O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan


, 23 – mavzular. O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o‘rganish bo‘yicha mavjud qonun va qoidalar



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə34/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

22, 23 – mavzular. O‘zbekistonda arxeologik yodgorliklarni saqlash va o‘rganish bo‘yicha mavjud qonun va qoidalar




Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning moddiy, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, ta’mirlash, qayta tiklash va ulardan foydalanish, shuningdek arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish borasida qabul qilingan qaror va farmonlar.
Bugungi kunda Vatanimizning boy o‘tmish tarixi haqida guvohlik beruvchi moddiy, madaniy va arxeologiya merosini chuqur o‘rganish, uni tiklash, saqlash va muhofoza qilish, shuningdek, ochiq osmon ostidagi muzey va sayyohlik markazlariga aylantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ular sirasiga Vatanimizda YUNЕSKO sha’feligi ostida Toshkent shahrining 2200 yilligi, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlarining 2500 yilligi, Shaxrisabz shahrining 2700 yilligi va Samarqand shahrining 2750 yillik yubileylari keng nishonlanishi hamda Butunjahon me’rosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi, shuningdek, Fayoztepa, Qoratepa, Bibiona, Axsikent, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi kabi bir qator yodgorliklarning ochiq osmon
ostidagi muzey va ziyorat turizmi obyektlariga aylantirilishini kiritishimiz mumkin. Bu borada Respublikamizda moddiy, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, ta’mirlash, qayta tiklash va ulardan foydalanish, shuningdek arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qaror va farmonlar ham qabul qilingan.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; 30.08.2001 yildagi 269-II-sonli “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
13.10.2009 yildagi 229-sonli “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;


29.07.2002 yildagi 269-sonli “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori.
21.09.2019 yildagi 792-sonli “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.
4.02.2021 yildagi 100-sonli “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin