O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


-rasm. Tarmoqning 50 Gts chastotali shovqinlarini adaptiv bostirishning ikki vaznli koeffitsientli algoritmining blok sxemasi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə32/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Monografiya 28.04.2023г.

4.4-rasm. Tarmoqning 50 Gts chastotali shovqinlarini adaptiv bostirishning ikki vaznli koeffitsientli algoritmining blok sxemasi.

Bizning holimizda raqamli signal (ketma-ketlik) mavjud bo'lib, u dastlabki (kirish) signalning qadam bilan diskret vaqtlardagi qiymat oqimi hisoblanadi. Bu erda FB – tanlangan signalni chastotasi. Odatda bioqurilmalardan olingan ma’lumotlar chastotasi anologlidan raqamliga o’tkazgich (ARO’), ya’ni sekundiga 50 Gts ga karrali bo’lgan 250, 500, 1000 (Gts) signallarni qabul qiladi. Shuning uchun t vaqt quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: , bu erda nq1,2,3... va hokazo. Shu bois, iteratsiya qadamini ga teng yoki uni tushirib qoldirib, n-1 ni yozhish mumkin. Buni hisobga olib, quyidagi iterasiya tenglamasini yozish mumkin [80,81]:


(4.9)
Bu yerda . – signallar soni, –filtrlangan chiqish signalining oldingi qiymati, FB - tanlangan signalni chastotasi, moslashish chuqurligini aniqlaydi, masalan, 250 Hz li signallar uchun .
Ikki vaznli koeffitsientli bitta chastotali shovqinni adaptiv (moslashuvchan) bostirish algoritmining blok sxemasi 4.4-rasmda ko'rsatilgan.


§4.4. Qandli diabet kasalligida biofaol nuqtalarning elektr qarshiligi ko'rsatkichlari va qon glyukoza kontsentratsiyasi o'rtasidagi bog'liqlikni modellashtirish.
Ma’lumki, jarayonga ta’sir etuvchi asosiy omillarni hisobga olib, matematik modellashtirish yordamida turli texnik, iqtisodiy va boshqa masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin [82,83]. Qandli diabet kasalligida glyukoza darajasini o’lchash jarayonini modellashtirishda asosiy omillar sifatida III-bobda aniqlangan Tay-bay, Sing-gu, Shen-men, Da-lin, Tay-si  beshta biofaol nuqtalar (BFN) da o’lchangan elektr qarshiligi (EQ) miqdorlaridan foydalaniladi. Qon tarkibidagi glyukoza darajasini BFNlardagi elektr qarshliklari miqdorlariga bog’liqliqligining chiziqli ko’rinishdagi modeli quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
. (4.10)
(4.10) tenglamada quyidagi belgilashlardan foydalanilgan:
Tai-by biofaol nuqtasining chap tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Tai-by biofaol nuqtasining o’ng tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Da-ling biofaol nuqtasining chap tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Da-ling biofaol nuqtasining o’ng tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Sing-gu meridianining chap tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Sing-gu biofaol nuqtasining o’ng tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Tai-si biofaol nuqtasining chap tomonidan o’lchangan EQ miqdori ;
Tai-si biofaol nuqtasining o’ng tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Shen-men biofaol nuqtasining chap tomonidan o’lchangan EQ miqdori;
Shen-men biofaol nuqtasining o’ng tomonidan o’lchangan EQ miqdori.
(4.10) tenglamadagi noma’lum koeffitsientlarni qiymatlarini aniqlash uchun eng kichik kvadratlar usulini qo’llab, quyidagi tenglamalar sistemasiga ega bo’lish mumkin [84,85]:

(4.11)


Chiziqli ko’plik regressiyasida o’zgaruvchilarni almashtirib, standartlashgan (normallashgan) ko’rinishga keltirish hisoblashlarni osonlashtiradi va bunda barcha o’zgaruvchilar hamda munosabatlar standartlashgan masshtabda ifodalanadi. Shu maqsadda (4.10) tenglamada o’zgaruvchilarni quyidagicha almashtirish mumkin:
.
Bu erda - va o’zgaruvchilarni standart chetlashishi.
O’zgaruvchilarni almashtirishdan so’ng chiziqli ko’plik regressiya tenglamasi standartlashgan masshtabda quyidagi ko’rinishga keladi:
. (4.12)
Chiziqli ko’plik regressiyasining dastlabki tenglamasidagi koeffitsientlar (4.12) tenglamadagi standartlashgan koeffitsientlar orqali quyidagicha aniqlanadi:
(4.13)
bu erda , – mos holda va o’zgaruvchilarning o’rtacha arifmetik qiymatlaridir.
Standartlashgan o’zgaruvchilar va hamda standartlashgan koeffitsientlar o’lchovsiz hisoblanadi. Shu sababli erkli o’zgaruvchilarni erksiz o’zgaruvchiga ta’sirini taqqoslash mumkin. O’zgaruvchilar va regressiya koeffitsientlari turli masshtabda bo’lganliklari sababli natural masshtabdagi koeffitsientlar orqali bu ishni amalga oshirib bo’lmas edi.
Standartlashgan masshtabdagi chiziqli ko’plik regressiyasining tenglamasi (4.12) ga eng kichik kvadratlar usulini qo’llash natijasida quyidagi chiziqli tenglamalar sistemasini hosil qilish mumkin:
,
, (4.14)
… … … … … … …
.
(4.14) tenglamalar sistemasida korrelyatsiya koeffitsientlari quyidagi tengliklar bilan aniqlanadi:
. (4.15)
Bu erda mos holda erkli o’zgaruvchi va funktsiyaning chi tajribadagi qiymatlari, o’zgaruvchining o’rtacha qiymatini anglatadi ( uchun ham xuddi shunga o’xshash).
Korrelyatsiya koeffitsientlari qiymatlarini aniqlash va boshqa hisoblashlarda 24 va 40 yoshgacha bo’lgan sog’lom insonlardagi hamda qandli diabetning 1 turi va 2 turi bilan kasallangan bemorlar BFNlaridagi muallif ishtirokida ishlab chiqilgan, §4.3 da bayon qilingan bioo’lchov qurilmasidan aniqlangan EQlarining o’rtacha arifmetik qiymati natijalaridan foydalanildi (4.1-jadval) [86].
4.1-jadval. Biofaol nuqtalardagi elektr qarshiligi miqdorlari
(
xi, , kOm) va insonlardagi glyukoza miqdori (y, mmolG’l).





Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin