III BOB. XULOSA ...............................................................................................................33 ADABIYOTLAR ..................................................................................................34
KIRISH Oliy o‘quv yurtini bitirib chiqqan talabalar ham o‘rta umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda hozirgi zamon talabiga javob beradigan o‘qituvchilar bo‘lib ishlashlari lozim. Talabalarni va magistrlarni hozirgi Davlat standarti talablariga javob bera oladigan o‘qituvchilar qilib yetkazish oliy o‘quv yurtlari oldida turgan murakkab masalalardan biridir. Bu borada Oliy o‘quv yurtlari faol ish olib bormoqda. Lekin talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalari yetarli emas. Universitet va pedagogika institutlarining fizika bo‘limida o‘qiyotgan talabalar uchun fizika o‘qitish usullaridan o‘quv qo`llanmalari juda kam bo'lib, ular hozirgi talablarga javob bermaydi. Mustaqillikka qadar fizika o‘qitish uslubi asoslarini (umumiy masalalarini) yoritib beruvchi o‘zbek tilidagi mukammal o‘quv qo‘llanmasi bu V.G. Razumovskiy, A.I. Bugayev tomonidan yozilgan va 1990-yilda B. Mirzaahmedov, F. Toshmuhamedov tomonidan tarjima qilinib, « O‘qituvchi» nashriyotida chop etilgan qo‘llanmadir. Qo'llanma hozirgi kun talabi va mustaqillik g‘oyalari talablariga javob bermaydi. Shulani hisobga olib o‘rta maktabda fizika o‘qitish uslubi asoslarini yangi talablar asosida bayon qilish ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi qilib qo‘yildi. Bulardan tashqari qo‘llanmada o'qitishning zamonaviy uslublari va o‘qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani tatbiq etish, kompyuterlardan foydalanish va boshqa uslublar to ‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining fizika bo‘limi talabalariga mo‘ljallangandir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin uning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, unga bilim berish masalasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Shu sababdan istiqlolning birinchi kunlaridayoq, ma’naviyatimizni tiklash, uni yanada yuksaltirish, zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va talablari darajasiga chiqarishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bular ichidagi eng muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundir. Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish va kasb-hunar o ‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. U har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta ’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida bu masalaga o‘z munosabatini bildirib, yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklarga diqqatni jalb etdi. Asosiy masala zamon talab qilayotgan butunlay yangi tarkibdagi va yagona uslubdagi o‘rta umum ta’lim, o'rta maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlari islohotini o‘tkazishdan iboratdir.
Umumiy ta’limning yangi tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur boladi:
— yangi davlat ta’lim standartlarini ishlab cliiqisli va joriy etish;
— mintaqa sharoitini hisobga olgan holda o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari dasturlarini ishlab chiqish;
— yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
— shaxs, jamiyat, davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
— o‘quvchilaming qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limni tabaqalashtirish;
— ta’limning yangi texnologiyasini yaratish, o‘quv tarbiya jarayonini didaktik ta’minlash. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi umumiy ta’lim tizimi negizida o‘qish muddati ikki yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o'zluksiz ta’lim tizimining mustaqil turidir, ularning turlarini tanlash o'quvchilar uchun ixtiyoriydir.
Akademik litseylar. davlat ta’lim standartlariga ko‘ra o‘rta maxsus ta’lim beradi. o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini chuqursohalashtirish va tabaqalashtirilgan kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi. Ular akademik litseyda hosil qilingan ko‘nikmalarini oliy ta’lim yoki mehnat faoliyatlarida davom ettirishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji: tegishli davlat standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. o‘quvchiIarning kasb-hunarga moyilligi, bilimi va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiradi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallashlari imkoniyatini beradi.
Kadrlar malakasini oshirish va tayyorlash: mutaxassislarning kasb-bilimlarini va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishdan iborat bo‘lib, unda o‘qish natijalariga ko‘ra, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi. Maktabdan tashqari ta’limni amalga oshirish bolalar va o`smirlarning ta’limga bo‘lgan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini qondirish va ularning dam olishini tashkil etish davlat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassalarini tashkil etishdir.
Bulardan tashqari dasturda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular:
— ta’limning uzluksizligini ta’minlash
— pedagogik va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
— ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish va boshqa qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.
FIZIKA O‘QITISH USLUBINING PREDMETI, VAZIFASI VA O‘RGANISH USLUBLARI
Fizika o`qitish uslubining predmeti, vazifasi va o`rganish uslublari. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadamlaridayoq ma`naviyatimizni tiklash, yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqish maqsadida katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtirdi. Keyingi yillarda juda katta olam shumul ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy ishlar bajarildi. Birinchi navbatda tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma`lumotini, malakasini oshirish, ta’limning zamonaviy uslublari bilan qurollantirish muhim va paysalga solib bolmaydigan dolzarb masalalardan biridir. Tarbiyachi mustahkam fan asoslarini o'rganishdan tashqari ularni o`quvchilarga yetkazish yo`llari, zamonaviy pedagogik texnologiya bilan qurollanishi zarur. Shu nuqtayi nazardan turli fanlarni o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va ular bilan o`qituvchilarni qurollantirish zarur omillardan biridir. Fizika o‘qituvchisi fan asoslarini o‘rganish bilan bir qatorda uni maktab va turli o`quv yurtlarida o`qitish uslublarini o‘rganishlari ham zarur. Shuning uchun ham biz eng avvalo o‘qitish uslubining pedagogik fan ekariligini va uning maqsad, vazifalarini ko‘rib chiqishimiz zarur. Fizika o‘qitish uslublari pedagogik fanlarning biri bo‘lib, u fizika va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida kelib chiqdi. Hamma uslublar didaktikaning umumiy o‘qitish nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun ularni xususiy didaktika deb yuritiladi (fizika o‘qitish uslublari, kimyo o‘qitish uslubi va h.k.
Fizika fani ahamiyatining ortib borishi pedagogik fanlar sisteniasida fizika o‘qitish uslublarini yuqori pog‘onalarga ko‘tardi.
Fizika o‘qitish uslubi predmeti fizika asoslarni o‘qitish nazariyasi va amaliyotidan iboratdir. Fizika o‘qitish jarayonida uchta bosh funksiya amalga oshiriladi:
1) ta’lim;
2) tarbiya;
3) rivojlanish.
Ta’lim funksiyasi bosh va belgilovchi funksiya bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar fizika asoslarini o‘rganadilar, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasi va ko‘nikmasini hosil qiladilar. Tarbiya funksiyasi o‘qitishga kompleks yondoshishning ajralmas qismi bo‘lib, uning fizika o‘qitishdagi asosi siyosiy g‘oyaviy, mehnat va ahloqiy tarbiyalarning birligidan iboratdir. Rivojlanish funksiyasi o‘quvchidan bilish imkoniyatlarini rivojlantirish va mustaqil bilim olishga o'rgatishni nazarda tutadi.
Fizika o‘qitish jarayoni o‘zaro ta’sir qiluvchi quyidagi tarkibiy qismlari bilan xarakterlanadi.
1. O‘qitish mazmuni, ya’ni fizika asoslari.
2. O‘qitish — O‘qituvchi faoliyatidan iborat bo‘lib, tajriba va texnika vositalari asosida predmetni bayon qilish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarish, ularning bilim va malakalarini sinash.
3. O‘qish — o‘quvchilarning ko‘p qirrali aqliy va jismoniy o‘quv faoliyatlari.
4. O‘qitish vositalari: darsliklar, asboblar, texnika vositalari.
Fizika o‘qitish uslubida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi:
— maktabda fizika o`qitishning maqsadlarini asoslash; fizikada hal qilinadigan tarbiya masalalarini ochib berish;
— maktab fizika kursining mazmuni va tuzilmasini aniqlash va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish;
— o‘qitish, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirislining samarali uslublarini hamda fizika o‘qitishda foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qurollarini ishlab chiqish va ularni tajribada sinab ko‘rib, o‘qitish amaliyotida qo'llash.
Uslubning bosh masalasi — fizika o'qitish nazariyasini takomillashtirish, ta’lim, tarbiya va fizikani o‘rganish jarayonida o‘quvchilami rivojlantirish yo`llari, vositalari va qonuniyatlarini izlab topishdan iborat. Fizika o‘qitish uslubi fizika va pedagogikadan tashqari pedagogik psixologiya, odam fiziologiyasi, mantiq, texnik fanlar bilan mustahkam bog‘langandir. Fizika o‘qitish uslubining mazmunini asosan quyidagilar tashkil qiladi: umumiy masalalar (nazariy asosi), kursning alohida mavzularini o'qitish masalalari (xususiy uslub), maktab fizika kursidagi tajribalarning texnikasi va uslubi. Umumiy masalalarda maktabda fizika o‘qitishning maqsadi va vazifalari, kursning mazmuni va tuzilmasi, fizika o‘qitishning metodologik va psixologik asoslari, bilimning hayot bilan bog‘lanishi, texnik ta’limni amalga oshirish, fizika kursida tajriba, o‘quvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirish, ularning dialektik-materialistik dunyoqarashlarini shakllantirish, fizik qonuniyatlarni rivojlantirish, fizikadan mashg‘ulotlarni tashkil qilish shakllari va uslublari ko‘rib chiqiladi. Xususiy uslubda kursning har bir mavzusining mazmuni, o‘qitish ketma-ketligi, tushunchalarni shakllantirish yo‘llari, qonun va nazariyalarning mazmunini ochib berish uslublari, fizika tajribalarining qo‘llanilishi, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, materialning politexnik ahamiyati va boshqalar ko‘rib chiqiladi. Bular quyidagicha amalga oshiriladi. Avval ilg'or o‘qituvchilarning tajribalari, tegishli adabiyotlar, o'quvchilarning bilim olishdagi faoliyatlari o‘rganiladi. Bundan tashqari sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, nazorat yozma ishlari va daftarlari o`rganiladi. Bu o‘rganilganlargaasosan gipotezayaratiladi. Avvalgi o'qitish uslublariga (material mazmuniga, tuzilishiga, o‘qitish ketma-ketligiga, bayon qilish uslublariga, tajriba va texnika vositalaridan foydalanishga) muhim o‘zgartirishlar kiritib o'qitish uslubi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan uslub pedagogik eksperimentda sinab ko'riladi.
Pedagogik eksperiment jarayonida ishlab chiqilgan yangi uslub va vositalarning samaradorligi, tanlangan material o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, material hajmining ajratilgan vaqtga mos kelishi aniqlanadi. Pedagogik eksperiment bir necha yilgacha o‘tkazilishi mumkin. Uni eng ko‘p tarqalgan shakli bu eksperimental va nazorat sinflarida olingan natijalarni solishtirishdan iboratdir. Eksperimental sinf yangi ishlab chiqilgan uslubda, nazorat sinfi avvalgi mavjud uslublarda o‘qitiladi. Ishlab chiqilgan yangi uslub yaxshi natija bersa uni ommalashtiriladi.