milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoki boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish hamda muzey sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
v) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasida: alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish;
tarixiy joylarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari, YUNЕSKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish;
g) arxeologiya sohasida:
arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan o‘tkazish va uning saqlanishini ta’minlash;
arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yish va tasarrufdan chiqarish;
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot o‘tkazilishini ta’minlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish;