirim, jarangdor va yupqa Qilib ishlanganki, bularni xozirgi kunimizda qariyb 4 ming yil avval ishlanganligiga ishonging kelmaydi. Demak, Sopollitepa sohiblari juda yukori darajadagi madaniyatga yerishgan ajdodlarimizni vakillari bo’lgan. Sopollitepani nafaqat sopolli idishlari, balki u yerdan topilgan barcha moddiy ashyolarni mukammal darajada o’rganilganligi nati jasida O’zbekistonimizni janubidagi bronza asri madaniya-ti haqida qator xulosalarga kelish imkonini byeradi. Bu-lardan eng muximi O’zbekistonimiz xudida sunhiy sugorish-ga asoslangan o’troq dehqon xujaligining kelib chiqish ta-rixi yaqin ming yilga qadimiylashdi. O’zbekiston va Toji-kiton xududlarining janubiy viloyatlarini Qadimgi Sharq madaniyati yoyilgan zonaga kiritish imkoniyati tug’ildi. Bu demak vatanimizning janubiy xududida qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini ajralmas tarkibiy qismi, ya`ni tsiviliza-tsiyani o’chog’i bo’lganligini anglatadi.
Sopollitepada ipakchilik, bog’dorchilik va qorako’lchi-likka doir yangi matyeriallar qo’lga kiritildi. Ilk shaxar-lar tarixi xaqidagi taasurotlarimiz xam rosa ming yilga qadimiylashdi. Sopollitepa qishloq - qo’rg’oni planirovkasi (aniq rejasi) natijasida O’rta Osiy va yeron xalqalari o’tmish xalqining nodir yozma manbai xisoblangan «Avestoda» ta`riflangan qadimgi shahar VAG ning arxeolo-gik isboti qo’lga kiritildi. eng muximi, agar avvallari Movarounnaxr xududida ilk shaharlarning paydo bo’lish ne-gizlari yeron xududidan qidirilgan bo’lsa, endilikda O’zbe-kiston ilk shaxarlarning kelib chiqish negizi moddiy va ma-daniy asosi Respublikamizning janubiy rayonlarida ekanligi dalili ashyolarga tayanilgan xolda xar tomonlama isbotlab byerildi.
YUkoridagi aytilganlarga xulosa qilib shuni aytish joizki Sopollitepa yodgorligi O’zbekiston va Tojikiston xalqlari tarixiga o’zini juda boy va syermazmun moddiy ashyolari bilan 1970 yillardagi yirik ilmiy kashfiyot sifa- tida oltin xazina bo’lib kirdi.
Sopollitepada arxeologik qazish ishlari yakuniga etgach, bronza davri dehqon jamoalarini tarixi o’rganish Jarqo’-tonda, Bo’stonsoy yodgorliklarida davom etdi.Xozirgi kunlarga kadar O’zbekistonimizning janubiy xududlarida 20 dan ortik bronza davri yodgorliklari topi-lib, o’rganilish natijasida, bronza asri yodgorliklarini xronologik davriy sistemasi ishlab chikildi. Bu yodgorlik- lardan Jarqo’ton va Bo’ston, Kultepa va Mulali tepalar bo’lib, ular asosan Surxondaryo viloyatining Shyerobod, Sho’rchi zonalarida joylashgan. Shimoliy Baqtriya Nomozgox -Sopolli madaniyati yodgorliklarining
xronologiyasini ishlab chiqishda Jarqo’ton qabristonini qazish ishlari xal kiluvchi asosiy matyeriallarni byerdi. Jarqo’ton qabristonida arxeo-log olim
B. Abdullaev 1974 - 1977 yillari arxeologik qazish ishlarini olib borib unumli natijalarga yerishdi. Na-tijada 3 ta arxeologik kompleksga ega bo’lgan 719ta mozor ochildi. Ularni sinchiklab o’rganish tufayli N. Asqarov So-pollitepa madaniyatini uchta xronologik 1 Sopolli, 2 Ja-rqo’ton, 3 Mulali bosqichlarga bo’lib chiqdi. Sopollitepani 2 ta quyi qatlami Sopolli bosqichini, uning yukori qatlami va Jarqo’tonning quyi qatlami Jarqo’ton bosqichini, Jarqo’tonning yukori qatlami esa Mulali bosqichi komplek-sini tashkil etdi. B. Abdullaev Jarqo’ton qabristoni mod-diy ashyolarini xar tomonlama sin- chiklab o’rganib Mula-li bosqichini ikki boskichga ajratib, birinchisini Kuzali, ikkinchisini esa Mulali deb atashni taklif etdi. Shunday kilib Sopolli madaniyati to’rtta xronologik kompleksga bo’linib uning Sopolli boskichi yeradan avvalgi XUP-XU asrlar , Jarqo’ton boskichi XU-X1U asrni o’rtalari, Kuzali bosqichi esa
XIV asr o’rtalaridan XIII asrni to’laligicha bo’lgan davrni, Mulali bosqichi esa XP-X asrlar bilan bel-gilandi. Bu bosqichlarni xammasida bir-biriga o’xshashlik bo’lsada, ularni bir - birlaridan ajratuvchi aniq belgilar xam mavjud. Ko’zali bosqichidan boshlab, Xunarmandchilikni barcha soxalarida tub sifat o’zgarishlari yuz byeradi. Ammo shunisi qiziqki, Sinfiy jamiyatga yaqinlashgan sayin qabr-lardagi buyumlar ko’payishi o’rniga kamayib bordi. Jarqo’-tonda ochilgan 719 ta qabrdan birontasida boy qabr, ya`ni buyumlarga boy qabr uchramadi. Ular biri biridan farq qi-lar edilar. Balki Jarqo’ton «aristokratiyasi» uchun aloxi-da xilxonalar ajratilgadir. Ammo, bunday aloxida xilxo-nalar xozircha topilgani yo’q. Shuning uchun bu masala xali o’z echimini topganicha yo’q. Jarqo’tondagi qazish ishlari ja-rayonida ko’pgina uy ro’zgor buyumlari - sopol idishlar, bronza buyumlari va boshkalar orasida granit toshidan yasal-gan birinchi tosh omoch, suvoqchilik quroli-andava topilgan. Sopolli madaniyatining oxirgi bosqichiga tegishli yod-gorliklarning mozorlarida zarastrizm elementlari paydo bo’la boshlaydi. Masalan: Kenetaf qabrlarda maxsus mitti ostodonlar (o’liklarni suyaklarini yig’ishtirib kremikadan asalgan maxsus yashikka solib ko’mish marosimi zarastrizmga ishonuvchilarda bo’lgan. Bu yashiklar- ostodon deyilgan) Murdani qizil rangga bo’yab ko’mish yoki murda ustiga qizil rang sochish kabi urf-odatlar paydo bo’ladi. O’sha davr madaniy qatlamiga tegishli bir xona o’rtasidan doira shaklida ishlangan altar’- o’choq topildi. Bularning barchasi zaroastrizmni muqaddas belgisi - olovga topinishning yorqin namunasidir. Xulosa qilib aytganda
Sopolli madaniyati qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini ajralmas bir qismi, uning yeradan avvalgi II ming yillikda o’rta Amu xavzasida, Qadimgi Baqtriya yerlarida tashkil etilgan yangi markazi edi.
  1. mavzu. O’rta Osiyo xalqlarining temir davri moddiy madaniyatining evolyutsiyasi





Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin