O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innavatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


II B O B. FIZIKA O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILARNI TARBIYALASH FIZIKA O`QITISHNING VAZIFALARI



Yüklə 89,08 Kb.
səhifə5/7
tarix15.02.2023
ölçüsü89,08 Kb.
#84415
1   2   3   4   5   6   7
ORIFJONOVA GULZODAloyihalashtirish (2)

II B O B. FIZIKA O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILARNI TARBIYALASH FIZIKA O`QITISHNING VAZIFALARI
Fizika o'qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tush unchalar, qon unlar va nazariyalar bilan tanishtirish; o ‘quvchilar ongida bizni o'rab turgan dunyoning tabiiy-ilmiy m anzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish m etodlari bilan tanishtirish.
2. Materialni o ‘rganish jarayonida o'quvchilarning xoti ralarini boyitish bilan birga ularning ijodiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish.
3. O`quvchilaming ilmiy dunyoqarashlarini shakllanttrish.
4. Fizika asoslarini o`qitish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalab borish: g‘oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshirish.
5. O`quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish. Bulaning birortasini ham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo`lmaydi. Ular hammasi o`qitish jarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlami mustahkamlash orqali o`quvchining dialektik materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi, politexnik ta ’lim amalga oshadi.
O`QUVCHILARNING DUNYO QARASHLARINI SHAKLLANTIRISH
Fizika darslarida o`quvchilar ongida dunyoni bilish mumkinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri;
dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabiatdagi hodisalar bir-biriga bog‘langanligi;
moddiy dunyo hossalarining bitmas-tuganmasligi, bilish jarayonining chegarasiz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqarashlarini to‘g‘ri shakllantirish demakdir. O`quvchilar moddalaning atom va molekulalardan tuzilganligini o'rganish bilan birga materiyaning ikkinchi ko‘rinishi — maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar. Butun fizika kursi davomida materiya o‘zaro bog‘langan ikki ko‘rinishda, ya’ni modda va maydon ko‘rinishida namoyon bo‘lishini ko‘rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida to‘g‘ri shakllantirishda modda va maydonning umumiy xossalarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga egadir.
1.Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham , «modda» ham «maydon» zarralarini xarakterlaydi.
2. Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va to‘lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir.
3. Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi.
4. Har ikkala ko‘rinishdagi zarralar barqaror bo`lishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bolishlari ham mumkin.
O`quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yordamida turli strukturali sistemalar (atom, molekula, makroqism ...) hosil qilishiga qaratilmog`i lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zarralar o`zaro maydon orqali ta’sirlashadi. O`qituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin-asta o`rgatib borishi orqali o`quvchilami harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi. Maktabda avval o‘quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini o ‘rganish vaqtida mexanik harakat (o‘tkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi bog‘lanishga va elektromagnit maydonning hosil bo'lishiga o ‘quvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim. Harakatning yo‘qolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida o`z ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlang‘ich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodisalarini o‘rganish jarayonid o‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi to`g`risidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Bu yerda harakatning (energiyaning) yangi ko‘rinishlarga o‘tishiga ahamiyat berish lozim. Fizika o`qitish jarayonida o`quvchilarga hodisalarning o`zaro bog`liqligi, ularning sodir bo'lish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. deformatsiyaning sababi jismlarning o‘zaro ta’siridir. Elektr zaryadining harakati (sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat). Hodisalar orasidagi bog‘lanish!ar haqida o‘quvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim bog‘lanishlarni qidirib topishga qaratilmog'i lozim. Bunda faqat fizik hodisalargina emas, balki boshqa (biologik, kimyoviy...) hodisalar bilan ham bog'lanishlami ko‘rsatish imkoniyati ortib boradi. Elektr maydoy (sabab) o`simlikning rivojlanishini yaxshilashi (oqibati), Tabiatda miqdor o‘zgarishlari sifat o`zgarishlariga olib kelishini o‘quvchilar ongida shakllantirib borish katta ahamiyatga ega. Bu moddaning bir agregat holatdan ikkinchisiga o‘tishini tushuntirishda ko‘rsatib o'tiladi. U jism ichki energiyasining o‘zgarishi va molekulalarning o`zaro ta`siriga asosan tushuntiriladi. Fizika kursini o‘rganib borish davomida qarama-qarshiliklar kurashi, birligi qonuni ham o'quvchilar ongida shakllanib boradi. Мasalan: yorug‘lik va moddaning korpuskulyar to ‘lqin tabiati va uning birligini tushuntirish. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda fizika qonunlarining obyektiv xarakterini ochib borish, tabiat hodisalarini bilish mumkinligini ko‘rsatib borish katta ahamiyatga ega. Chunki fan qonunlari tabiat qonunlarining akslanishidir. Shuning uchun har bir qonunni o'tishda uni tajribada ko‘rsatish va qo`llanilishi bilan tanishtirib borish lozim. Ba’zi hollarda qonunlar tajribaga asosan ta`riflanadi. (Masalan: Arximed kuchi, Om qonuni va h.k.). Ba’zi hollarda xulosalarning to`g`riligini tasdiqlash uchun tajribadan foydalaniladi. Butun fizika kursi davomida o`quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga ishonch hosil qilib borishlari lozim. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida tabiatning hali o‘rganilmagan va hayolga ham kelmaydigan sirlarining ochib borilishini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Мasalan: atom tuzilishini va koinotni o‘rganishni. Fizika kursini izchil o'rganish orqali o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga, dunyoning hozirgi zamon fizik manzarasiga ishonch hosil qilib boradilar. Ular dialektik usuini amaliyotga qo‘llash malakasiga ham ega bo‘lib boradilar, chunki fizika fani rivojlanishining o`zi dialektik yo‘ldir.
3. G‘OYAVIY-SIYOSIY TARBIYA O`quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy tarbiyalashda fizika boy materialga ega. Ma’lumki, davlatimiz siyosati inson hayotini yaxshilashga qaratilgan. Buni amalga oshirishda fan va texnika yutuqlarining ahamiyati kattadir. O`quvchilarga fizikaning ko‘pgina bo‘limiga (yadro fizikasi, plazma, qattiq jism fizikasi) yoki ilmiy texnika taraqqiyotining ma’lum bir yo‘nalishining tezlashishiga (quvvatli mashinalarning ko‘payishiga, gidroelektr stansiyalar qurilishining ortishiga) davlat tomonidan nima uchun katta ahamiyat berilayotgani, ularni xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini tushuntiramiz. Shu bilan birga fan va texnikaning u yoki bu sohasining rivojlanishi xalqning turmush darajasini, ish sharoitlarini yaxshilashdagi va madaniy talablarini qondirishdagi rolini ko‘rsatib borish orqali o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalab boramiz.
4. VATANPARVARLIK VA BAYNALMILAL TARBIYA Fizika darslarida o`quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilallik ruhida tarbiyalashda yirik olimlarning, ixtirochilarning hayoti va ijodini ko‘rib borish katta rol o`ynaydi. Beruniy, Ibn Sino va boshqalarning ilmiy ixtirolari haqida hikoya qilib, ularning vatanparvarligi, fanga bo'lgan fidoyiliklari ustida to‘xtalib o‘tish lozim. O`qituvchining vazifasi olimlarning fan, texnika, madaniyatning rivojlantirishdagi xizmatlarini va ularning kashfiyotlari insoniyatga qanday xizmat qilayotganini ta’sirchan holda obrazli qilib ochib berishdan iborat. Fizika darslarida ko‘plab chet el olim larining (B. Paskal, A.O. Popov, R. G uk, X. Gyuygens, V. Rentgen, G. Gers, Kyuri) ilmiy faoliyatlarini yoritib borish orqali fan va texnikaning baynalmilal xarakterga ega ekanini ko‘rsatib borish zarur. Bu esa o`quvchilarda do`stlik va boshqa mamlakat xalqlarini hurmat qilish hissini shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan: reaktiv harakatni o'rganish vaqtida kosmonavtikaning rivojlanish bosqichlari, uning asoschisi K.E. Siolkovskiy ekani, A. D ender boshliq guruh birinchi bo`lib suyuq yonilg‘ida ishlaydigan dvigatel, raketa va snaryadlar yaratganini, S.P.K orolyov (bosh konstruktor) raketa-kosmik texnikaga (kosmonavtikaga) katta hissa qo‘shganini aytib o'tish lozim. Vatanparvarlik va baynalmilal tarbiya bilan bog'lagan holda o'quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida ham tarbiyalab borish kerak. Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq:
— O‘quvchilarga vatanni himoya qilishda, harbiy texnikani barpo qilishda va qurollanishda fizikaning rolini tushuntirish;
— fizika darslarida o ‘rganilayotgan materialning (hodisa, qonun) harbiy texnikada qo'llanilishini aniq ko‘rsatish;
— harbiy xizmatda zarur bo‘lgan amaliyot bilim-malakani shakllantirish (asboblar bilan o ich ash , hisoblash ishlarini olib borish va h.k.);
— masala yechish jarayonida harbiy texnikada uchrab turadigan fizik kattaliklaning qiymatlarini real dunyoga olib kirish (tezlik, bosim, quvvat). Shunday qilib fizika kursini o‘rgatish orqali o‘quvchilami harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ular Vatanni himoya qilishga tayyor b o ‘lishlari shakllantirib boriladi.
5. MEHNAT TARBIYASI Tarbiyaning bosh vazifalaridan bilan o`quvchilarning aqliy va jismoniy mehnatga tayyorlab borishdan iborat. Bunda mehnat birinchi hayot talabi bo`lib qolsin. Fizika o ‘qitish jarayonida m ehnat tarbiyasining asosi politexnik ta`lim dan iborat, o‘quvchilar ishlab chiqarishning yetakchi tarm oqlari bilan tanishadilar. Mashina va asboblarning turli ishlab chiqarish jarayonlarining fizik asoslarini o'rganadilar. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishga o`rgatish, fizika xonasidagi asbob va qurollarni namunali ravishda saqlab borishga O`rgatish ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi. O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda olimlarning va ixtirochilarning ishlaridan misollar keltirib borish ijobiy natijalar beradi (E dison, N yuton, Polzunov, Lomonosov, Faradey, Vavilov va h.k.).
6. ESTETIK TARBIYA Fizika darslarida fizik nazariyalaming va fundamental tajribalarning mukammalligini va ixchamligini, inson fikrining chiroyi va kuchini ko'rsatish orqali o ‘quvchilarning estetik tasavvurlarini shakllantirib borish kerak. Fizik masalalami ixcham va ratsional usulda yechish, ko'rgazm ali va ratsional tajribalarni namoyish qilish va asboblarni chiroyli, ixcham tayyorlanganligini ko‘rsatish, hamda o‘quvchilarni daftarlariga chiroyli va tartibli yozishga, uy topshiriqlarini mukammal tayyorlashga o‘rgatish, laboratoriya ishlarini ham doim aniq va chiroyli bajarishga odatlantirish estetik tarbiyada katta ahamiyatga ega.
7. POLITEXNIK TA’LIM Fizika o ‘qitish jarayonida politexnik ta ’limni amalga oshirish hozirgi zam onda fan va texnikaning rivojlanishini e’tiborga olgan holda, butun fizika kursining amaliy yo‘nalishini izchil va m antiqiy yo‘lini ham da uning (politexnik ta ’limning) mazmuni va maqsadiga mos keluvchi o‘qitish uslubini tanlashni taqozo etadi. Politexnik ta’limni amalga oshirishda fizika kursining vazifalari asosan quyidagilardan iborat:
— o‘quvchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning fizik prinsiplari bilan tanishtirib borish asosida ilmiy-texnik tafakkurlarini rivojlantirish;
— o‘quvchilarni fizika-texnika masalalarini yechishda nazariy bilimlarni qo‘llay olish qobiliyatlarini (mahoratlarini) shakllantirish;
— o‘quvchilarda eng ko‘p ishlatiladigan nazorat o`lchov asboblarini, energiya manbalarini boshqarish asboblarini qo'llay olish mahorati va malakasini hosil qilish;
— o‘quvchilarning shaxsiy sifatlarini, mehnatga, tabiatga va texnikaga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlarini, tashabbuskorliklarini shakllantirish.
Politexnik ta’limni amalga oshirish uslublari va shakllari quyidagilardan iborat:
a) o'qituvchi tomonidan fizik hodisa va qonunlarning qo‘llanishlarini tushuntirish;
b) mashina va texnik qurilmalarning ishlash prinsiplarini tajribada namoyish qilish;
d) fizik-texnik mazmunga ega bolgan kinofilm va telefilmlarni ko‘rsatish;
e) ishlab chiqarishga ekskursiyalar uyushtirish;
g) O‘quvchilarning mustaqil kuzatishlarini tashkil qilish;
h) texnik asboblarni o‘rganishga oid laboratoriya ishlarini bajarish;
i) fizika-texnika to'garagiga doir ommabop adabiyotlarni sinfdan tashqari o‘qishni va maktabda ularning ko‘rgazmasini tashkil qilish. o‘quvchilarning amaliy mahorat va malakalarini shakllantirish politexnik ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. Mahorat va malakalarni shakllantirishning samaradorligini oshirish yollari quyidagilardir:
1) avval o‘rganilgan asboblardan foydalaniladigan laboratoriya ishlari sonini orttirib borish;
2) turli qurilm alarda o‘z aksini topadigan qisqa muddatli frontal tajribalarni o‘tkazish;
3) tarqatma materiallar bilan ishlash;
4) o‘quvchilarning mahorat va malakalarini dars paytida muntazam ravishda tekshirib borish;
5) turli asboblarni qo‘llanishga bog‘liq bo‘lgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish. Politexnik ta ’limning muhim vazifalaridan biri O‘quvchilarning ilmiy-texnik tafakkurini rivojlantirishdan iboratdir. Bunday rivojlantirish vositalaridan biri o‘quvchilarni bir-biriga yaqin (o‘xshash) mexanizm va mashinalarning o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini topa olishga o‘rgatishdan iborat.
Fizika darslarida texnika taraqqiyotining quyidagi yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi:
— ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash;
— yangi materiallar ishlab chiqarish va texnologiyani takomilashtirish;
— issiqlik energetikasi;
— elektrlashtirish;

Yüklə 89,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin